Özbekiston sayyohlik salohiyati Parijda namoyiş etildi

Özbekiston sayyohlik salohiyati Parijda namoyiş etildi

23.01.2024 18:58229

PARIJ, 23-yanvar. /"Dunyo" AA/. Mamlakatimizning Parijdagi elçixonasida Özbekiston Taşqi işlar vazirligi huzuridagi Diplomatik xizmatlar byurosi va Toşkent şahridagi «SAMO Travel» sayyohlik kompaniyasi bilan hamkorlikda mamlakatimiz sayyohlik salohiyatiga bağişlangan taqdimot ötkazildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Tadbirda işbilarmon va madaniy doira vakillari, «Interface tourism», "Dualest", "Amerasia", «Stimlive Travel»va boşqa tur kompaniyalar vakillari qatnaşdi.
Uçraşuv iştirokçilari Özbekistonda turizm sohasini rivojlantiriş, uning iqtisodiyotdagi roli va hissasini oşiriş, xizmatlar körsatişni diversifikatsiya qiliş va sifatini oşiriş, sayyohlik infratuzilmasini yaxşilaş böyiça amalga oşirilayotgan çora-tadbirlar bilan tanişdi.
Özbekiston rahbariyati tomonidan mamlakatimizni modernizatsiya qiliş borasida amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlar, xususan, turizm sohasini rivojlantiriş böyiça körilayotgan ustuvor vazifalar alohida ta'kidlandi.
Tadbir doirasida respublikamizning turli hududlari, jumladan, Qaşqadaryo viloyatining turizm imkoniyatlari taqdimoti bölib ötdi, mavzuga oid videofilmlar namoyiş etildi.
Özbekistonga kelayotgan xorijiy sayyohlar soni böyiça Fransiya Yevropa davlatlari orasida yetakçi örinda ekani qayd etildi. 2023-yilda mamlakatimizga 20 mingdan ortiq fransuz sayyohlari keldi va bu pandemiyadan oldingi körsatgiçdan oşgan.
Taqdimot davomida özbek milliy taomlari taqdimoti ham ötkazildi, bayramona palov tayyorlandi.

 

«TDC Communication» kompaniyasi direktori Silvi Biyllard-Tebo:
- Bugun Özbekistonning sayyohlik salohiyatiga bağişlangan taqdimotda iştirok etganimdan juda xursandman. Taklif uçun Özbekiston tomoniga minnatdorlik bildiraman. Versal şahrida joylaşgan kompaniyamiz mamlakatingizga fransuz va yevropalik sayyohlarni jalb qilişda özbekistonlik hamkorlar bilan muvaffaqiyatli hamkorlikni yölga qöygan.
Bugungi taqdimotda men Özbekistonda turizmning köplab yangi imkoniyatlarini, jumladan, toğ, sport, ekstremal va boşqa turlarini kaşf etdim. Biz juda optimistmiz va Özbekiston bilan hamkorlikni yanada rivojlantiriş tarafdorimiz.

 

«Stimlive Travel» sayyohlik kompaniyasi boş direktori Stefan Bertrand:
- «Stimlive Travel»   kompaniyasi MICE-turizmiga ixtisoslaşgan, ya'ni mijozlarimiz sayohat qilişni, korporativ uçraşuv va bayramlar, biznes konferensiyalari va seminarlar, jamoani şakllantiriş, şuningdek, öz xodimlarimiz uçun xorijda motivatsion turlar taşkil etişga ixtisoslaşgan.
Kompaniyamiz mijozlarining köpçiligi dunyoning turli mamlakatlariga taşrif buyurgan yirik fransuz korxonalari va korporatsiyalarini ifodalaydi. Ular juda talabçan va har doim yangi istiqbolli sayohat yönalişlariga qiziqadi.
Bugun men Özbekistonning turizm imkoniyatlari taqdimotida iştirok etiş uçun birinçi marta mamlakatingiz elçixonasiga taşrif buyurdim. Taqdimotda iştirok etiş meni özbek mehmondöstligi an'analari, mamlakatimizda yaratilgan turizm infratuzilmasi, transport logistikasi, noyob tarixiy me'moriy obidalarni öz közim bilan köriş uçun ajoyib mamlakatingizga taşrif buyurişimga turtki böldi. Va, albatta, kelajakdagi hamkorlik rejalarini tuzişga xizmat qiladi.

 

"Dualest" kompaniyasi boş direktori Giyom Dyubyui:
– Kompaniyamiz Özbekiston bilan bir neça yildan buyon hamkorlik qilib kelmoqda. Mamlakatingizda turizm sohasi naqadar jadal rivojlanayotganini öz közimiz bilan kördik. Imkoniyat darajasida biz ham bu jarayonda qatnaşişga harakat qilamiz. Davlatingizda logistika infratuzilmasini yaratiş va takomillaştiriş, jumladan, yangi aeroportlar, mehmonxonalar, dam oliş maskanlarini barpo etişga katta e'tibor qaratilayotganidan yaxşi xabardormiz.
Fransiyada turizm sohasida köplab "nou-xau"lar mavjud. Ular Internet orqali mehmonxonalarni tarğib qiliş, turizm sohasida kadrlar tayyorlaş, yangi startaplar va innovatsion kompaniyalarni rivojlanişiga xizmat qilmoqda. Biz Özbekistonning tegişli mutaxassislari bilan mazkur yönalişdagi tajribamizni bölişişimiz mumkin. Şu bois 16-18-aprel kunlari fransuz turizm mutaxassislari delegatsiyasi tarkibida Özbekistonga taşrif buyuriş va birgalikda qöşma loyihalarni muhokama qilişdan mamnunmiz.

 

"Dunyo" AA

Ulaşiş: