Özbekiston yetakçisi Tojikiston taşqi işlar vazirini qabul qildi

Özbekiston yetakçisi Tojikiston taşqi işlar vazirini qabul qildi

20.10.2026 11:23560

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev “C5+1” formatidagi taşqi işlar vazirlari uçraşuvida iştirok etiş uçun mamlakatimizga kelgan Tojikiston Respublikasi taşqi işlar vaziri Sirojiddin Muhriddinni qabul qildi.

Uçraşuv avvalida yuqori martabali mehmon davlatimiz rahbariga Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmonning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Oliy darajada erişilgan kelişuvlarni amalga oşiriş doirasida Özbekiston – Tojikiston döstlik, yaxşi qöşniçilik va ittifoqçilik munosabatlarini yanada rivojlantirişning asosiy jihatlari körib çiqildi.

Hamkorlik barça yönalişlarda jadal rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Özaro savdo va yuk taşiş hajmi ortib bormoqda. Energetika, sanoat, qişloq va suv xöjaligi sohalaridagi kooperatsiya loyihalari faol pallaga kirdi.

Madaniy-gumanitar, taʼlim va turizm sohalaridagi almaşinuvni faollaştiriş muhimligi taʼkidlandi.

Tomonlar mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalarni ham muhokama qildilar.

 

 

 

president.uz

Ulaşiş: