Özbekiston va Rossiya yetakçilari oliy darajadagi kelişuvlarni amalga oşiriş masalalarini muhokama qildilar

Özbekiston va Rossiya yetakçilari oliy darajadagi kelişuvlarni amalga oşiriş masalalarini muhokama qildilar

22.02.2024 08:20294

21 fevral kuni Qozon şahriga amaliy taşrif doirasida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning uçraşuvi bölib ötdi.

Suhbat avvalida davlatimiz rahbari Rossiya Prezidentini sportning an’anaviy va virtual turlarini özida mujassam etgan “Kelajak öyinlari” birinçi xalqaro musobaqasi ötkazilayotgani bilan samimiy qutladi.

Ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb jihatlari, jumladan, ötgan yil 5-7 oktyabr kunlari Moskva şahrida oliy darajada erişilgan kelişuvlarni amalga oşiriş masalalari körib çiqildi.

Yetakçilar Özbekiston bilan Rossiya örtasidagi keng qamrovli strategik şeriklik va ittifoqçilik munosabatlari izçil mustahkamlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdilar.

2023 yilda bölib ötgan Hukumatlararo komissiya yiğilişlari, hududlar, ta’lim, tibbiyot forumlari, qator boşqa işbilarmonlik va madaniyat tadbirlarining samarali natijalari yuksak baholandi.

Tovar ayirboşlaşning ijobiy sur’ati saqlanib qolmoqda. Sanoat, energetika, transport, kimyo, farmatsevtika va boşqa tarmoqlardagi loyihalar faol bosqiçga kirgan.

Hududlar örtasidagi kooperatsiya aloqalarini rağbatlantirişga alohida e’tibor qaratildi.

Toşkent va Jizzax viloyatlarida industrial texnoparklar muvaffaqiyatli işlamoqda. Buxoro va Navoiy viloyatlarida yangi “Alabuga” va “Master” innovatsiya parklari barpo etilmoqda.

Davlat rahbarlari transport yölaklarini birgalikda rivojlantiriş, temir yöl transporti sohasidagi hamkorlikni mustahkamlaş masalalarini muhokama qildilar.

Mintaqaviy kun tartibi yuzasidan ham fikr almaşildi, bölajak xalqaro tadbirlar rejasi körib çiqildi.

 

UzA

Ulaşiş: