2024 yilgi Navröz umumxalq bayramiga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş töğrisida

2024 yilgi Navröz umumxalq bayramiga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş töğrisida

05.03.2024 15:53286

Özbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Ona zamin va tabiatga mehr-muhabbat, saxovat va muruvvat, bunyodkorlik va olijanoblik kabi xalqimizga xos ezgu fazilatlar eng qadimiy bayramimiz bölgan Navröz timsolida asrlar davomida uluğlanib, sayqal topib kelmoqda.

Ayniqsa, bugun, jamiyatimizda inson qadri yuksalib, bebaho boyligimiz – yerimiz, suvimiz va tabiatimizga, şu boradagi neça ming yillik an’analarimizga e’tibor kuçayib borayotgan Yangi Özbekiston şaroitida bu bayramning hayotimizdagi örni va ahamiyati yanada ortib bormoqda.

Dunyoda murakkab vaziyat hukm surayotgan hozirgi tahlikali davrda Navrözning buyuk insonparvarlik mohiyati, ölmas ğoyalari, odamzotni tinçlik va döstlikni qadrlab, özaro ahillik va hamjihatlikda yaşaşga, hayotni yanada gözal va obod qilişga undaydigan bunyodkorlik ruhi va falsafasi yer yuzidagi turli xalqlarning olijanob intilişlariga ham ğoyat uyğun va hamohangdir.

Ana şunday noyob fazilatlari bilan bugun ham ezgulik va taraqqiyotga xizmat qilayotgan, Birlaşgan Millatlar Taşkiloti tomonidan xalqaro bayram sifatida e’tirof etilgan Navrözi olamning beqiyos ahamiyatini hisobga olib hamda uşbu ayyomni yurtimizda amalga oşirilayotgan ulkan özgariş va yangilanişlarga mos holda, har tomonlama yuksak saviyada ötkaziş maqsadida:

1. 2024 yilgi Navröz umumxalq bayrami mamlakatimizda “Olam nurga tölsin sen bilan, Navröz!” degan boş ğoya asosida umumxalq sayillari şaklida kötarinki ruh va yuqori darajada keng nişonlansin.

2. 2024 yilgi Navröz umumxalq bayramiga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş böyiça taşkiliy qömita (keyingi örinlarda – Taşkiliy qömita) tuzilsin hamda uning tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Taşkiliy qömita (A.Aripov) bir hafta muddatda Toşkent şahri, Qoraqalpoğiston Respublikasi va viloyatlar markazlari, barça şahar va tumanlar, qişloq va ovullarda Navröz umumxalq bayramini munosib nişonlaş böyiça taşkiliy-amaliy, madaniy-ma’naviy hamda tarğibot tadbirlari dasturini tasdiqlasin, şuningdek, uning amalga oşirilişini ta’minlasin.

3. Joylarda Navröz umumxalq bayramining barça tadbirlarini milliy qadriyat va an’analarimiz hamda zamonaviy tajribalar asosida yuqori saviyada, ommaviy sayillar şaklida taşkil etiş, ularda xalqimizning faol iştirokini ta’minlaş maqsadida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratilsin:

bayram tadbirlarini bahor ayyomida borliqning uyğonişi, inson va tabiat örtasidagi uyğunlik, ona zaminga mehr va e’tiborni aks ettiradigan, yurtdoşlarimizni bugungi tinç va osuda hayotimizni qadrlab, şukronalik tuyğusi bilan yaşaşga undaydigan ma’no-mazmun bilan ta’sirçan usullarda ötkaziş;

mamlakatimizda amalga oşirilayotgan tub demokratik islohotlar, xalqimizning kundalik hayoti, ongi va dunyoqaraşida yuz berayotgan ijobiy özgarişlar Navrözning azaliy qadriyat va an’analariga hamohang ekanini namoyon etiş;

Toşkent şahridagi “Yangi Özbekiston” majmuasida alohida dastur asosida xalq sayillarini taşkil etiş;

bu yilgi Navröz bayrami muqaddas Ramazon oyida nişonlanişini inobatga olib, keksa avlod vakillarini, xususan, Ikkinçi jahon uruşi qatnaşçilari va mehnat fronti faxriylarini har tomonlama e’zozlaş, “Mehribonlik”, “Saxovat” va “Muruvvat” uylarida yaşayotgan şaxslar, ijtimoiy himoya daftarlariga kiritilgan hamda kömakka muhtoj insonlarning holidan xabar oliş, ular uçun dasturxonlar taşkil etiş hamda turli xayriya tadbirlarini amalga oşiriş;

