Özbekiston va Qozoğiston yetakçilari samarali muzokaralar yakunlarini sarhisob qildilar
Ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uçraşuvda Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Qozoğiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bölib ötgan muzokaralar yakunlariga izoh berdilar.
Özbekiston rahbari birgalikdagi tizimli va amaliy sa’y-harakatlar tufayli Özbekiston-Qozoğiston hamkorligini ittifoqçilik munosabatlaridek eng yuqori bosqiçga olib çiqişga erişilganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.
- Biz köp qirrali munosabatlarimizda yangi sahifa oçdik - Davlatlararo oliy kengaşning birinçi majlisini ötkazdik. Uşbu format davlatlararo hamkorlikning eng yuqori darajasining ifodasi bölib, mamlakatlarimiz va xalqlarimizning yaqin aloqalari, ularning barça yönalişlarda hamkorlikni mustahkamlaşga qat’iy intilişini yaqqol namoyon etadi.
Muzokaralar çoğida parlamentlarning ikki palatasi iştirokida Parlamentlararo forum taşkil etiş masalasi körib çiqildi. Hamkorlikning yana bir yangi şakli - Taşqi işlar vazirlari kengaşini ta’sis etiş töğrisida qaror qabul qilindi.
Savdo, sanoat kooperatsiyasi, energetika, transport, qişloq va suv xöjaligi, madaniyat sohalaridagi hamkorlikni yanada çuqurlaştiriş böyiça aniq kelişuvlarga erişildi.
Qöşma bayonot imzolandi hamda har tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlaşga qaratilgan 2024-2034 yillarga möljallangan Strategik şeriklik va ittifoqçilik dasturi qabul qilindi.
Muzokaralarda hududlararo aloqalarni faollaştirişga alohida e’tibor qaratildi. Yetakçilar ikki mamlakatning barça viloyatlarini jalb qilgan holda Hududlararo hamkorlik forumini Hududlar rahbarlari kengaşiga aylantiriş taşabbusini ilgari surdilar.
Kuni keça ötgan biznes forumi va işbilarmonlik uçraşuvlarida umumiy qiymati 7 milliard dollarlik şartnoma va bitimlar imzolangani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Oy yakuniga qadar tovar ayirboşlaş hajmini keskin oşirişga qaratilgan kompleks dastur qabul qilinadi. Tomonlar, şuningdek, yangi investitsiya loyihalarini işlab çiqiş va amalga oşiriş uçun Xalqaro sanoat kooperatsiyasi markazi qurilişini tezlaştirişga kelişib oldilar.
Bundan taşqari, ustuvor yönalişlardagi qöşma loyihalarni moliyalaştiriş maqsadida Özbekiston-Qozoğiston investitsiya fondini taşkil etiş masalasi körib çiqiladi.
Muzokaralar kun tartibidan transport va logistika sohasidagi hamkorlikni kengaytiriş masalalari muhim örin egalladi. Yuk taşiş hajmini oşiriş uçun maksimal darajada qulay şart-şaroitlarni yaratiş, avtomobil va temir yöllarni quriş va modernizatsiya qilişni jadallaştiriş böyiça aniq çora-tadbirlar muhokama qilindi.
Yana bir strategik yönaliş - oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlaş. Ikki mamlakat hududida qişloq xöjaligi mahsulotlarini yetiştiriş va yetkazib beriş böyiça aniq kelişuvlarga erişildi.
Suvdan foydalaniş va atrof-muhitni muhofaza qiliş sohalarida hamkorlikning ustuvor yönalişlari belgilab olindi.
Transçegaraviy suv resurslaridan birgalikda foydalaniş masalalarida yaqin hamkorlikni davom ettirişga kelişib olindi.
Madaniyat, yoşlar, turizm, fan, ta’lim va sport sohalaridagi hamkorlikni mustahkamlaşga alohida e’tibor qaratildi.
Taşrif arafasida va doirasida Qozoğiston poytaxtida Özbek kinosi kunlari, konsertlar, körgazmalar, festivallar, intellektual öyinlar va boşqa tadbirlar muvaffaqiyatli ötkazildi.
Tomonlar kelgusi yilda özaro madaniyat kunlari, qöşma kinofestivallar, ikki mamlakat san’at ustalarining konsertlarini taşkil etişga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
Taşrif davomida Özbekiston va Qozoğistondagi yetakçi oliy ta’lim muassasalarining filiallari faoliyati yölga qöyildi.
Davlatimiz rahbari Prezident Qasim-Jomart Toqayevga va u orqali butun qardoş Qozoğiston xalqiga Ostona markazida özbek xalqining buyuk farzandi, şoir va mutafakkir Alişer Navoiy haykali örnatilgani uçun minnatdorlik bildirdi.
Tomonlar mintaqaviy va xalqaro platformalar, jumladan, Birlaşgan Millatlar Taşkiloti, ŞHT, MDH, Turkiy davlatlar taşkiloti, Osiyoda hamkorlik va işonç çoralari böyiça kengaş, "Markaziy Osiyo plyus" formatlari doirasidagi taşabbuslarni özaro qöllab-quvvatlaşni davom ettiradilar.
Ertaga Ostona şahrida bölib ötadigan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uçraşuvi iqtisodiy integratsiya va butun mintaqaning jadal rivojlanişiga kuçli sur’at bağişlaşi alohida ta’kidlandi.
Yakunda Şavkat Mirziyoyev davlat taşrifi yakunlari va erişilgan kelişuvlar Özbekiston va Qozoğiston örtasidagi döstlik va yaxşi qöşniçilik, strategik şeriklik va ittifoqçilik munosabatlarini har tomonlama mustahkamlaşga xizmat qilişiga işonç bildirdi.

