Vijdon, ma’naviyat xalqqa, Vatanga çin yurakdan xizmat qiliş deganidir
Insonning kindik qoni tökilgan tuproği – jonajon Vatani, aziz joni bilan tutaş maskanidir. Undan barçamiz bemisl va qudratli kuç olamiz. Şu bois ona va Vatanni bir-biridan ayro tasavvur qilib bölmaydi.
Ma’naviy yetuk inson öz yurtini sevadi, uning taraqqiyoti uçun mehnat qiladi. Oldiga ezgu maqsadlar qöyib, yangi kuç, yangi ğayrat bilan olğa intiladi. Bu intiliş zamirida vatanparvarlik, yurtga sadoqat, xalq koriga kamarbastalik mujassam bölsa, nur ustiga a’lo nurdir. Aslida, jamiyat rivoji, umumbaşariy ezgu ğoyalar uçun sa’y-harakat şaxs ma’naviy kamolotidan darak beradi.
Şu ma’noda ötgan yil 22 dekabr kuni Prezidentimiz tomonidan ötkazilgan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat Kengaşining kengaytirilgan yiğilişi katta ahamiyatga ega böldi. Aytiş mumkinki, Yangi Özbekistonda ma’naviyat, ma’rifat sohasida yangi bosqiçga, yangi davrga qadam qöyildi. Bu Kengaş yiğilişining tarixiy ahamiyati ham şundaki, unda mamlakatimiz ma’naviy hayoti uçun keçiktirib bölmas muhim vazifalar belgilab berildi.
Avvalo, ta’kidlaş kerakki, davlat rahbarining “Ma’naviyat boşqa sohalardan oldinda yurişi, yangi kuçga, yangi harakatga aylanişi kerak”, degan sözlari özini şu yurtning farzandi, deb bilgan har bir ziyolining şiori, faoliyat dasturiga aylanmoği kerak. Buni bugungi murakkab davrning özi körsatib turibdi. Zero, ma’naviyat, milliy an’ana va qadriyatlarsiz, ma’naviy-milliy ruhsiz heç bir mamlakat özi közlagan natijaga erişa olmaydi.
Rostini aytiş kerak, ba’zida “ma’naviyat özi kerakmi yo yöqmi” degan savollar ham eşitilib qoladi. Prezidentimiz yiğilişda ta’kidlaganidek, özimizga bir savol berib köraylik: Biz bugungi keskin şaroitda ğoyaviy-mafkuraviy sohada raqobatga tayyormizmi? Yoş avlodimiz tarbiyasi murakkab zamon talablariga javob berayaptimi?
Mana, bugun ma’naviy-ma’rifiy sohada masala qanday ötkir va köndalang bölib turibdi. Bular oddiy savollar emas. Odamni jiddiy öylantiradigan, taşvişga soladigan savollar. Agar biz bu yoruğ dunyoda “özbek”, “özbekistonlik”, “Özbekiston” degan nomlar bilan yaşab qolişni istaydigan bölsak, bu savollarga bugun javob topişimiz va ularni hal etiş böyiça amaliy harakatlarni aynan bugun boşlaşimiz şart. Ertaga keç böladi.
Binobarin, inson agar Vatanini sevsa, uning vijdoni uyğoqdir. Yoxud vijdonli, ma’naviy dunyosi yuksak kişigina Vatanning neligini his qiladi, ona yurtini butun borliği bilan seva oladi. sevganda ham, bor böyiça, aytiş joiz bölsa, kamçiligi-yu yutuği, muammosi-yu afzalliklari bilan birga sevadi, jonini fido qilişga rozi böladi. Zero, Hazrat Navoiy bejiz “bulbulga tikondek oşyon bölmas”ligini uqtirmagan. Vatan işqi, yurtparvarlik çegara, sifat tanlamasligini e’tirof etgan Qahramon şoirimiz Abdulla Oripov aytganidek, “faqat boyliklari uçun sevgan farzand keçirilmas”.
Atoqli yozuvçi Tohir Malik fikriça, “Vatan bir boğdir, Vatanning sodiq farzandlari bu boğni öz yurak qonlari ila suğormaklari darkordir... Vatan boğini yurak qoni ila suğormaklik majoziy ma’noda aytilgan. Özini Vatan farzandi deb hisoblovçi odam butun tanu joni bilan bu boğni yaşnatiş uçun xizmat qilişi kerak”.
Ta’kidlaş joizki, bugungi kunda dunyoda yuz berayotgan ommaviy madaniyat, ekstremizm, mafkuraviy xurujlar, globallaşuv jarayonlari davrida ma’naviyat sohasida amalga oşirilayotgan işlarni yangi bosqiçga olib çiqiş hamda ma’naviyat va ma’rifat masalasiga davlat siyosati darajasida jiddiy e’tibor qaratişni taqozo etmoqda. Inçunin, ma’naviyat, ma’naviy yetuklik zamirida vatanparvarlik yotadi, jamiyatning ma’naviy saviyasini yuksaltirişdan közlangan maqsad-muddao ham fuqarolar ongu şuurida yurtparvarlik, xalqparvarlik hissini takomiliga yetkazişdir.
Prezidentimiz ta’kidlaganidek, “Biz ma’naviyat va ma’rifat işini vatanparvarlik işi, vijdon işi, deb bilamiz. Vijdoni, ma’naviyati bor inson Vatanni albatta yaxşi köradi. Vijdon, ma’naviyat degani – xalqqa, Vatanga çin yurakdan xizmat qiliş deganidir”. Yurtimizning har bir qariçi jonimiz bilan tutaş, barçamiz uçun aziz va muqaddasdir. Biz öz oldimizga qöygan ezgu maqsadlarimizdan heç qaçon çekinmaymiz! Bunda bizga ma’naviyat eng qudratli kuç böla oladi. Biz bir bölsak – yagona xalqmiz, birlaşsak Vatanmiz!

