Prezidentlar muzokaralarning samarali natijalaridan mamnunligini ta’kidladilar

Prezidentlar muzokaralarning samarali natijalaridan mamnunligini ta’kidladilar

09.02.2024 09:04247

 

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukaşenko muzokaralardan söng ommaviy axborot vositalari vakillari uçun bayonot berdilar.

Taşrif arafasida ötkazilgan Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yiğilişi, Hududlararo forum va Işbilarmonlar kengaşi yiğilişi natijalari mamnuniyat bilan qayd etildi. Bungaça yetakçi oliygohlar rektorlari va tibbiyot muassasalari rahbarlarining uçraşuvlari bölib ötgan edi.

Özbekiston Prezidenti jurnalistlar e’tiborini keyingi yillarda Özbekiston-Belarus hamkorligida röy bergan sifatli özgarişlarga qaratdi. Barça darajalardagi muloqotlar faollaşgani, tovar ayirboşlaş hajmi, kooperatsiya loyihalari soni oşgani, madaniy-gumanitar almaşinuv va töğridan töğri aviaqatnovlar qayta tiklangani qayd etildi.

Yetakçilar muzokaralar atrofliça bölgani, Özbekiston-Belarus munosabatlarining keng doirasi batafsil muhokama qilingani, köp qirrali şeriklikni rivojlantirişning ustuvor yönalişlari, maqsad va vazifalari belgilab olinganini ma’lum qildilar.

Mintaqaviy va xalqaro taşkilotlar – Birlaşgan Millatlar Taşkiloti, MDH, ŞHT doirasidagi muloqotni mustahkamlaşga tomonlarning intilişi qat’iy ekani ta’kidlandi.

Tovar ayirboşlaşni köpaytiriş masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Yetakçilar uning hajmini yaqin yillarda 1 milliard dollardan ziyodga yetkaziş vazifasini qöydilar.

Şu maqsadda qöşma taşqi savdo kompaniyasini taşkil etiş va savdoni qöllab-quvvatlaş mexanizmlarini joriy qilişga kelişib olindi.

Sanoat kooperatsiyasining ustuvor sohalari belgilab olindi. Bular – agrosanoat majmui, elektrotexnika va töqimaçilik tarmoqlari, soğliqni saqlaş va farmatsevtika, şaharsozlik va kommunal xöjaligi.

Hududlararo aloqalar salohiyati va imkoniyatlarini samarali işga solişga alohida e’tibor qaratildi.

Madaniyat va san’at, oliy va professional ta’lim, turizm, yoşlar va sport sohalaridagi faol almaşinuvlar davom ettiriladi. Soğliqni saqlaş borasidagi hamkorlikning aniq yönalişlari belgilab olindi.

Tomonlar navbatdagi tibbiyot, ta’lim va turizm forumlarini taşkil etişga kelişib oldilar.

Erişilgan kelişuvlar va imzolangan hujjatlar Özbekiston bilan Belarus örtasidagi döstlik munosabatlarini mustahkamlaşga xizmat qilişi, köp qirrali şeriklikni aniq amaliy mazmun bilan boyitişiga işonç bildirildi.

 

president.uz

Ulaşiş: