Barqaror rivojlaniş maqsadlari “Özbekiston – 2030” strategiyasi bilan özaro boğliqlikda amalga oşiriladi

Barqaror rivojlaniş maqsadlari “Özbekiston – 2030” strategiyasi bilan özaro boğliqlikda amalga oşiriladi

06.01.2024 08:42133

Ma’lumki, 2030 yilgaça BMT ning Global kun tartibidagi Barqaror rivojlaniş maqsadlarini izçil amalga oşiriş böyiça tizimli işlar olib borilmoqda. Şu maqsadda Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2030 yilgaça 16 ta Barqaror rivojlaniş milliy maqsadlari hamda ular bilan boğliq bölgan 125 ta vazifa tasdiqlangan.

Aynan şu vazifalarga asosan 2017-2022 yillardaSoğlom turmuş tarzini ta’minlaş va barça yoşdagi insonlarning farovonligiga kömaklaşiş böyiça qanday işlar bajarildi? 

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar institutining katta ilmiy xodimi Abdullatifxon Anvarxonov uşbu savolga quyidagiça javob berdi: 

–Oçiğini aytiş kerrakki, bizning ilmiy muassasa faoliyati mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar va özgarişlarni tahlil qilib, barça sohalar böyiça tegişli takliflar işlab çiqişga qaratilgan. 

Savolingizga kelsak, Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Barqaror rivojlaniş maqsadlaridan biri – mamlakatimizda soğlom turmuş tarzini ta’minlaş va barça yoşdagi insonlarning farovonligiga kömaklaşişdir. Aynan bu borada işlar jadal olib borilmoqda. Natijalar qanday böldi degan savol tuğilişi tabiiy. 

Şu maqsadda ilmiy muassasamiz mutaxassislari Özbekiston 2017-2022 yillarda bu borada amalga oşirilgan işlarning natijalarini tahlil qilib çiqdi. Aytiş joizki, “Soğlom turmuş tarzini ta’minlaş va barça yoşdagi insonlarning farovonligiga kömaklaşiş” 16 ta milliy maqsadning uçinçisi bölib, u 13 ta vazifa hamda 23 ta körsatkiçdan iboratdir. 

Bunda asosiy körsatkiçlar böyiça yuqori natijalarga erişilgan. Unga köra, onalar ölimi koeffitsiyenti tirik tuğilgan har 100 000 çaqaloqqa 2017 yilda 21,0 koeffitsiyentini taşkil etgan bölsa, 2022yilda 13,9 koeffitsiyentini taşkil qilgan. Uşbu körsatkiç 5 yil davomida 51,0 foizga yaxşilangan. 

Sil kasalligi bilan kasallaniş holatlari har 100 000 kişiga 2017-2022 yillarda 44,9 koeffitsiyentidan 35,3 koeffitsiyentigaça kamaydi va 27,0 foizga yaxşilandi. Gepatit “B” bilan kasallaniş holatlari 2017 yilda har 100 000 kişiga 0,8 koeffitsiyentini taşkil qilgan bölsa, 2022 yilda 0,4 koeffitsiyentini taşkil etdi va ikki barobar kamaydi. 

Öz joniga qasd qiliş bilan boğliq ölim koeffitsiyenti 2017yilda har 100 000 kişiga 7,5 koeffitsiyentini taşkil etgan edi. Bu körsatkiç 2022 yilda 4,5 koeffitsiyentigaça pasayib, 66,7 foizga yaxşilandi. 

Har 10 000 kişiga töğri keladigan tibbiyot xodimlari soni 2017 yilda 26,1 koeffitsiyentini taşkil qilgan bölsa, 2022 yilda 27,9 koeffitsiyentiga oşdi va 6,9 foizga ijobiy özgariş qayd etildi. 

Albatta, yuqorida keltirilgan raqamlar aholining soğlom turmuş tarzida ijobiy özgarişlar bölayotgani bilan boğliqdir. Bunda körsatkiçlarni taqqosiy örganiş har jihatdan foydalidir. 

Öz navbatida, kelgusida BRM ning 3-maqsadini “Özbekiston – 2030” strategiyasi bilan özaro boğlangan holda amalga oşiriş közda tutilgan. Bunda ayollar, gödaklar va beş yoşgaça bölgan bolalar orasida ölim bilan boğliq holatlarni 2 barobar kamaytiriş, tuğruq örinlari sonini 35 foiz oşiriş, bolalar orasida yuqumli va yuqumli bölmagan kasalliklarni 20 foizga qisqartiriş. onkologik kasalligi bor 120 ming nafar bemorni davolaş bilan töliq qamrab oliş kabi maqsadli parametrlarga erişiş sari dadil qadam taşlanadi. 

 

 

ÖzA muxbiri Nasiba Ziyodullayeva yozib oldi

Ulaşiş: