Har kunimiz Navrözdek gözal, Navrözdek fayzli va mazmunli bölsin

Har kunimiz Navrözdek gözal, Navrözdek fayzli va mazmunli bölsin

22.03.2024 20:18242

21-mart kuni poytaxtimizdagi “Humo Arena” majmuasida Navröz bayrami tantanalari bölib ötdi.

Adirlarda, baxmal qirlarda bahor şukuhi kezişi bilan uning ortidan inson ruhiyati va qalbini jöş urdirib, Navrözi olam kirib keldi. Bu yilgi yaşariş fasli – bahor ham ma’rifatli jamiyat qurişdek uluğ maqsadlarga hamohang bölmoqda. 

Köngillar xayrli amallardan bahra olayotgan har bir kunda inson qalbi bayramona zavqdan yaşnaydi. Şunga hamohang mamlakatimiz böylab Navröz bilan boğliq an’analar namoyişi, milliy madaniy markazlar körgazmalari ötkazilmoqda.

Tantana iştirokçilari Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevni qarsaklar bilan kutib oldi.

Davlatimiz rahbari barçani Navröz bayrami bilan tabrikladi.

– Siz, qadrdonlarimni, köp millatli butun Özbekiston xalqini barçamiz soğinib kutgan Navrözi olam bilan samimiy muborakbod etişdan baxtiyorman, – dedi Prezident.

Davlatimiz rahbari Navröz falsafasi orzu-intilişlarimiz, amaliy işlarimiz bilan uyğun ekanini ta’kidladi.

Xalqimizning olijanob mehnati bilan mamlakatimizda yangi-yangi zamonaviy korxonalar, şinam uy-joylar, ijtimoiy va madaniy obyektlar, yöl va köpriklar, boğ va xiyobonlar barpo etilmoqda. Inson qadrini uluğlaş, uning hayotiy manfaatlari va ijtimoiy himoyasini ta’minlaş, ehtiyojmand aholi qatlamlarini qöllab-quvvatlaş, millati, tili va dinidan qat’i nazar, har bir yurtdoşimizga mehr va e’tibor körsatiş asosiy mezonga aylanmoqda.

Mamlakatimizdagi döstlik va hamjihatlik muhiti, yaxşi qöşniçilik, tinçliksevar taşqi siyosat tufayli xalqaro maydonda Özbekistonimizning obrö-e’tibori yuksalmoqda.

Tabiatning yaşariş ayyomi bölgan Navröz yoşlik bilan ham uyğun. Mamlakatimiz yoşlarining kuç-ğayrati, ezgu harakatlariga qanot beriş maqsadida bu yil “Yoşlar va biznesni qöllab-quvvatlaş yili” deb e’lon qilindi. Bunga oid Davlat dasturidagi maqsadlarga 36,5 trillion söm va 460 million dollar mablağ yönaltirilişi belgilangan. Umuman, joriy yilda barça turdagi tadbirkorlik dasturlari doirasida 2 millionga yaqin aholiga moliyaviy kömak körsatiladi.

Prezident yoşlarimizning xalqaro fan olimpiadalari, madaniyat va san’at festivallari, axborot texnologiyalari va sport yönalişlaridagi yutuqlarini qayd etib, keyingi işlari va musobaqalarda muvaffaqiyat tiladi.

Navrözning ölmas ruhi, ayniqsa, mahallalar hayotida yaqqol namoyon.

Mahallani qöllab-quvvatlaş kengaşlari, Özbekiston mahallalari uyuşmasi va uning hududiy tuzilmalari taşkil etildi. Joylarda “mahalla yettiligi” tizimi samarali faoliyat olib bormoqda.

Manzilli işlar natijasida sönggi ikki yilda Özbekistonda kambağallik darajasi 17 foizdan 11 foizga tuşdi. Bunda 900 mingga yaqin aholiga imtiyozli kredit, 200 mingdan ziyod fuqarolarga subsidiya, qariyb 700 ming oilaga esa dehqonçilik uçun 200 ming gektar yer ajratib berilgani muhim ahamiyatga ega böldi.

Bu yildan boşlab Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumanida yangi tajriba joriy etilmoqda. Uning asosiy mazmuni – tomorqa yerlaridan unumli foydalaniş, tomorqa egalarini zarur vosita va resurslar bilan ta’minlaş, ular yetiştirgan mahsulotga bozor topib beriş uçun kömaklaşiş, har qaysi oila va mahallada kiçik-kiçik işlab çiqarişlarni yölga qöyiş, servis va xizmat turlarini köpaytirişdir.

Şavkat Mirziyoyev mamlakatimiz böyiça 510 ming gektar tomorqa yerlari borligi, bu hali töla işga solinmagan ulkan imkoniyat ekanini ta’kidladi. Bu borada faol insonlar davlat tomonidan qöllab-quvvatlanişi, jumladan, tomorqada yetiştiriladigan maxsulotlarni sotib oluvçi, qayta işlovçi va eksport qiluvçi tadbirkorlarga 300 million sömdan 1 milliard sömgaça grant berilişi aytib ötildi.

– Mahallani qöllab-quvvatlaş, uni yanada rivojlantiriş doimo e’tiborimiz markazida böladi. Çunki, mahalla – bu mehr va ahillik qörğonidir. Mahalla – oqköngil, bunyodkor xalqimiz qalbining közgusidir, – dedi Şavkat Mirziyoyev.

Bayram tadbirida xorijiy davlatlarning elçilari, xalqaro taşkilotlar vakillari ham iştirok etdi. Prezidentimiz ularni 21-mart – Xalqaro Navröz kuni bilan muborakbod etib, xalqlariga qizğin salom va tabriklarini yölladi.

Bu yilgi Navröz bayrami fazilatli Ramazon oyida bölib ötayotgani uning fayz-u tarovatini yanada ziyoda qilmoqda.

– Mana şu bahoriy lahzalarda barçamiz uluğ ajdodlarimizning tilaklariga qöşilib, ilohim, har kunimiz Navrözdek gözal, Navrözdek fayzli va mazmunli bölsin, deb niyat qilamiz, – deya sözini yakunladi Prezident.

Bayram şodiyonasi katta konsert dasturi bilan davom etdi.

Tantanadan söng, Prezident Şavkat Mirziyoyev Navröz saylida bölib, milliy madaniyat markazlari, folklor-etnografik jamoalar çiqişlarini kuzatdi.

– Bu san’at, bu urf-odatlarimiz tarixiy. Ularning zamirida katta madaniyat, ma’rifat bor. Bu yönalişni mahkam tutib, davom ettirayotganingiz uçun rahmat. Bayram milliy qadriyatlarimiz bilan fayzli, – dedi Şavkat Mirziyoyev.

Köp millatli xalqimizning töyi, bayramlari bir bölib ketgan. Navröz ham barça millat va elat vakillarining sevimli bayramiga aylangan. Bugun yurtimizda 130 dan ortiq millat va elat vakillari tinç-totuv yaşab, uning ravnaqiga munosib hissa qöşmoqda. Hududlarda 38 ta döstlik jamiyati va 153 ta milliy madaniy markaz faoliyat körsatmoqda.

Davlatimiz rahbari şunday markazlarning körgazmalari va kuy-qöşiqlarini ham tomoşa qildi. Turli millat vakillari bilan samimiy suhbatlaşib, ezgu tilaklarini bildirdi.

Navröz sayillari Qoraqalpoğiston Respublikasi va viloyatlar markazlarida, tuman, qişloq va ovullarda davom etmoqda.

 

Ziyodulla Jonibekov, ÖzA muxbiri

Ulaşiş: