Özbekiston Prezidenti Qirğiziston bilan köp qirrali hamkorlikni kengaytiriş muhimligini qayd etdi
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 21 dekabr kuni taşrif bilan mamlakatimizda bölib turgan Qirğiz Respublikasi taşqi işlar vaziri Jeenbek Kulubayevni qabul qildi.
Özbekiston bilan Qirğiziston örtasidagi döstlik, yaxşi qöşniçilik va keng kölamli strategik şeriklik munosabatlarini yanada mustahkamlaş, ularni aniq mazmun bilan boyitiş masalalari körib çiqildi.

Uçraşuv avvalida taşqi işlar vaziri Jeenbek Kulubayev davlatimiz rahbariga Qirğiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
Özbekiston yetakçisi keyingi yillarda ikki tomonlama hamkorlik yuksak darajaga çiqqani va sermahsul tus olganini, şu jumladan parlamentlar, hukumatlar, hududlar, jamoatçilik va işbilarmon doiralar darajasidagi muloqot va almaşinuvlar ança faollaşganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.

Hukumatlararo komissiya samarali faoliyat yuritmoqda. Özbekiston-Qirğiziston taraqqiyot fondi işga tuşirildi. Tovar ayirboşlaş va yuk taşiş hajmlari ortmoqda, maşinasozlik, elektrotexnika, töqimaçilik, qişloq xöjaligi va boşqa tarmoqlarda kooperatsiya loyihalari amalga oşirilmoqda. Qöşma madaniy-gumanitar tadbirlar muntazam ravişda ötkazib kelinmoqda.
Faol siyosiy muloqotni davom ettiriş hamda ustuvor dastur va loyihalarni, şu jumladan “Xitoy – Qirğiziston - Özbekiston” temir yöli qurilişini jadallaştiriş muhimligi alohida ta’kidlandi.


