Adolat, nafis şe’riyat, serqirra ijod ramzi
15:44 / 14.02.2024
14 fevral adib, olim, sarkarda, yirik davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligi munosabati bilan Adiblar xiyobonidagi şoir haykali poyida “Yoşlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaşda Zahiriddin Muhammad Bobur merosining örni va ahamiyati” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bölib ötdi.
Tadbir avvalida harbiy xizmatçilarning tantanali saf yurişi ötkazildi. Şundan söng Bobur haykali poyiga ijodkorlar, keng jamoatçilik vakillari iştirokida gullar qöyildi.
Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi raisi, Özbekiston xalq şoiri Sirojiddin Sayyid ikki buyuk Uyğoniş davriga asos solgan mutafakkir bobokalonlarimiz merosini örganiş bugun tobora dolzarb ahamiyat kasb etayotganini ta’kidladi.
–Bugun dunyoda murakkab mafkuraviy jarayonlar keçayotgan bir paytda buyuk ajdodlarimiz asarlari, ularda tarannum etilgan ğoyalarni örganiş muhimdir, – dedi Yozuvçilar uyuşmasi raisi, xalq şoiri Sirojiddin Sayyid. – Bir lahza ham orom, tinçlik bilmagan Zahiriddin Muhammad Bobur nomiga neki ezgu ta’riflar bölsa töğri keladi. Alişer Navoiyning “Olam ahli, bilingizkim, iş emas duşmanliğ...” degan satrlari aynan Boburning hayotiy intilişlarida ustuvor edi. Bugun mamlakatimizning har bir göşasida Bobur tavalludining 541 yilligi keng nişonlanayotgani uluğ ajdodlarimiz merosiga bölgan e’tiborning namunasidir.
Tadbirda Jamoat xavfsizligi universiteti tarbiyaviy va mafkuraviy işlar böyiça örinbosari, polkovnik Ikromjon Mahmudov, mazkur universitet talabasi Faxriyor Baxtiyorov, tarixşunos olim Jumaboy Rahimov va boşqalar Bobur asarlarining ahamiyati xususida sözladi.
– Bobur asarlarida tarannum etilgan vatanparvarlik, bunyodkorlik, halollik, rostgöylik ğoyalarini yoşlarga yetkaziş bugungi kunda ğoyat dolzarbdir, – dedi Jamoat xavfsizligi universiteti professori Sayyora Törayeva.
Ma’rifiy tadbirda yoş ijodkorlar, kursantlar tomonidan Bobur ğazallaridan namunalar öqildi. Harbiylarning şoh va şoirning hayoti va ijodiga bağişlangan sahna körinişlari namoyiş etildi.
Anjuman doirasida kitoblar, tarixiy asarlar körgazmasi ham taşkil etildi. Talaba-yoşlarga Zahiriddin Muhammad Bobur ijodiga oid kitoblar tuhfa etildi.

