Rossiya Federatsiyasi Prezidenti davlat taşrifi bilan Özbekistonga keldi
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin 26 may kuni davlat taşrifi bilan mamlakatimizga keldi.
Toşkent xalqaro aeroportida Rossiya Prezidentini davlatimiz rahbari Şavkat Mirziyoyev kutib oldi.
Oliy martabali mehmon şarafiga ikki mamlakat davlat bayroqlari kötarildi va faxriy qorovul saf tortdi.
Taşrifning asosiy tadbirlari ertaga, 27 may kuni bölib ötadi.
Oliy darajadagi muzokaralar davomida rahbarlar Özbekiston bilan Rossiya örtasidagi keng qamrovli strategik şeriklik va ittifoqçilik munosabatlarini yanada rivojlantiriş va çuqurlaştiriş masalalarini körib çiqadilar.
Sammit yakunlari böyiça ikki tomonlama hujjatlar töplami qabul qilinişi rejalaştirilgan. Prezidentlar, şuningdek, Özbekiston va Rossiya hududlari kengaşining birinçi yiğilişida ham iştirok etadilar.

