Özbekiston Prezidenti va AQŞ Davlat kotibi strategik şeriklikni yanada rivojlantirişning ustuvor yönalişlarini muhokama qildilar

Özbekiston Prezidenti va AQŞ Davlat kotibi strategik şeriklikni yanada rivojlantirişning ustuvor yönalişlarini muhokama qildilar

20.10.2026 11:25536

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 19-oktabr kuni “C5+1” formatidagi vazirlar uçraşuvi hamda Amerika – Özbekiston işbilarmonlik va investitsiya kengaşining ikkinçi yiğilişida iştirok etiş uçun mamlakatimizga kelgan AQŞ Davlat kotibi Marko Rubioni qabul qildi.

Uçraşuv avvalida Marko Rubio davlatimiz rahbariga AQŞ Prezidenti Donald Trampning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Asosiy eʼtibor Özbekiston – AQŞ strategik şerikligini yanada mustahkamlaş, oliy darajada erişilgan kelişuvlarni izçil amalga oşiriş masalalariga qaratildi.

AQŞ va Markaziy Osiyo mamlakatlari muloqotni mustahkamlaş hamda köp qirrali hamkorlikni kengaytirişdan özaro manfaatdor ekanini tasdiqlagan “C5+1” formatidagi navbatdagi vazirlar uçraşuvining yakunlari yuqori baholandi.

Siyosat va xavfsizlik, savdo va investitsiyalar, innovatsiya va texnologiyalar, taʼlim va madaniyat kabi ustuvor yönalişlarda ikki tomonlama hamkorlik faollaşgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Ikki mamlakat parlamentlari va idoralari örtasida töğridan-töğri va konstruktiv muloqot yölga qöyilgan, işbilarmon doiralar hamda akademik hamjamiyatning aloqalari kengaymoqda.

Xavfsizlik sohasidagi hamkorlik, avvalo, terrorizm, ekstremizm, narkotik moddalarning noqonuniy aylanmasi va noqonuniy migratsiyaga qarşi kuraşiş kabi yönalişlarda mustahkamlanmoqda.

Özbekiston va AQŞ örtasida Kengaytirilgan strategik şeriklik muloqoti yölga qöyilgani ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirişda muhim qadam böldi. Uning birinçi yiğilişi yakunlari böyiça bir qator hujjatlar, jumladan, koinotni tinç maqsadlarda özlaştiriş sohasidagi “Artemida” bitimlari imzolandi.

Iqtisodiy hamkorlik strategik şeriklikning asosiy tayanç nuqtalaridan biri bölib qolmoqda. Yil boşidan buyon özaro tovar ayirboşlaş hajmi 35 foizga oşdi. Iqtisodiy hamkorlik dasturi doirasida fuqaro aviatsiyasi, avtomobilsozlik, konçilik, energetika, qişloq xöjaligi, raqamlaştiriş va moliya sohalarida yirik loyihalar muvaffaqiyatli amalga oşirilmoqda.

Savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni rivojlantirişda Işbilarmonlik va investitsiya kengaşining örni katta ekani taʼkidlandi. Kengaşning bugungi yiğilişi doirasida 12 milliard dollarlik yangi kelişuvlarga erişildi.

Gumanitar sohadagi hamkorlik ham izçil kengayib bormoqda. Toşkentda Webster universiteti, Amerika texnologiyalar universiteti va Kolorado konçilik maktabining kompetensiyalar markazi muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. Özbekistonga taşrif buyurayotgan amerikalik sayyohlar soni ham ortib bormoqda.

Tomonlar amaliy hamkorlikni rivojlantirişning yangi istiqbollarini ham belgilab oldilar. Strategik ahamiyatga ega muhim minerallar, energetika, transport, sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar sohalarida hamkorlikni rivojlantiriş uçun ulkan salohiyat mavjud.

Hududlararo aloqalarni rivojlantiriş va işbilarmon doiralar delegatsiyalarining özaro taşriflarini yölga qöyişga alohida eʼtibor qaratildi.

Xalqaro siyosat va mintaqaviy xavfsizlikning dolzarb masalalari yuzasidan ham atrofliça fikr almaşildi.

Ikki mamlakat yetakçilari iştirokida bölib ötadigan bölajak tadbirlar rejasi va ularni mazmunan boyitiş masalalari körib çiqildi.

 

 

 

president.uz

Ulaşiş: