Davlatimiz rahbari Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisi örinbosari – taşqi işlar vazirini qabul qildi
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 19-oktabr kuni Samarqand şahrida “C5+1” formatidagi taşqi işlar vazirlari uçraşuvida iştirok etiş uçun mamlakatimizga kelgan Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisi örinbosari – taşqi işlar vaziri Raşid Meredovni qabul qildi.
Suhbat avvalida Raşid Meredov davlatimiz rahbariga Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov va Turkman xalqining milliy yetakçisi, Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedovning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
Özbekiston – Turkmaniston döstlik, yaxşi qöşniçilik va strategik şeriklik munosabatlarini yanada rivojlantirişning dolzarb masalalari körib çiqildi.
Barça darajalardagi aloqalar jadal tus olgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Yaqinda ikki mamlakat munosabatlari tarixida yangi mexanizm – Oliy darajadagi strategik şeriklik kengaşi tuzildi. Özaro tovar ayirboşlaş va yuk taşiş hajmlari izçil oşib bormoqda. “Şovot – Toşovuz” çegaraoldi savdo zonasi muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda.
Oliy darajada erişilgan kelişuvlarni öz vaqtida amalga oşiriş hamda uçinçi Hududlar forumi va Turkmaniston şaharlarida bölib ötadigan Özbekiston madaniyati va kinosi kunlariga puxta tayyorgarlik köriş muhimligi taʼkidlandi.
Mintaqaviy hamkorlik masalalari yuzasidan ham fikr almaşildi.

