Özbekiston Prezidenti yirik energetika loyihalariga start berdi
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 27 noyabr kuni Saudiyaning yetakçi “ACWA Power”kompaniyasi bilan amalga oşirilayotgan loyihalar - Sirdaryo viloyatida 1500 megavatt quvvatli zamonaviy buğ-gaz elektr stansiyasini tarmoqqa ulaş hamda Toşkent viloyatida “yaşil vodorod”ni “pilot” tarzda işlab çiqariş quvvatlarini barpo etişni boşlaş marosimida iştirok etdi.
Ta’kidlaş joizki, Sirdaryodagi qiymati 1,1 milliard dollar bölgan issiqlik elektr stansiyasi loyihasi 3 milliondan ziyod xonadon va yuzlab sanoat korxonalarining elektr energiyasiga ehtiyojini ta’minlaşga imkon beradi.


Bundan taşqari, mintaqamizda ilk bor “yaşil vodorod” işlab çiqariş böyiça öxşaşi yöq korxona taşkil etilmoqda. Uşbu “pilot” loyiha doirasida mamlakatimizda birinçi bosqiçda 3 ming tonna vodorod işlab çiqariladi va keyinçalik mineral öğitlarga qayta işlanadi, şuningdek, 52 megavattlik şamol elektr stansiyasi quriladi.


Umuman, “ACWA Power” kompaniyasi iştirokida Özbekistonda 7,5 milliard dollarlik yirik energetika loyihalari muvaffaqiyatli amalga oşirilmoqda.


Uşbu loyihalarning işga tuşirilişi 2030 yilga borib 25 gigavatt qayta tiklanuvçi energiya quvvatlarini yaratiş, 4,5 milliard kub metr gazni iqtisod qiliş va atmosferaga zararli moddalar taşlanmalarini 3 million tonnagaça qisqartiriş imkonini beradi.

