Özbekiston Prezidenti MDHning norasmiy sammitida iştirok etdi
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 26 dekabr kuni Sankt-Peterburg şahrida MDHga a’zo davlatlar rahbarlarining norasmiy uçraşuvida iştirok etdi.
Tadbirda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev, Belarus Prezidenti Aleksandr Lukaşenko, Qozoğiston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirğiziston Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov va Armaniston Boş vaziri Nikol Paşinyan qatnaşdi.


Uçraşuvda 2023 yilgi köp tomonlama hamkorlikning asosiy yakunlari sarhisob qilindi va kelgusi yilga möljallangan ustuvor vazifalar körib çiqildi. MDH doirasida köp qirrali munosabatlarni rivojlantiriş istiqbollari yuzasidan fikr almaşildi, mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Ta’kidlaş joizki, sönggi yillarda mamlakatimiz Hamdöstlikda faol iştirok etmoqda.
Özbekiston 20 dan ortiq tarmoq böyiça hamkorlik organlariga hamda ustuvor soha va tarmoqlar böyiça 24 ta muhim bitimga qöşildi.


MDH mamlakatlari kompaniyalari bilan sanoat kooperatsiyasi böyiça loyihalar portfeli 30 milliard dollardan oşdi va deyarli barça tarmoqlarni qamrab olgan.
Davlatimiz rahbari MDH doirasidagi amaliy hamkorlikni tubdan kengaytiriş va hamkorlikning amaldagi institutsional mexanizmlari samaradorligini oşiriş zarurligini alohida qayd etdi.

