Özbekiston Prezidenti Marko Rubio va Serjio Gorni davlat mukofotlari bilan taqdirladi

Özbekiston Prezidenti Marko Rubio va Serjio Gorni davlat mukofotlari bilan taqdirladi

21.10.2026 10:45893

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Amerika Qöşma Ştatlari Davlat kotibi Marko Rubio va AQŞ Prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo böyiça maxsus vakili Serjio Gorga davlat mukofotlarini topşirdi.

Marko Rubio “Buyuk xizmatlari uçun” ordeni bilan taqdirlandi. Uning Özbekiston va AQŞ örtasidagi strategik şeriklikni rivojlantiriş, siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytiriş, Markaziy Osiyoda tinçlik, barqarorlik va izçil taraqqiyotni taʼminlaşga qaratilgan saʼy-harakatlarni qöllab-quvvatlaşga qöşgan ulkan şaxsiy hissasi eʼtirof etildi. Şuningdek, Yangi Özbekistonning xalqaro taşabbuslarini ilgari suriş, ikki mamlakat xalqlari örtasidagi işonç va döstlikni mustahkamlaş yölidagi xizmatlari alohida ta’kidlandi.

Serjio Gor esa Özbekiston va AQŞ örtasidagi döstona munosabatlarni mustahkamlaş hamda strategik şeriklikni kengaytirişga qöşgan hissasi uçun “Döstlik” ordeni bilan taqdirlandi. Uning siyosiy muloqotni faollaştiriş, ikki tomonlama kelişuvlarni amalga oşiriş, amerikalik sarmoyadorlarni jalb etiş va qöşma loyihalarni ilgari suriş borasidagi saʼy-harakatlari, şuningdek, Amerika – Özbekiston işbilarmonlik va investitsiya kengaşi doirasidagi hamkorlikni rivojlantirişdagi xizmatlari eʼtirof etildi.

 

 

 

president.uz

Ulaşiş: