Markaziy Osiyo – Körfaz arab davlatlari: hamkorlik aloqalarining muhim bosqiçi

Markaziy Osiyo – Körfaz arab davlatlari: hamkorlik aloqalarining muhim bosqiçi

16.04.2024 21:40206

 

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 15-aprel kuni “Markaziy Osiyo – Körfaz arab davlatlari hamkorlik kengaşi” strategik muloqoti taşqi işlar vazirlarining ikkinçi uçraşuvi doirasida mamlakatimizga kelgan Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisining örinbosari, taşqi işlar vaziri Raşid Meredov, Qatar Davlati Boş vaziri, taşqi işlar vaziri şayx Muhammad bin Abdurahmon Ol Soniy boşçiligidagi delegatsiya, Saudiya Arabistoni taşqi işlar vaziri şahzoda Faysal bin Farxon Ol Saud, Ömon Sultonligi taşqi işlar vaziri Badr bin Hamad al-Busaydiy boşçiligidagi delegatsiya, Kuvayt Davlati taşqi işlar vaziri Abdulla al-Yahyo boşçiligidagi delegatsiya, Bahrayn Podşohligi taşqi işlar vaziri Abdullatif bin Raşid al-Zayaniy boşçiligidagi delegatsiya, Birlaşgan Arab Amirliklari energetika va infratuzilma vaziri Suhayl al-Mazruiy boşçiligidagi delegatsiya, Ozarbayjon Respublikasi taşqi işlar vaziri Jayxun Bayramov va Körfaz arab davlatlari hamkorlik kengaşi boş kotibi Jasim bin Muhammad al-Budayviyni qabul qildi.

Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisining örinbosari, taşqi işlar vaziri Raşid Meredov suhbat avvalida davlatimiz rahbariga Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov va Turkman xalqining milliy yetakçisi, Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedovning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Özbekiston bilan Turkmaniston örtasidagi döstlik, yaxşi qöşniçilik va çuqurlaşgan strategik şeriklik munosabatlarini yanada rivojlantirişning dolzarb masalalari körib çiqildi.

Özaro tovar ayirboşlaş ösayotgani alohida mamnuniyat bilan qayd etildi. “Şovot – Toşovuz” savdo zonasi taşkil etilmoqda. Sanoat kooperatsiyasi, energetika, transport va logistika, qişloq xöjaligi sohalarida özaro manfaatli hamkorlik davom etmoqda.

Hududlararo aloqalar va madaniy-gumanitar almaşinuvlar kengaymoqda. Joriy yilda Özbekistonda şoir Maxtumquli Firoğiy tavalludining 300-yilligi munosabati bilan qator tadbirlar ötkaziladi.

Bölajak oliy darajadagi uçraşuvlarga tayyorgarlik doirasida köp qirrali şeriklikning yangi kun tartibini şakllantiriş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almaşildi.

Qatar Boş vaziri Muhammad Ol Soniy Özbekiston yetakçisiga Qatar Amiri Tamim bin Hamad Ol Soniyning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Ikki tomonlama hamkorlikni, eng avvalo, savdo-iqtisodiyot, investitsiya va transport-kommunikatsiya sohalarida yanada kengaytirişning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Davlatimiz rahbari siyosiy muloqot jadal tus olgani, özaro savdo va investitsiyalar hajmi faol oşayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

Qatarning yetakçi kompaniyalari iştirokida yirik investitsiya loyihalari amalga oşirilmoqda. Madaniy-gumanitar tadbirlar ötkazilmoqda. Oktyabr oyida Özbekistonda Qatar madaniyati haftaligi bölib ötadi.

Qöşma investitsiya loyihalarini ilgari suriş, ularni moliyaviy qöllab-quvvatlaşning samarali mexanizmlarini tezroq yaratiş muhimligi qayd etildi.

Transafğon temir yölini quriş loyihasini amalga oşirişni jadallaştiriş masalalari körib çiqildi.

Mintaqaviy kun tartibidagi masalalar, şu jumladan, Yaqin Şarqdagi vaziyatning jiddiy keskinlaşayotgani yuzasidan ham fikr almaşildi.

Saudiya Arabistoni taşqi işlar vaziri şahzoda Faysal bin Farxon Ol Saud Özbekiston yetakçisiga Podşoh Salmon bin Abdulaziz Ol Saud va Valiahd, Boş vazir Muhammad bin Salmon Ol Saudning samimiy salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.

Özbekiston bilan Saudiya Arabistoni örtasidagi köp qirrali munosabatlarni va keng kölamli şeriklikni oliy darajada erişilgan kelişuvlarni amalga oşiriş nuqtayi nazaridan yanada kengaytiriş masalalari körib çiqildi.

