10 dekabr — Özbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun
Muhtaşam qöşiq
Har bir yangi kun Özbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi bilan boşlanadi. Har tong Vatanimiz uzra uşbu muazzam tarona yangraydi.
Özbekiston Qahramoni, Özbekiston xalq şoiri Abdulla Oripov şe’ri, atoqli kompozitor, musiqa san’ati bilimdoni Mutavakkil Burhonov musiqasi bilan boşlanuvçi uşbu muqaddas qöşiq har birimizning yuragimizdan joy olgani aniq.
Mamlakatimiz rahbarining jahonning turli davlatlariga taşrifi, oliy martabali xorijiy mehmonlarning yurtimizga kelişi, respublikamizdagi nufuzli anjumanlar, yirik tadbirlar, xalqaro va respublika miqyosidagi sport musobaqalari madhiyamiz bilan boşlanadi.
Bu aziz tarona neçun qalblarimizdan mustahkam örin olgan?! Donişmand şoirimiz Abdulla Oripov nomdor bastakor bilan birga uning har bir sözi ustida mohir zargar kabi puxta işlaganlari yaqin tariximizga oid manbalardan yaxşi ma’lum. Madhiyamiz sözlari oddiy, ravon, xalqçil, jaydari, şu bilan birga odamlar yuragiga yaqin jumlalardan iborat ekani köp marta e’tirof etilgan. Uning musiqasi insondagi ezgu tuyğularga eş ekani bilan birga qalbimizga çeksiz ğurur, iftixor, şu aziz diyor uçun, uning taqdiri va kelajagi uçun çeksiz faxr uyğotişi aniq!

Madhiyamizni baralla ijro etarkansiz, uning mangu qöşiq ekanini yana bir karra anglaysiz. Sport musobaqalarida ğalaba qozongan hamyurtlarimiz, harbiylar, hatto maktab ostonasiga ilk qadam qöygan bolajonlar, barçamiz bu qöşiqni qölimiz köksimizda bölgani holda mağrur aytamiz. Zero, madhiyamiz yurakdan çiqib, yuraklarga yetib boruvçi, jahon uzra baralla yangraydigan mangu, muhtaşam taronadir. Unda şonli tariximiz, Vatanimizning, mehnatkaş xalqimizning salohiyati, kuç-qudrati, ma’rifatparvar bobolarimizning orzu-umidlari, yurt istiqboli mujassam.
Şu kunlarda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan Özbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan yurtimizning barça göşalarida bayram tadbirlari, ma’rifiy anjumanlar ötkazilmoqda. Mazkur tadbirlarda madhiyamizning yaratiliş tarixi, uning ma’naviy hayotimizdagi örni va ahamiyati xususida batafsil söz yuritilmoqda.
Dunyoda Özbekiston deb atalmiş diyor bor ekan, uning madhiyasi mangu yangraydi!