“Yaşil makon” umummilliy loyihasida belgilangan tadbirlarni amalga oşiriş, Navröz bayrami arafasida respublikamizning barça hududlarida, köça, mahalla, tuman va şaharlarda obodonlaştiriş va kökalamzorlaştiriş işlariga qaratilgan umumxalq haşarlarini ötkaziş;

jamiyatimizda hukm surayotgan millatlararo döstlik va totuvlik muhitini mustahkamlaşga qaratilgan loyiha va aksiyalar uyuştiriş, yurtimizda istiqomat qilayotgan turli millat va elat vakillarining Navröz bayramining ruhi va falsafasiga uyğun bölgan urf-odat, an’ana va qadriyatlarini keng namoyiş etiş;

bayram tadbirlari davomida hunarmandçilik körgazmalari, milliy sport turlari böyiça musobaqalarni ötkaziş, kitob körgazmalari, arzonlaştirilgan qişloq xöjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkalari, köçma savdo dökonlarini taşkil etiş, köklam taomlarini tayyorlaş hamda ularning körgazma-savdolari va tanlovlarini uyuştiriş;

barça şahar va qişloqlarda ötkaziladigan bayram tantanalarida, ommaviy axborot vositalarida Navröz bayramining tarixi, har bir hududdagi uni nişonlaş bilan boğliq urf-odat va an’analarni keng yoritiş.

4. Madaniyat vazirligi (O.Nazarbekov):

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (O.Hasanov), Yozuvçilar uyuşmasi (S.Saidov) bilan birgalikda bir hafta muddatda Toşkent şahrida Navröz bayramiga bağişlab ötkaziladigan teatrlaştirilgan konsert tomoşasining dasturi va ssenariysini işlab çiqsin;

mazkur konsert tomoşasini tajribali ssenarist va rejissyorlar, kompozitor va bastakorlar, baletmeysterlar, sahna rassomlari, iste’dodli yoş ijroçilar, folklor san’ati vakillari bilan birgalikda, yuqori badiiy saviyada tayyorlaş çoralarini körsin.

5. Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari:

a) bir hafta muddatda quyidagilarni nazarda tutuvçi Navröz umumxalq sayillarini ötkaziş böyiça hududiy çora-tadbirlar dasturlarini işlab çiqsin va tasdiqlasin:

umumxalq sayillari uyuştiriladigan asosiy maydonlar, köça va xiyobonlarni milliy uslubda bayramona bezatiş;

umumxalq sayillariga mahalliy folklor guruhlari, badiiy havaskorlik jamoalari, sirk san’ati vakillari, oilaviy ansambllar, baxşilar, şoirlar, şuningdek, professional ijroçilar va iste’dodli estrada artistlarini belgilangan tartibda keng jalb etiş;

bayram tadbirlari doirasida har bir hududga xos bölgan xalq öyinlari, tomoşalar, körgazmalar ötkaziş, bahoriy taomlar sotiladigan oçiq oşxonalar taşkil etiş;

b) bayram dasturlarini va ommaviy tomoşalarni tayyorlaşda, köçalar, maydon va xiyobonlarni bezatişda malakali mutaxassislardan iborat ijodiy guruhlarni keng jalb etsin;

v) barça tadbirlar jamoat xavfsizligi talablariga qat’iy rioya qilgan holda ötkazilişini ta’minlasin.

6. Belgilab qöyilsinki, ötkaziladigan bayram tadbirlari:

Toşkent şahrida – respublika byudjeti va Toşkent şahar mahalliy byudjeti mablağlari hisobidan teng uluşlarda;

Qoraqalpoğiston Respublikasi va viloyatlarda – tegişli mahalliy byudjetlar hamda joylardagi homiylik xayriyalari hisobidan qoplanadi.

7. Özbekiston Milliy axborot agentligi, Özbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, “Dunyo” axborot agentligi va boşqa ommaviy axborot vositalariga Navröz umumxalq bayramiga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş böyiça amalga oşirilayotgan işlarni atrofliça yoritib boriş tavsiya etilsin.

8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qiliş Özbekiston Respublikasi Boş vaziri A.N.Aripov va Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlaniş departamenti rahbari O.Q.Abdurahmonov zimmasiga yuklansin.

 

Özbekiston Respublikasi


         Prezidenti                                                                                                               Ş.MIRZIYOEV

 

Toşkent şahri,

2024-yil 4-mart

 

UzA

Ulaşiş: