Özbekiston va Qirğiziston köp qirrali hamkorligida yangi davr boşlanmoqda

Özbekiston va Qirğiziston köp qirrali hamkorligida yangi davr boşlanmoqda

19.07.2024 08:16247

 

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qirğiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov rafiqasi bilan birga 18 iyul kuni davlat taşrifi bilan mamlakatimizga keldi.

Toşkent şahri xalqaro aeroportida ularni davlatimiz rahbari va rafiqasi kutib oldi.

Oliy martabali mehmon şarafiga ikki mamlakat davlat bayroqlari kötarilib, faxriy qorovul saf tortdi.

Qöşnisiga yaxşilik soğinib, hamişa tinç bölişini tilagan, yutuğidan quvonadigan xalqmiz. Onalarimiz tansiqroq biror yegulik pişirsa avval bir devor nariga, hamsoyasiga ilingan. Öziga ravo körganini boşqalar bilan ham bölişgan. Bunda katta hikmat bor. 

Ota-bobolarimiz bir rözğorning boşqalardan ayro baxtiyor böla olmasligini yaxşi bilgan. Kuçning birlikda ekanligini ta’kidlaşlarining ma’nosi ham şunda.

Mamlakatimizning keyingi yillarda qöşni davlatlar bilan döstona aloqalarni yangi bosqiçga olib çiqişga intilayotgani zamirida ham ana şu köp yillik qadriyat mujassam. 

Özbekiston Qirğiz Respublikasi bilan “bir devor” qöşni. Quda-anda, bordi-keldi, oldi-sotdi masalalari öziga xos tarixga ega.

Qirğiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov​ Toşkent şahriga kelgaç, Özbekiston Respublikasi Boş vaziri hamrohligida “Yangi Özbekiston” boğiga taşrif buyurdi.

Oliy martabali mehmon “Yangi Özbekiston” boğidagi Mustaqillik monumenti poyiga gul qöydi.

Majmua bilan qisqaça tanişuv asnosida Qirğiz Respublikasi delegatsiyasi vakillariga mazkur ansambl mazmuni va me’moriy yeçimlari haqida ma’lumot berildi.

Delegatsiya a’zolari majmuada aks ettirilgan allomalar, buyuk sarkarda va jahongirlar, jadid bobolarimizning siymolariga alohida e’tibor qaratdi.

Şundan söng Köksaroy qarorgohida Qirğiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovni tantanali kutib oliş marosimi böldi.

Qarorgoh oldidagi maydonda davlat bayroqlari kötarildi va faxriy qorovul saf tortdi.

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev oliy martabali mehmonni samimiy kutib oldi va şohsupaga taklif etdi. Harbiy orkestr ikki davlat madhiyalarini ijro etdi.

Yetakçilar faxriy qorovul safi oldidan ötib, rasmiy delegatsiyalar a’zolarini qutladilar.

Rasmiy kutib oliş marosimidan söng Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Qirğiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovning tor doiradagi uçraşuvi bölib ötdi.

Uçraşuvda ikki mamlakat hamkorligining dolzarb masalalari körib çiqildi.

Suhbat avvalida davlatimiz rahbari oliy martabali mehmonni samimiy qutlar ekan, keyingi yillarda birgalikdagi sa’y-harakatlar tufayli uzoq muddatli istiqbolga möljallangan köp qirrali hamkorlikni tubdan kengaytiriş uçun yaxşi zamin yaratilganini alohida ta’kidladi.

Parlamentlar, hukumatlar, taşqi siyosat va tarmoq idoralari darajasidagi muloqotlar natijadorligini oşiriş, xalqaro va mintaqaviy maydonlar, jumladan, Birlaşgan Millatlar Taşkiloti, Jahon savdo taşkiloti, mintaqa davlatlari rahbarlarining Maslahat uçraşuvlari, "Markaziy Osiyo plyus" formatlari doirasida özaro qöllab-quvvatlaşni davom ettiriş zarurligi ta’kidlandi.

Hamkorlikning yangi iqtisodiy kun tartibini şakllantiriş muhimligi qayd etildi.

Transport va energetika infratuzilmasini rivojlantiriş böyiça yangi loyiha takliflari körib çiqildi.

Prezidentlar hududlararo hamkorlikni, jumladan, Çegaraoldi viloyatlar hokimlari kengaşi doirasida yanada kengaytiriş muhimligini ta’kidladilar.

Şuningdek, qişloq va suv xöjaligi, ekologiya, xavfsizlik va boşqa sohalarda özaro manfaatli hamkorlikni rivojlantiriş masalalari atrofliça muhokama qilindi.

