“8-dekabr- O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunga bag‘ishlangan “Konstitutsiya – faxrimiz, g‘ururimiz”- mavzusida davra suhbati

05.12.2023 12:11723

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi qoshidagi Diplomatik korpusga хizmat ko‘rsatish byurosida 2023-yil 05-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunga bag‘ishlangan “Konstitutsiya – faxrimiz, g‘ururimiz”- mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirga Professor, yuridik fanlar doktori Muhitdinova Feruza Abdurashidovna taklif etildi.

Davra suhbati davomida Feruza Abdurashidovna Muhitdinova O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining tarixi haqida batafsil ma’lumotlar berib, Konstitutsiyamizning mazmun-mohiyatiga to‘xtalar, ekan, jumladan shular haqida gapirdi:

Oʻzbekiston Konstitutsiyasi oʻn ikkinchi chaqiriq bilan respublika Oliy Kengashining oʻn birinchi sessiyasi 1992-yil 8-dekabr kuni qabul qilingan. Shu kundan eʼtiboran, Oʻzbekistonda 8-dekabr umumxalq bayrami sifatida nishonlanib kelinadi.

Oʻzbekiston oʻz mustaqilligini eʼlon qilgan sanadan eʼtiboran dunyo sahnida yangi, suveren davlat qaror topgan boʻlsa, birinchi Konstitutsiya qabul qilinishi barobarida mustaqillikning huquqiy tamal toshi oʻrnatilgan.

Oʻzbekiston Konstitutsiyasi yaratilish jarayonida qaysidir davlatdan koʻr-koʻrona koʻchirib olinmaganligini ham inobatga olish kerak. Oʻzbekiston Konstitutsiyasi eng taraqqiy etgan davlatlarning tarixiy tajribasiga tayangan holda yaratilgan.

Konstitutsiyaning yuridik kuchiga to‘xtalar ekanmiz, quyidagilar haqida gapirsak bo‘ladi.

Konstitutsiyaga koʻra, Oʻzbekiston – Prezidentlik boshqaruv shaklidagi suveren demokratik respublika hisoblanadi. Konstitutsiyada davlatni, jamiyatni rivojlantirishning demokratik omillari belgilab berilgan boʻlib, unda Xalq davlat hokimiyatining birdan bir manbai hisoblanishi koʻrsatib oʻtilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi oliy yuridik kuchga ega: prezident Konstitutsiyaga, qonunlarga asoslanib hamda ularni ijro etish yuzasidan respublikaning butun hududida majburiy kuchga ega boʻlgan farmonlar, qarorlar, farmoyishlar qabul qiladi.

Konstitutsiyada Oʻzbekiston prezidenti, fuqarolar tomonidan umumiy, toʻgʻridan-toʻgʻri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yoʻli bilan besh yil muddatga saylanishi belgilangan.

Oʻzbekiston Konstitutsiyasida jamiyat hamda davlatning hayotidagi eng muhim masalalar umumiy ovoz (referendum)ga qoʻyilib, hal qilinadi.

Konstitutsiyada Oʻzbekiston xalqi nomidan faqat u saylagan respublika Oliy Majlisi hamda prezidenti ish olib borishi koʻzda tutilgan boʻlib, Davlat hokimiyati esa uchga – qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, sud hokimiyatiga boʻlinadi.

Oʻzbekiston Konstitutsiyasida, davlat, oʻz faoliyatini inson hamda jamiyat farovonligini koʻzlab, ijtimoiy adolatni qonuniylik printsiplari asosida amalga oshiradi.

Oʻzbekiston Respublikasining davlat tili oʻzbek tilidir. Biroq, respublika hududida istiqomat qiluvchi barcha millat hamda elatlarning tillari, urf-odatlari ularning anʼanalari hurmat qilinishini taʼminlanishi, rivojlanishlari uchun shart-sharoit yaratilishi ham nazarda tutilgan.

Mamlakatda barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega boʻlibgina qolmay, oʻz hududida va uning tashqarisida ham oʻz fuqarolarini huquqiy himoyasini taʼminlayadi.

Konstitutsiya, shuningdek, Oʻzbekiston fuqarolarining oʻz vatanlari ichida erkin harakatlanishlari, istagan joylariga koʻchib borib yashash huquqlarini ham kafolatlaydi.

Konstitutsiyada, har kim erkinlik hamda shaxsiy daxlsizlik huquqiga ega ekanligi koʻrstilgan. Unga koʻra, hech kim qonunga asoslanmagan holda hibsga olinishi yoki qamoqda saqlanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

Jinoyatda ayblanayotgan har bir shaxsning ishi sudda koʻrib chiqilmaguncha qiynoqqa solinishi, unga nisbatan zoʻravonlik, shavqatsiz yoki qadr-qimmatini kamsituvchi harakatlar olib borish mumkin emasligi toʻgʻrisida koʻrsatilgan.

Muxtasar qilib aytganda 

Konstitutsiya (lotincha: constitutio — „tuzilish“, „tuzuk“) — bu davlatning asosiy qonuni. U davlat tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv organlari tizimini, ularning vakolati hamda shakllantirilish tartibi, saylov tizimi, fuqarolarning huquq va erkinliklari, shuningdek, sud tizimini belgilab beradi. Konstitutsiya barcha joriy qonunlarning asosi hisoblanadi.

Xalqaro konstitutsiyaviy tajribalarni oʻrganish, xalqaro hujjat qoidalarini inobatga olish, milliy davlatchilik anʼanalardan kelib chiqish natijasida yaratilgan Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi (1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan) jahon andozalariga mos boʻlib, xalqaro talablarga javob beradi.-deya o‘z maruzasiga yakun yasadi. 

 O‘tkazilgan tadbir qiziqarli va mazmunli suhbatlarga boy bo‘lganligi bilan хodimlar ongida katta taassurot qoldirdi.