Bugungi kunda turli darajalarda faol muloqotlar va delegatsiyalarning özaro taşriflari davom etmoqda. Özaro savdo hajmi, qöşma korxonalar va aviaqatnovlar soni oşib bormoqda.

“Yaşil” energetika, qişloq xöjaligi, soğliqni saqlaş, transport infratuzilmasini modernizatsiya qiliş, IT va boşqa ustuvor sohalarda kooperatsiya loyihalari boşlangan.

Bölajak tadbirlar, şu jumladan, 2025-yilda ötkaziladigan “Markaziy Osiyo – Körfaz arab davlatlari hamkorlik kengaşi” muloqotining ikkinçi sammitiga puxta tayyorgarlik köriş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Bundan taşqari, mintaqaviy kun tartibidagi boşqa masalalar, xususan, Afğonistondagi vaziyat va Falastin muammosini tinç yöl bilan hal etiş yuzasidan fikr almaşildi.

 Ömon Sultonligi taşqi işlar vaziri Badr bin Hamad al-Busaydiy davlatimiz rahbariga Ömon Sultoni Haysam bin Toriq Ol Saidning samimiy salomi va tilaklarini yetkazdi.

Ikki mamlakat örtasidagi özaro manfaatli hamkorlikni kengaytiriş, eng avvalo, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sohalardagi salohiyatni samarali röyobga çiqariş masalalari körib çiqildi.

Özbekistonda faoliyat yuritayotgan qöşma investitsiya kompaniyasining loyihalar portfelini kengaytiriş muhim ekani qayd etildi.

Bank sohasini rivojlantiriş, raqamli texnologiyalar, energetika, sanoat, qişloq xöjaligi, ta’lim kabi ustuvor yönalişlarda yangi loyiha va dasturlarni amalga oşiriş taklif qilindi.

Özaro muloqotlarni va hamkorlikning institutsional mexanizmlarini faollaştiriş – siyosiy maslahatlaşuvlar, Hukumatlararo komissiya yiğilişlari, biznes forumlari va körgazmalarni muntazam ötkazib boriş zarurligi ta’kidlandi.

Mintaqaviy, şu jumladan, 2011 yilgi Aşxobod kelişuvlari doirasidagi hamkorlik masalalari yuzasidan ham fikr almaşildi.

Kuvayt Davlati taşqi işlar vaziri Abdulla al-Yahyo Özbekiston yetakçisiga Kuvayt Amiri şayx Miş’al as-Sabohning samimiy salomi va tilaklarini yetkazdi.

Ikki mamlakat örtasidagi konstruktiv siyosiy muloqotni davom ettiriş, savdo-iqtisodiy, moliya-investitsiyaviy va gumanitar hamkorlikni yanada kengaytiriş masalalari körib çiqildi.

Özaro taşriflarni faollaştiriş, madaniy va turizm almaşinuvlariga oid dasturlarni amalga oşiriş, yetakçi kompaniyalar iştirokida, şu jumladan, Kuvayt arab iqtisodiy taraqqiyot fondi bilan yaqin hamkorlik doirasida hamda Kuvayt investitsiya agentligi bilan samarali şeriklikni yölga qöyiş orqali ustuvor tarmoqlardagi investitsiya loyihalarini ilgari suriş zarurligi qayd etildi.

Yaqin fursatda ikki tomonlama siyosiy maslahatlaşuvlar, qöşma Hukumatlararo komissiyaning birinçi yiğilişi va biznes forumini ötkaziş muhim ekani ta’kidlandi.

Mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almaşildi.

Bahrayn Podşohligi taşqi işlar vaziri Abdullatif bin Raşid al-Zayaniy davlatimiz rahbariga Podşoh Hamad bin Iso Al-Xalifaning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Özbekiston bilan Bahrayn örtasidagi köp qirrali şeriklikni yanada rivojlantiriş va kengaytiriş masalalari körib çiqildi.

Siyosiy muloqotni faollaştiriş hamda siyosiy maslahatlaşuvlar mexanizmini tez fursatda işga tuşiriş muhimligi qayd etildi.

Savdo-iqtisodiy hamkorlik, bank-moliya, avtomobil va temir yöllari qurilişi, energetika infratuzilmasini modernizatsiya qiliş va boşqa ustuvor yönalişlardagi dastur va loyihalarni ilgari suriş uçun katta salohiyat va keng imkoniyatlar mavjudligi ta’kidlandi.