Davlat rahbarlari mintaqaviy kun tartibidagi tomonlarni qiziqtirgan masalalar yuzasidan ham fikr almaşdilar.

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Qirğiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov muzokaralarni ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari iştirokida kengaytirilgan tarkibda davom ettirdilar.

Mazkur sammitga tayyorgarlik doirasida Hukumatlararo komissiya yiğilişi, biznes forumi, Rektorlar forumi, Avlodlar muloqoti va qator madaniy tadbirlar muvaffaqiyatli ötkazilgani ta’kidlandi.

Savdo, sanoat kooperatsiyasi, energetika, transport, qişloq va suv xöjaligi, xavfsizlik, madaniyat va boşqa muhim yönalişlardagi hamkorlik natijalari tanqidiy tahlil qilindi.

Muzokaralar davomida tomonlar parlamentlar, hukumatlar, vazirliklar, idoralar va hududlar, işbilarmonlar, ekspertlar va jamoatçilik darajasida faol aloqalarni davom ettirişga kelişib oldilar. Davlatlararo kengaş tuzişga qaror qilindi.

Xalqaro va mintaqaviy tuzilmalar, jumladan, BMT, ŞHT, Turkiy davlatlar taşkiloti, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uçraşuvi va boşqa köp tomonlama maydonlar doirasida yaqin hamkorlikni davom ettiriş zarurligi ta’kidlandi.

Tovar ayirboşlaş hajmini köpaytiriş, eng avvalo, import örnini bosiş dasturlari va kooperatsiya loyihalarini qöllab-quvvatlaş böyiça aniq çora-tadbirlar muhokama qilindi.

Şu maqsadda taşrif davomida özaro savdo hajmini oşirişga qaratilgan dastur qabul qilinmoqda. Bundan taşqari, yaqin yillarda 2 milliard dollar körsatkiçiga çiqiş uçun poytaxtlarda savdo uylari taşkil etiladi, eksport-import şartnomalari töplami şakllantiriladi, eksportoldi moliyalaştiriş vositalari joriy etiladi, qişloq xöjaligi va çorvaçilik mahsulotlarini tezkor taşiş böyiça "yaşil yölak" işga tuşiriladi.

Sanoat kooperatsiyasi doirasidagi joriy loyihalar portfeli 300 million dollarga yetgani ta’kidlandi. Kuni keça bölib ötgan biznes forumi doirasida energetika, logistika, elektrotexnika, töqimaçilik, agrosanoat va boşqa tarmoqlarda savdo şartnomalari va investitsiya bitimlarining yangi töplami qabul qilindi.

Bunday loyihalarni ilgari suriş uçun Özbekiston – Qirğiziston jamğarmasining ustav kapitali 200 million dollargaça oşiriladi.

Energetika sohasidagi hamkorlik strategik yönaliş etib belgilandi.

Qambarota GES-1 qurilişiga doir bitimni tez fursatda imzolaş va loyihaning amaliy bosqiçini boşlaş muhimligi qayd etildi. Şuningdek, ikki mamlakat salohiyatini hisobga olgan holda kiçik gidroenergetikani rivojlantiriş böyiça kompleks hamkorlik dasturi tayyorlanadi.

Mintaqada transport boğliqligini mustahkamlaş böyiça birgalikdagi sa’y-harakatlarni faollaştiriş zarurligi ta’kidlandi.

“Xitoy – Qirğiziston – Özbekiston” temir yölini quriş böyiça strategik loyiha töğrisidagi uç tomonlama bitim imzolangani bu borada tarixiy voqea böldi.

Uçraşuvda istiqbolli transport loyihalari ham körib çiqildi.

Ikki mamlakat hududlari savdo-iqtisodiy hamkorlikning haqiqiy drayverlari ekani ta’kidlandi. Şu ma’noda, Boş vazirlar raisligidagi Çegaraoldi viloyatlar hokimlari kengaşi doirasida faol aloqalar davom ettiriladi.

Hududlar delegatsiyalarining özaro taşriflari jadvalini tayyorlaş va qöşma "yöl xaritalari"ni yangilaşga kelişib olindi.

Qişloq xöjaligi özaro hamkorlikning muhim yönalişidir. Qişloq xöjaligi ekinlarini birgalikda yetiştiriş, intensiv boğlar va agroklasterlar taşkil etişni nazarda tutuvçi agrokooperatsiya dasturi amalga oşirilişi qayd etildi.

Madaniyat, yoşlar, turizm, ta’lim, fan va sport sohalarida faol almaşinuvlar davom ettiriladi.

Kelgusi yillarga möljallangan madaniy tadbirlar taqvimini tayyorlaşga kelişib olindi.

