Özbekiston va Turkiya Prezidentlari samarali muzokaralar natijalaridan nihoyatda mamnunligini bildirdilar

Özbekiston va Turkiya Prezidentlari samarali muzokaralar natijalaridan nihoyatda mamnunligini bildirdilar

07.06.2024 18:59183

Anqara şahrida bölib ötgan oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengaşining uçinçi yiğilişi yakunlari böyiça Prezidentlar Şavkat Mirziyoyev va Rejep Tayyip Erdoğan ommaviy axborot vositalari vakillari uçun bayonot berdilar.

Davlatimiz rahbari sözining avvalida turkiyalik hamkasbiga taklif va Strategik hamkorlik kengaşi doirasidagi samarali muzokaralar uçun samimiy minnatdorlik izhor etdi.

Özbekiston mustaqilligini birinçi bölib tan olgan Turkiya vaqt sinovidan ötgan işonçli hamkor ekani ta’kidlandi.

Özbekiston Prezidenti ta’kidlaganidek, Rejep Tayyip Erdoğan boşçiligida Turkiyada xalq farovonligini oşiriş, mamlakatning siyosiy, iqtisodiy va harbiy qudratini mustahkamlaş, şuningdek, xalqaro maydondagi nufuzi va ta’sirini oşiriş böyiça katta işlar qilinmoqda. Hayratlanarli infratuzilma loyihalari amalga oşirilmoqda.

– Biz çin qardoş va yaqin döst sifatida Turkiya xalqi erişayotgan bunday olamşumul yutuqlardan nafaqat quvonamiz, balki behad faxrlanamiz. Biz oldimizga qöygan niyatlarimiz va istaklarimiz bir, – dedi Şavkat Mirziyoyev.

Bugungi oliy darajadagi uçraşuvlar tarixiy ahamiyatga ega ekani va ular natijasida Keng qamrovli strategik şeriklik munosabatlarini çuqurlaştiriş töğrisida deklaratsiya imzolangani qayd etildi.

Yetakçilar özaro manfaatli hamkorlikning ustuvor yönalişlarini, istiqbolga yönaltirilgan maqsadlarni belgilab oldilar. Jumladan, kengaş yiğilişlarini muntazam ötkaziş, siyosiy muloqotni faollaştiriş va Hukumatlararo komissiya mexanizmidan samarali foydalanişga qaror qilindi.

– Biz hamkorlikning yangi, yanada mustahkam köpriklarini qurayapmiz. Heç şubhasiz, Özbekiston-Turkiya Strategik hamkorlik kengaşi yiğilişi hozirgi vaqtda aloqalarimiz tarixida yangi sahifa oçmoqda. Bunday yuksak darajadagi muloqot formati özaro işonç va hurmatning oliy ifodasidir, - dedi Prezidentimiz.

Savdo-iqtisodiy hamkorlikning ijobiy sur’ati qayd etildi.

Sönggi yillarda özaro savdo hajmi 1,5 baravarga, qöşma korxonalar soni 2 baravarga, investitsiyalar 2,5 baravarga oşgan. Ikki mamlakat şaharlari örtasida haftasiga 90 ta havo qatnovi amalga oşirilmoqda.

Bugun Turkiyaning yetakçi kompaniyalari Özbekiston bozorida faol iş olib bormoqda. Turk biznesi iştirokida 100 dan ortiq loyiha samarali amalga oşirilmoqda. Joriy taşrif doirasida 10 milliard dollarlik istiqbolli loyihalar portfeli şakllantirildi.

Tomonlar özaro savdo hajmini 5 milliard dollarga yetkaziş, mahsulotlar nomenklaturasini kengaytiriş, sanoat kooperatsiyasini çuqurlaştiriş, uçinçi mamlakatlar bozorlariga birgalikda çiqiş, yangi ösiş nuqtalari va maxsus sanoat klasterlarini yaratiş böyiça tizimli işlaşga kelişib oldilar.

Energetika, toğ-kon, elektrotexnika, töqimaçilik, quriliş, qişloq xöjaligi, oziq-ovqat va farmatsevtika sanoati, soğliqni saqlaş, turizm, ta’lim va madaniyat sohalarida hamkorlikni yangi bosqiçga kötariş borasidagi intilişlar qat’iy ekani bildirildi.

Ikki mamlakat hukumatlariga logistika va tranzit imkoniyatlarini rivojlantiriş, mavjud transport yölaklaridan samarali foydalaniş va biznes aloqalarini jadallaştiriş böyiça aniq çora-tadbirlarni belgilaş topşirildi.

Davlatimiz rahbari qöşma Işbilarmonlar kengaşini ta’sis etiş töğrisida qaror qabul qilinganini va uning ilk yiğilişi bugun ikki davlat rahbarlari boşçiligida ötkazilganini ma’lum qildi.

Mintaqaviy masalalar yuzasidan batafsil fikr almaşildi.

Xalqaro maydonda yaqin hamkorlik va özaro qöllab-quvvatlaşni, jumladan, BMT, Islom hamkorlik taşkiloti, Turkiy davlatlar taşkiloti doirasida hamkorlikni davom ettirişga sodiqlik bildirildi.

Prezidentlar Ğazo sektorida zöravonliklarni zudlik bilan töxtatiş va Falastin-Isroil muammosini tinç yöl bilan hal qiliş zarurligini yana bir bor ta’kidladilar.

– Barqaror va uzoq muddatli tinçlikka erişiş uçun mustaqil va ozod Falastin davlati taşkil etilişi şart, – dedi davlatimiz rahbari.

Tomonlar islom dinining asl insonparvar mohiyatini keng tarğib qiliş, islomofobiya va radikalizmga qarşi kuraşişda, şuningdek, özbek zaminida tuğilib ösgan va musulmon dunyosida yuksak qadrlanadigan Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy, Abduxoliq Ğijduvoniy va Bahouddin Naqşband kabi buyuk allomalarning bebaho ma’naviy merosidan samarali foydalaniş masalalarida hamkorlik qiliş borasida yakdil fikr bildirdilar.

Muzokaralarda madaniy-gumanitar almaşinuvni yanada rivojlantirişga alohida e’tibor qaratildi. Xalqlarimiz örtasidagi yaqinlikni mustahkamlaş maqsadida özaro madaniyat haftaliklari, ta’lim va tibbiyot forumlari, körgazmalar ötkaziş va turistlar oqimni oşiriş yuzasidan kelişuvga erişildi.

Barça erişilgan kelişuvlarni töliq va öz vaqtida amalga oşiriş uçun alohida “yöl xaritasi” işlab çiqiladi.

 

president.uz

Ulaşiş: