Özbekiston xalqiga Хalqlar döstligi kuni munosabati bilan bayram tabrigi

Özbekiston xalqiga Хalqlar döstligi kuni munosabati bilan bayram tabrigi

30.07.2024 14:19236

 


 

Aziz va qadrli vatandoşlar!

Avvalo, sizlarni, butun Özbekiston xalqini Xalqlar döstligi kuni bilan çin qalbimdan samimiy tabriklayman.

Biz Yangi Özbekistonni barpo etiş maqsadida boşlagan islohotlarimiz jarayonida jamiyatimizda millatlararo totuvlik va bağrikenglik muhitini yanada mustahkamlaşni eng ustuvor vazifalarimizdan biri etib belgiladik.

Dunyoda Xalqaro döstlik kuni deb qabul qilingan 30-iyul sanasini mamlakatimizda Xalqlar döstligi kuni deb e’lon qilganimiz va öziga xos bayram sifatida keng nişonlaşni an’anaga aylantirganimiz ham şundan dalolat beradi.

Dunyo miqyosida bağrikeng yurt sifatida e’tirof etiladigan jonajon Vatanimizda bugungi kunda 130 dan ortiq  millat va elat hamda 16 ta diniy konfessiya vakillari tinç-totuv, ahil-inoq, hamjihat bölib yaşamoqda. 157 ta milliy madaniy markaz va 38 ta döstlik jamiyati faoliyat körsatmoqda.

Mamlakatimizdagi ta’lim muassasalarida öquv-tarbiya jarayonlari özbek, qoraqalpoq, rus, tojik, qozoq, qirğiz va turkman tillarida olib borilmoqda, qardoş tilli maktablarda öqiyotgan farzandlarimiz davlat hisobidan darslik va badiiy adabiyotlar bilan ta’minlanmoqda.

Qoraqalpoğiston Respublikasi hamda viloyatlarda taşkil etilgan “Döstlik uylari” faoliyati har taraflama qöllab-quvvatlanmoqda. Xususan, Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi tomonidan uşbu maqsadlar uçun zarur mablağlar yönaltirilmoqda, turli subsidiya va grantlar ajratilmoqda.

Milliy madaniy markazlarning moddiy-texnik bazasini yaxşilaş maqsadida ular davlat tomonidan zamonaviy texnik uskunalar, musiqiy asboblar, mebel jihozlari, milliy liboslar bilan ta’minlandi.

Milliy madaniy markazlar faoliyati uçun eng körkam binolar ajratib berildi. Bu maskanlarda  muntazam ravişda umummilliy bayramlar, festivallar, konsert va uçraşuvlar, taniqli madaniyat arboblarining çiqişlari, seminar va konferensiyalar ötkazilmoqda.

“Özbekiston – umumiy uyimiz” degan ezgu ğoya barça milliy madaniy markazlarning şioriga aylangani diqqatga sazovor. Bu jamiyatimizda hukm surayotgan millatlararo totuvlik va bağrikenglik muhiti, tinçlik va osoyiştalikning amaliy ifodasidir.

Ötgan yillar mobaynida yurtimizda Xalqlar döstligi festivallari doirasida ötkazilgan davra suhbatlari, ijodiy muloqotlar, turli millat vakillarining kitob körgazmalari, fotokörgazmalar, xalqaro konferensiya va boşqa madaniy-ma’rifiy tadbirlar millatlar va elatlar örtasidagi döstlik aloqalarining mustahkamlanişida yana bir muhim bosqiç böldi.

Çet ellarda istiqomat qilayotgan vatandoşlarimiz bilan aloqalar mustahkamlanib bormoqda.

“2022-2026-yillarda Yangi Özbekistonni rivojlantiriş strategiyasi töğrisida”gi farmonda milliy madaniy markazlarni davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş tizimini yanada takomillaştiriş belgilangani ham mazkur yönalişdagi işlarimizning bardavom ekanini körsatadi.

“Yoşlar va biznesni qöllab-quvvatlaş yili”da turli millat yoşlari uçun qöşimça qulay şaroitlar yaratiş, ularning fuqarolik burçini his etişi va anglaşi, vatanparvarlik hissini kuçaytiriş, bağrikenglikka asoslangan millatlararo muloqot madaniyatini oşiriş kabi xayrli işlar olib borilmoqda.

Şu örinda ta’kidlaş lozimki, sönggi yetti yilda Özbekistonning içki va taşqi siyosatida ulkan özgarişlar röy bermoqda. Buni jahon hamjamiyati, xalqaro ekspertlar, taniqli davlat va siyosat arboblari ham e’tirof etmoqda.

Markaziy Osiyo mintaqasidagi qöşni davlatlar bilan döstona aloqalar qayta tiklangani, azaliy riştalar yangiça mazmunda davom ettirilayotgani xalqimizning xohiş va istaklari, orzu-intilişlarini yaqqol ifoda etmoqda.

Muhtaram döstlar!

Heç kimga sir emas, bugun dunyoda beqaror vaziyat hukm surmoqda. Xalqaro maydonda davlatlarning bir-biriga özaro işonçi susayib bormoqda. Bunday murakkab şaroitda hayotning özi bizdan mamlakatimizda hukm surayotgan özaro hurmat, mehr-oqibat, totuvlik va birdamlik muhitini yanada mustahkamlaş, yoşlarni buzğunçi yot ğoya va oqimlar, taşqi ta’sirlardan asraşga  qaratilgan işlarimizni yangi bosqiçga kötarişni talab etmoqda.

Köpmillatli va köpmadaniyatli jamiyatni oqilona boşqariş sohasida Özbekiston muhim  tajriba töpladi. Bizning bu boradagi faoliyatimiz  dunyo  miqyosida katta qiziqiş uyğotmoqda.

Biz bundan buyon ham nodavlat taşkilotlarning rolini kuçaytiriş, ularning huquqlarini kafolatlaş orqali fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirişga, millati, tili, dini va ijtimoiy kelib çiqişidan qat’i nazar, har bir fuqaroning vijdon erkinligini ta’minlaşga alohida e’tibor qaratamiz. Mamlakatimizda millatlar va konfessiyalar örtasidagi totuvlik va hamjihatlikni mustahkamlaş siyosatini izçil davom ettiramiz.

Bu olijanob maqsad yölida yurtimiz böylab bir hafta davomida ötkaziladigan Döstlik festivallari xalqimizni yanada birlaştiradi, mintaqamizdagi tinçlik va osoyiştalik, millatlararo hamjihatlik va diniy bağrikenglik muhitini yanada mustahkamlaşga xizmat qiladi, deb işonaman.

Aziz yurtdoşlar!

Fursatdan foydalanib, sizlarni, butun xalqimizni Xalqlar döstligi kuni bilan yana bir bor çin köngildan muborakbod etaman.

Jonajon Vatanimizda doimo tinçlik-osoyiştalik va farovonlik hukm sursin, köpmillatli Özbekiston xalqiga hamişa baxtu saodat yor bölsin!

 

Şavkat Mirziyoyev,

Özbekiston Respublikasi Prezidenti

 

UzA

Ulaşiş: