Özbekiston va Xitoy yetakçilari köp qirrali va har tomonlama strategik şeriklikni yanada kengaytiriş masalalarini körib çiqdilar

24-yanvar kuni Pekin şahrida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning rasmiy delegatsiyalar a’zolari iştirokidagi muzokaralari bölib ötdi.
Uçraşuv avvalida Prezidentimiz Xitoy yetakçisiga taşrif bilan keliş taklifi va körsatilayotgan iliq mehmondöstlik hamda Yangi Özbekistondagi islohotlarning yuksak e’tirofi uçun samimiy minnatdorlik bildirdi.
Davlat rahbarlari keyingi yillarda ikki tomonlama munosabatlar rivojida kuçli sur’atga erişilganini ta’kidladilar.
Barça darajalarda aloqalar faollaşib, siyosiy muloqot mustahkamlanib borayotgani, mamlakatlarimiz muhim masalalar yuzasidan bir-birini qöllab-quvvatlayotgani alohida mamnuniyat bilan qayd etildi.
Ötgan yil noyabr oyida Pekin şahrida Taşqi işlar vazirlari strategik muloqotining birinçi yiğilişi bölib ötdi. Parlamentlararo hamkorlik faollaşdi.
Prezidentimiz XXR Raisiga kambağallikka qarşi kuraşiş böyiça hamkorlikka şaxsan e’tibor qarayotgani va qöllab-quvvatlayotgani uçun taşakkur bildirdi.
Tomonlar Özbekistonda Xitoyning “Lu Ban ustaxonasi” professional ta’lim tizimini joriy qiliş böyiça pilot loyiha boşlanganini olqişladilar.
Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik jadal rivojlanmoqda.
Ötgan yil yakunlari böyiça tovar ayirboşlaş 14 milliard dollarga yetdi. Yaqin istiqbolda buni 20 milliard dollarga yetkaziş uçun barça imkoniyatlar borligi töğrisida yakdil fikr bildirildi.
Keyingi yillarda Xitoydan Özbekiston iqtisodiyotiga investitsiyalar hajmi beş barobar, qöşma korxonalar soni esa uç barobar oşdi.
Infratuzilma, sanoat kooperatsiyasi, qişloq xöjaligi va “yaşil” energetikada texnologiyalar transferi sohalarida hamkorlik dasturlarini tayyorlaş va qabul qilişga kelişib olindi.
Şu ma’noda, ötgan yil oxirida Özbekistonda Xitoy kompaniyalari iştirokida quvvati 1000 megavattlik ikkita yangi quyoş elektr stansiyalari foydalanişga topşirilgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Xitoyning yetakçi banklari, “Ipak yöli” fondi va Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki bilan samarali moliyaviy-texnik hamkorlikning bugungi darajasi yuqori baholandi.
Davlatimiz rahbari investitsiya loyihalarini qöllab-quvvatlaşning moliyaviy vositalarini kengaytiriş, jumladan, qöşma platforma yaratiş borasida kelişuvlarga erişilganini, şuningdek, Xitoy Eksimbankining Toşkent şahrida Markaziy Osiyo uçun mintaqaviy ofis oçiş qarorini olqişladi.
Prezidentimiz xitoylik şeriklarni Özbekistondagi davlat korxonalari va banklarini xususiylaştiriş jarayonlarida faol iştirok etişga çaqirdi.
Yetakçilar hududlararo almaşinuvlar faollaşganiga mamnuniyat bildirdilar. Bu boradagi hamkorlikni muvofiqlaştiriş uçun Özbekiston va Xitoy hududlari kengaşini tuzişga kelişib oldilar.
“Bir makon, bir yöl” taşabbusi doirasida Transmintaqaviy transport va tranzit köprigining muhim tarkibiy qismi böladigan “Xitoy – Qirğiziston - Özbekiston” temir yölini quriş böyiça amaliy işlarni tez fursatda boşlaş muhim ekani ta’kidlandi.
Kuni keça Pekinda birinçi ta’lim forumi, Şanxayda Özbekistonning turizm imkoniyatlari körgazmasi muvaffaqiyatli ötgani qayd etildi. Şu kunlarda ötayotgan Özbekiston madaniyati kunlari doirasidagi tadbirlar Xitoy poytaxti aholisi va mehmonlarida katta qiziqiş uyğotdi.
Ta’lim va turizm sohasidagi hamkorlikni faollaştiriş, özaro madaniyat kunlarini ötkaziş amaliyotini davom ettiriş zarurligi körsatib ötildi. Qöşma Yoşlar innovatsiya forumini ötkaziş taklif qilindi.
Rejalaştirilgan barça tadbirlar va ilgari surilgan taşabbuslarni amalga oşiriş maqsadida tomonlar Hukumatlararo qömita va uning barça kiçik qömitalari yiğilişlarini joriy yilning birinçi yarmida ötkazişga ahdlaşib oldi.
Mintaqaviy kun tartibi va xalqaro siyosatning dolzarb masalalari yuzasidan ham fikr almaşildi.
“Yagona Xitoy” siyosati hamda “uç yovuz kuç”ga qarşi kuraşiş borasidagi pozitsiya özgarmas ekani tasdiqlandi.
Muzokaralar yakunida Özbekiston yetakçisi XXR rahbarini taşrif bilan mamlakatimizga kelişga taklif qildi hamda döst Xitoy xalqining yaqinlaşib kelayotgan xitoyça Yangi yil – “Çun Sze” bayrami bilan tabrikladi.
Uçraşuv har doimgidek işonç, oçiqlik va döstlik ruhida ötdi.