Yiğilişda Boş vazirlar örinbosarlarining hisobotlari va savdo-iqtisodiy hamkorlik yuzasidan aniq takliflari tinglandi.

Muzokaralar yakunida davlat rahbarlari qöşma "yöl xaritasi"ni tayyorlaş va erişilgan kelişuvlarni samarali amalga oşiriş mexanizmlarini yölga qöyiş böyiça topşiriq berdilar.

Ikki tomonlama muzokaralar yakunlangaç, Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Qirğiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov yirik kooperatsiya loyihalarini işga tuşiriş marosimida iştirok etdilar.

Jumladan, Farğona va Namangan viloyatlarida umumiy quvvati 400 megavatt bölgan ikkita quyoş elektr stansiyasi qurilişiga start berildi. Uşbu stansiyalarda işlab çiqariladigan elektr energiyasi Qirğizistonga yetkazib berilişi közda tutilgan.

Çuy viloyatida zamonaviy yengil avtomobillar va tijorat texnikalari işlab çiqariş zavodi işga tuşirildi. Xususan, u yerda "Kobalt," "Oniks" va "Treker" rusumli yengil hamda yuk avtomobillari yiğiladi.

Şuningdek, Qora-Balta şahrida tikuv-trikotaj mahsulotlari va mato işlab çiqariş yölga qöyildi. Korxonaga zamonaviy texnologik uskunalar yetkazib berilib, örnatildi.

Özbekiston va Qirğiziston Prezidentlari uşbu loyihalar mamlakatlarimiz örtasidagi özaro manfaatli hamkorlikni kengaytirişga xizmat qilişiga işonç bildirdilar.

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Qirğiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov örtasida bölib ötgan samarali muzokaralar yakunida qator ikki tomonlama hujjatlar qabul qilindi.

Davlat rahbarlari keng qamrovli strategik şeriklik munosabatlarini yanada çuqurlaştiriş va kengaytiriş töğrisida Qöşma bayonotni imzoladilar.

Taşrif davomida 16 ta hujjat imzolandi, jumladan:

– Qirğiz Respublikasining Issiqköl viloyati hududida joylaşgan kurort-hordiq xöjaligi ob’ektlari böyiça hukumatlararo bitim;

– Fuqarolarning özaro kelib-ketişlari töğrisidagi hukumatlararo bitimga özgartirişlar kiritiş töğrisida bayonnoma;

– Özbekiston Respublikasining Jahon savdo taşkilotiga a’zo bölişi böyiça ikki tomonlama muzokaralarni yakunlaş töğrisida bayonnoma;

– Quriliş faoliyati sohasidagi hamkorlik töğrisida bayonnoma;

– Mehnat, aholi bandligi va migratsiya sohasidagi hamkorlik töğrisida bayonnoma;

– Madaniyat va san’at sohasidagi hamkorlik töğrisida bayonnoma;

– Davlat xizmati sohasidagi hamkorlik töğrisida bayonnoma;

– 2024-2030 yillarda özaro savdo hajmini oşiriş böyiça çora-tadbirlar rejasi;

– 2024-2026 yillarda jismoniy tarbiya va sport sohasidagi hamkorlikni rivojlantiriş böyiça amaliy çora-tadbirlar rejasi;

– 2024-2026 yillarda qişloq xöjaligi va oziq-ovqat ta’minoti sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantiriş böyiça "yöl xaritasi";

– 2024-2026 yillarda Toşkent va Bişkek şaharlari örtasidagi hamkorlikni rivojlantiriş böyiça çora-tadbirlar rejasi;

– Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti hamda Qirğiz Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik taşabbuslar milliy instituti örtasidagi memorandum va boşqalar.

Oliy darajadagi muzokaralar yakunida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Qirğiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov ommaviy axborot vositalari vakillari uçun bayonot berdilar.

Özbekiston rahbari Qirğiziston Prezidentining davlat taşrifi tarixiy voqea bölgani va mamlakatlarimiz köp qirrali hamkorligida yangi davrni boşlab berganini ta’kidladi.

Bu galgi sammitga birgalikda jiddiy tayyorgarlik işlari olib borilgani qayd etildi. Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yiğilişi, biznes forumi, Rektorlar forumi, Avlodlar muloqoti samarali ötdi. Şu kunlarda mamlakatimiz hududlarida Qirğiziston madaniyati kunlari ötkazilmoqda.

Har doimgidek oçiq, konstruktiv va döstona ruhda ötgan bugungi muzokaralar yakunlari katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

Kelgusida özaro hamkorlikni yanada yuqori bosqiçga kötariş uçun asos bölib xizmat qiladigan Keng qamrovli strategik şeriklik munosabatlarini yanada çuqurlaştiriş va kengaytiriş töğrisidagi qöşma bayonot taşrifning asosiy siyosiy hujjati böldi.

Prezidentlar raisligidagi Davlatlararo kengaş tuziş böyiça kelişuvga erişildi.

Yetakçilar sanoat kooperatsiyasida, eng avvalo, ikki mamlakat iqtisodiyotining bir-birini töldiradigan tarmoqlarida yangi ösiş nuqtalarini yaratiş masalalariga alohida töxtaldilar. Bular energetika, avtomobilsozlik, transport va logistika, elektrotexnika, töqimaçilik, agrosanoat va boşqa tarmoqlardagi loyihalardir.

Hududlar örtasidagi tizimli muloqotni kengaytiriş muhimligi qayd etildi. Çegaraoldi viloyatlar hokimlari kengaşi işini faollaştirişga kelişib olindi. Özaro taşriflar jadvali tayyorlanib, hamkorlik böyiça "yöl xaritalari" yangilanadi. Loyihalar portfelini yil yakuniga qadar 1 milliard dollarga yetkaziş vazifasi qöyildi.

Davlat rahbarlari qişloq xöjaligi sohasida yangi imkoniyatlarni belgilab berdilar. Qişloq xöjaligi ekinlarini birgalikda yetiştiriş, fyuçers bitimlaridan foydalangan holda intensiv boğlar va agroklasterlar taşkil etiş şular jumlasidan.

– “Xitoy – Qirğiziston – Özbekiston” temir yölini quriş strategik loyihasi böyiça uç tomonlama bitim imzolangani tarixiy voqea böldi, – dedi mamlakatimiz yetakçisi.

Transport yölaklarini rivojlantiriş sohasidagi yangi loyihalarni örganiş uçun ekspertlar guruhini taşkil etişga kelişib olindi.

Kiçik gidroenergetika sohasida alohida hamkorlik dasturi tayyorlanişi qayd etildi.

– Qambarota GESi qurilişi töğrisida uç tomonlama bitim qabul qilişni tezlaştiriş çoralarini köramiz. Uşbu megaloyiha, şubhasiz, butun mintaqamizning barqaror taraqqiyotiga xizmat qiladi, – dedi Özbekiston Prezidenti.

Madaniyat, yoşlar, ta’lim, fan va sport sohalarida faol muloqot va almaşinuvlar davom ettiriladi.

Davlatimiz rahbari sayyohlik almaşinuvini rivojlantiriş imkoniyatlarini alohida qayd etdi. Ayni paytda Toşkentdan Bişkek va Tomçiga töğridan-töğri aviaqatnovlar yölga qöyilgan.

Taşrif davomida Özbekistonning Issiqköldagi sanatoriy-kurort majmualari töğrisida bitim imzolandi. Iyul oyi boşida Özbekiston tomoni uçta ob’ektni işga tuşirdi, ular mehmonlarni qabul qilmoqda. Turizm infratuzilmasini rivojlantiriş böyiça yangi loyihalar işlab çiqilmoqda.

Mamlakatimiz yetakçisi sözining yakunida muzokaralar natijalaridan mamnunligini izhor etdi hamda Qirğiziston Prezidentining Özbekistonga tarixiy taşrifi samaralari hamkorlikni aniq mazmun bilan boyitişga, özaro döstlik, yaxşi qöşniçilik va strategik şeriklik munosabatlarini mustahkamlaşga xizmat qilişiga işonç bildirdi.

Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Qirğiziston Prezidenti Sadir Japarov rafiqalari bilan birga Özbekistonda Qirğiziston madaniyati kunlari boşlanişiga bağişlangan konsertda iştirok etdilar.

Ikki mamlakat san’at ustalarining uşbu konserti çuqur tarixiy ildizlar bilan boğlangan, dini bir, qadriyat va an’analari muştarak özbek va qirğiz xalqlarining köp asrlik döstligi ifodasi böldi.

Özbekiston va Qirğiziston yetakçilarining irodasi va sa’y-harakatlari tufayli qardoş xalqlar yanada yaqinlaşdi, davlatlararo munosabatlar esa keng qamrovli strategik şeriklik darajasiga kötarildi.

Iste’dodli san’atkorlar ijro etgan kuy-qöşiqlarda xalqlarimiz madaniyatining boyligi, öziga xosligi va şu bilan birga muştarakligi öz ifodasini topdi.

Qirğiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovning mamlakatimizga davlat taşrifi davom etmoqda.

Ziyodulla JONIBEKOV,

Ikrom AVVALBOEV,

ÖzA muxbirlari

Ulaşiş: