Özbekistonning Qirğiziston bilan hamkorligiga oid dolzarb masalalar muhokama qilindi

Özbekistonning Qirğiziston bilan hamkorligiga oid dolzarb masalalar muhokama qilindi

20.10.2026 11:20468

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev “C5+1” formatidagi taşqi işlar vazirlari uçraşuvida iştirok etiş uçun Samarqand şahriga kelgan Qirğiz Respublikasi taşqi işlar vaziri Jeenbek Kulubayevni qabul qildi.

Taşqi siyosat idorasi rahbari mamlakatimiz yetakçisiga Qirğiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Özbekiston – Qirğiziston döstlik, yaxşi qöşniçilik va ittifoqçilik munosabatlarini yanada mustahkamlaşning dolzarb masalalari körib çiqildi.

Prezidentimizning joriy yil iyul oyida Qirğizistonga amalga oşirgan davlat taşrifi davomida erişilgan kelişuvlarni hayotga tatbiq etişga alohida eʼtibor qaratildi.

Tovar ayirboşlaş hajmining ijobiy ösiş surʼati, yetakçi korxonalar va hududlar örtasidagi kooperatsiya aloqalari yölga qöyilgani, energetika va transport sohalarida yirik mintaqaviy loyihalar amalga oşirilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Kelgusi yilga möljallangan madaniy-gumanitar tadbirlar va hududlar darajasidagi almaşinuvlar rejasini qabul qiliş muhimligi taʼkidlandi.

Tomonlar Markaziy Osiyo mintaqasidagi hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan ham fikr almaşdilar.

 

 

 

president.uz

Ulaşiş: