Özbekiston va Koreya Prezidentlari samarali muzokaralar yakunlarini yuqori baholadilar
Köksaroy qarorgohida ötgan oliy darajadagi muzokaralar yakunida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sok Yol ommaviy axborot vositalari vakillari uçun bayonot bilan çiqdilar.
Yetakçilar oçiq va döstona muhitda, konstruktiv va işonçli muloqot ruhida ötgan uçraşuvlar natijalarini yuqori baholadilar.
Davlatimiz rahbari Koreyani jahonda jadal taraqqiy etib borayotgan mamlakatlardan biri, Özbekistonning vaqt sinovlaridan ötgan alohida strategik hamkori ekanini ta’kidladi.
Koreya rahbarining bu galgi taşrifi davlatlarimiz örtasida diplomatik munosabatlar örnatilganining 32 yilligi va alohida strategik şeriklikning 5 yilligiga töğri kelayotgani qayd etildi.
– Koreya davlati bizdan ança olisda joylaşgan bölsa-da, xalqlarimizning urf-odat va qadriyatlari, ma’naviy olami va dunyoqaraşi bir-biriga öxşaşdir. Biz yaqin döst sifatida olijanob va bağrikeng koreys xalqi erişayotgan katta muvaffaqiyatlardan behad quvonamiz va faxrlanamiz, – dedi davlatimiz rahbari.
Koreya Respublikasi Özbekistonning yirik savdo, investitsiya va texnologik hamkorlaridan biridir.
Mamlakatimiz iqtisodiyotiga kiritilgan koreys investitsiyalarining umumiy hajmi 7,5 milliard dollardan oşdi. Sönggi yillarda özaro savdo ikki barobar ösib, 2,5 milliard dollarni taşkil etdi.
Yurtimizda koreys sarmoyasi iştirokidagi 726 ta korxona faoliyat körsatmoqda. Sanoat, energetika, avtomobilsozlik, kimyo, toğ-kon, töqimaçilik, oziq-ovqat sanoati, IT sohasi va boşqa muhim yönalişlarda qöşma loyihalar amalga oşirilmoqda.
Özbekiston rahbari koreys hamkasbi bilan muzokaralar çoğida özaro manfaatli hamkorlikni yanada çuqurlaştirişning ustuvor yönalişlari belgilangani, yangi reja va marralar olinganini ta’kidladi.
Hamkorlikning barça mexanizmlariga tizimli tus beriş, tovar ayirboşlaş hajmini oşiriş, özaro savdoda muvozanatni ta’minlaş muhimligiga alohida e’tibor qaratildi.
Şu ma’noda Iqtisodiy hamkorlik böyiça Hukumatlararo qömita va taşqi siyosat idoralari örtasida Strategik muloqotning birinçi yiğilişi natijalari yuqori baholandi.
Özbekiston rahbari Koreya Prezidenti bilan birga mamlakatimizga katta işbilarmonlar delegatsiyasi kelganini mamnuniyat bilan ta’kidladi.
Bugungi biznes forumida Koreyaning 80 dan ortiq yetakçi kompaniyalari iştirok etayotgani va 9,6 milliard dollarlik yangi loyihalar töplami tayyorlangani savdo-iqtisodiy hamkorlikka kuçli turtki berişiga işonç bildirildi.
Yaqin yillarga möljallab Özbekiston-Koreya alohida strategik şerikligining yangi yuqori texnologiyali kun tartibini şakllantiriş zarurligi ta’kidlandi.
Şu maqsadda yetakçilar Özbekistonda mintaqaviy yuqori texnologik xab taşkil etiş böyiça Strategik dasturni tayyorlaşga kelişib oldilar.
Öta muhim mineral resurslar, yarimötkazgiçlar, kimyo, maşinasozlik, “aqlli” qişloq xöjaligi, infratuzilma va şaharsozlik, “yaşil” energetika sohasidagi hamkorlik strategiyaning tayanç yönalişlari sifatida belgilandi.
Davlatimiz rahbari koreys kompaniyalari bilan hamkorlikning ayrim ustuvor yönalişlariga töxtalib ötdi.
Masalan, öta yupqa mis folgasi, “yaşil” vodorod, ammiak, agrokimyo, yarimötkazgiçlar va elektrotexnika mahsulotlari işlab çiqariş böyiça kelişuvlar mavjud. Özbekiston avtomobil rusumlari qatorini kengaytiriş va işlab çiqarişni köpaytirişdan manfaatdor. Qişloq xöjaligi sohasida Koreyaning “yaşil” va “aqlli” texnologiyalarini transfer qiliş böyiça aniq kelişuvlarga erişilgan.
Koreya kompaniyalari davlat-xususiy şeriklik asosida transport infratuzilmasini modernizatsiya qilişda iştirok etadi.
Davlat rahbarlari ikki mamlakat hududlari örtasidagi hamkorlikni kengaytiriş muhimligini ta’kidladilar.
Özbekistonning an’anaviy hamkorlari – Eksimbank, EDCF jamğarmasi va Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) bilan şeriklikni mustahkamlaşga alohida e’tibor qaratildi.
EDCF bilan umumiy qiymati 2 milliard dollar bölgan yangi ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni moliyalaştiriş böyiça bitimlar imzolangani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Koreyaning rivojlaniş institutlari bilan samarali hamkorlikka yana bir yorqin misol – zamonaviy köp tarmoqli bolalar klinikasi işga tuşirilgani. Qöşma universitet, kattalar şifoxonasi va onkologik klinikaga ega noyob tibbiy klaster qurilişi böyiça yangi loyihalarni tezlaştirişga kelişib olindi.
Tomonlar, şuningdek, kasbiy ta’lim va mehnat migratsiyasi, ekologiya va iqlim özgarişi sohalarida hamkorlikni kengaytirişga kelişib oldilar.
Muzokaralar çoğida yetakçilar mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik masalalar yuzasidan pozitsiyalar öxşaşligini tasdiqladilar.
Davlatimiz rahbari kelgusi yil Seulda “Markaziy Osiyo - Koreya” formatidagi birinçi sammitni ötkaziş taklifini ma’qulladi va Prezident Yun Sok Yolning Koreya yarimorolida tinçlik va barqarorlikni ta’minlaş böyiça qat’iy qadamlarini qöllab-quvvatladi.
Madaniy-gumanitar sohada tomonlar 2025 yilni “Özbekiston va Koreya örtasidagi almaşinuvlar yili” deb e’lon qilişga kelişib oldilar. Uning doirasida özaro madaniyat haftaliklari, yoşlar, ta’lim, til va sport forumlari, san’at va hunarmandçilik körgazmalari, turizm tadbirlari ötkaziladi.
Umuman, Özbekiston va Koreya Prezidentlari zamonaviy şaroitlarda hamkorlikning yangi modelini yaratişga kelişib oldilar.
– Özaro munosabatlarimizda “Yuqori texnologik va innovatsion şeriklikning yangi davri” boşlanmoqda. Bugun imzolangan Alohida strategik şeriklikni yanada çuqurlaştiriş va har tomonlama kengaytiriş töğrisidagi qöşma bayonot va yigirmaga yaqin boşqa hujjatlar bu ezgu niyatalrimizga xizmat qilişiga aminman, – dedi davlatimiz rahbari.
Barça erişilgan kelişuvlarning töliq va öz vaqtida bajarilişini ta’minlaş maqsadida keng qamrovli “yöl xaritasi” qabul qilinadi.
Şuningdek, qöşma rejalarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş va tezlaştiriş maqsadida davlatimiz rahbari loyihalarni nazorat qiliş va kömaklaşiş böyiça köp bosqiçli mexanizmni joriy etişni taklif qildi.

