Özbekiston sayyohlik salohiyati Germaniyaning ixtisoslaşgan OAV diqqat markazida
FRANKFURT-MAYN, 2-fevral. /"Dunyo" AA/. Germaniyaning «Nüma GmbH» sayyohlik kompaniyasi veb-saytida mamlakatimizning Frankfutr-Mayndagi Boş konsulligida bölib ötgan Özbekiston sayyohlik salohiyatiga bağişlangan taqdimotga bağişlangan maqola e’lon qilindi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

«Tadbirda "Nüma GmbH" kompaniyasi rahbari Daliya Altuntepe Özbekistonning qadimiy şaharlari va diqqatga sazovor joylari haqida ma’ruza qildi, - deyiladi maqolada. - Şuningdek, Özbekistonning zamonaviy turizm xizmatlari va infratuzilmasi haqidagi videolavhalar iştirokçilar e’tiboriga taqdim qilindi».
Boş konsul Olimjon Abdullayev yiğilganlarni mamlakatning gastronomik, ziyorat, etnik va madaniy turizm yönalişlari bilan taniştirdi. Iştirokçilar Özbekistonda turizm sohasini xalqaro standartlar asosida takomillaştiriş, sohani barqaror rivojlantiriş böyiça me’yoriy-huquqiy bazani modernizatsiya qiliş, şuningdek, mamlakatimizning boy tarixiy-madaniy merosi haqida batafsil ma’lumotga ega böldilar.
Naşrda qayd etilişiça, bölib ötgan ikki tomonlama muzokaralar natijasida Germaniya sayyohlik kompaniyalari bilan hamkorlikda yangi turizm dasturlarini işlab çiqiş böyiça kelişuvga erişildi. Şuningdek, 2024-yil uçun qöşma yarmarkalar, taqdimotlar va mavzuli keçalarni ötkaziş böyiça aniq rejalar belgilab olindi.
«Taqdimot oşpazlik tadbiri bilan yakunlandi. Haqiqiy özbek palovi tayyorlandi. Özbek xalqining milliy taomi bölgan palovning mazasi barçaga manzur keldi. Bu özbek xalqining bağrikengligi, samimiyligi va mehmondöstligining işorasidir», - deb yozilgan maqola sönggida.