Şu maqsadda joriy yilda qöşma Hukumatlararo qömitaning ilk yiğilişini ötkaziş hamda Özbekiston va Bahrayn yetakçi kompaniyalari vakillari iştirokida Işbilarmonlar kengaşini ta’sis etiş rejalaştirilgan.

Xalqaro kun tartibi, şu jumladan, xavfsizlikka zamonaviy tahdidlarga qarşi kuraşiş masalalari yuzasidan ham fikr almaşildi.

Özbekiston yetakçisi Bahrayn taşqi işlar vazirini qutluğ yoşi bilan muborakbod etib, unga mustahkam soğliq va katta muvaffaqiyatlar tiladi.

Birlaşgan Arab Amirliklari energetika va infratuzilma vaziri Suhayl al-Mazruiy uçraşuv avvalida davlatimiz rahbariga BAA Prezidenti Şayx Muhammad Ol Nahayon, vitse-prezidenti, Boş vaziri, Dubay amiri Şayx Muhammad Ol Maktum, vitse-prezidenti Şayx Mansur Ol Nahayon va Ab-u-Dabi amirligi Valiahdi Şayx Holid Ol Nahayonning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Ustuvor yönalişlardagi amaliy hamkorlikni yanada kengaytiriş masalalari atrofliça körib çiqildi.

Özbekiston va Amirliklar örtasidagi köp qirrali hamkorlikning bugungi yuksak darajasi katta mamnuniyat bilan qayd etildi. Özaro tovar ayirboşlaş hajmi barqaror oşib bormoqda. Özbekistonda Amirliklar sarmoyasi iştirokida 300 dan ziyod korxona faoliyat yuritmoqda. Qöşma loyihalar portfeli 4 milliard dollardan oşgan.

“Yaşil” energetika, metallurgiya, qişloq xöjaligi, transport va kommunikatsiya kabi tarmoqlarda istiqbolli loyihalarni işlab çiqiş va ilgari suriş muhimligi ta’kidlandi.

Transafğon temir yölining texnik loyihasini tayyorlaş va qurilişini boşlaş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Bölajak oliy darajadagi tadbirlar rejasi ham körib çiqildi.

Ozarbayjon Respublikasi taşqi işlar vaziri Jayxun Bayramov uçraşuv avvalida davlatimiz rahbariga Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.

Özbekiston – Ozarbayjon strategik şeriklik munosabatlari va köp qirrali hamkorligini yanada kengaytiriş masalalari körib çiqildi.

Oliy darajadagi kelişuvlarni amalga oşiriş hamda hamkorlikning 10 ta yangi yönalişi böyiça istiqbolli loyihalar portfelini şakllantirişga alohida e’tibor qaratildi.

Muntazam va samarali muloqotlar tufayli ikki tomonlama munosabatlar sifat jihatidan yangi darajaga çiqqani, amaliy mazmun bilan boyigani mamnuniyat ila qayd etildi.

Ötgan yilda tovar ayirboşlaş 27 foizga oşdi. Avtomobilsozlik, elektrotexnika, energetika, töqimaçilik va qişloq xöjaligi tarmoqlarida kooperatsiya loyihalari amalga oşirilmoqda. Qöşma investitsiya fondi öz faoliyatini boşladi.

Bölajak oliy darajadagi uçraşuv va tadbirlar rejasi ham körib çiqildi.

​ Körfaz arab davlatlari hamkorlik kengaşi boş kotibi Jasim bin Muhammad al-Budayviy bilan uçraşuvda Özbekiston va Kengaş örtasidagi konstruktiv muloqotni yanada rivojlantiriş, hamkorlikni mustahkamlaş masalalari körib çiqildi.

Davlatimiz rahbari mintaqalar örtasidagi köp qirrali hamkorlikning bugungi sur’atidan mamnunligini bildirdi hamda Toşkent şahrida ötgan taşqi işlar vazirlari ikkinçi uçraşuvining samarali yakunlarini yuqori baholadi.

Ötgan yili Jidda şahrida ötgan Markaziy Osiyo mamlakatlari va Körfaz arab davlatlari birinçi sammitida erişilgan kelişuvlar ijrosining borişi muhokama qilindi.

Özbekiston tomonidan investitsiya, savdo, yuqori texnologiyalar, turizm va boşqa yönalişlarda ilgari surilgan taşabbus va takliflarni amalga oşirişga alohida e’tibor qaratildi.

2025-yilda Samarqand şahrida ötadigan ikkinçi sammit kun tartibini tayyorlaş bilan boğliq masalalar körib çiqildi.

ÖzA

Ulaşiş: