Işonç va hurmatga asoslangan hamkorlik

Işonç va hurmatga asoslangan hamkorlik

17.09.2024 10:56317

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Germaniya Federativ Respublikasi Federal Kansleri Olaf Şols 15-16 sentyabr kunlari rasmiy taşrif bilan mamlakatimizda böldi.

Taşrifning asosiy tadbirlari Samarqand şahridagi Kongress markazida ötkazildi.

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Germaniya Federativ Respublikasi Federal Kansleri Olaf Şols yuzma-yuz muloqot qildilar. Ikki davlat örtasidagi hamkorlikni rivojlantiriş masalalari delegatsiyalar iştirokida kengaytirilgan tarkibdagi uçraşuvda atrofliça muhokama qilindi.

Muzokaralar yakuni böyiça Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Germaniya Federativ Respublikasi Federal Kansleri Olaf Şols Qöşma deklaratsiyani qabul qildilar. Şuningdek, ikki tomonlama 8 ta hujjat, jumladan, migratsiya va mobillik sohasida har tomonlama şeriklik töğrisida hukumatlararo bitim, öta muhim minerallar sohasidagi hamkorlik töğrisida qöşma deklaratsiya, transport sohasidagi hamkorlik töğrisida bitim imzolandi.

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Germaniya Federal Kansleri Olaf Şols 16 sentyabr kuni Samarqand şahrida ikki mamlakatning yetakçi kompaniya va banklari vakillari bilan uçraşuv ötkazdilar.

Tadbirda Germaniya Iqtisodiyot va iqlimni muhofaza qiliş vazirligi parlament davlat kotibi Mixael Kellner, Germaniya iqtisodiyotining Şarqiy qömitasi boşqaruvçi direktori Mixael Xarms, “KNAUF”, “CLAAS”, “Mangold Consulting”, “Gunter Papenburg”, “Siemens Energy”, “Linde Group”, “Aurubis”, “FALK PORSCHE”, “Metso”, “Edison technologies”, “Ernst Klett”, “Siemens Healthineers”, “Herrenknecht”, “DB Engineering & Consulting”, “Svevind Energy Group”, “Rhenus”, “HMS Bergbau”, “Textima” kabi yetakçi kompaniyalar hamda “KfW Development Bank”, “AKA Bank” banklarining rahbarlari va vakillari iştirok etdi.

Davlatimiz rahbari uçraşuvning iştirokçilarini samimiy qutlab, tadbir tarixiy Samarqand şahrida ötkazilayotgani ramziy ma’noga ega ekanini ta’kidladi.

Keça bölib ötgan oliy darajadagi samarali muzokaralar yakunlariga yuksak baho berildi. Ularda Yangi Özbekiston taraqqiyotining iqtisodiyot tarmoqlarini çuqur transformatsiya va modernizatsiya qiliş böyiça asosiy ustuvor yönalişlari qöllab-quvvatlangani alohida qayd etildi.

Germaniyaning yetakçi kompaniya va banklari bilan Sanoat va texnologik şeriklik böyiça qabul qilingan strategik dastur doirasida qöşma investitsiya loyihalari va savdo şartnomalarini qöllab-quvvatlaş hamda jadallaştiriş böyiça kompleks çora-tadbirlarni işlab çiqiş töğrisidagi kelişuvlarga erişilgani uçraşuvning asosiy natijasi bölgani ta’kidlandi.

Özbekiston va Germaniya işbilarmon doiralarining faol va amaliy iştirokida özaro manfaatli şeriklikning ustuvor yönalişlari belgilab olindi. Bu "yaşil energetika", kimyo sanoati, "yaşil vodorod" işlab çiqariş, maşinasozlik, elektrotexnika, töqimaçilik, farmatsevtika sanoati va boşqa sohalarda sanoat kooperatsiyasini nazarda tutadi.

Bundan taşqari, öta muhim mineral resurslar konlarini özlaştiriş va ularni çuqur qayta işlaş, keyinçalik Germaniya va uçinçi mamlakatlar bozorlariga eksport qiliş uçun yuqori qöşilgan qiymatli mahsulotlar işlab çiqarişda Germaniya kompaniyalarining iştiroki istiqbolli yönaliş sifatida belgilandi.

Energetika, transport-kommunikatsiya, kommunal va turizm infratuzilmasi ob’ektlarini modernizatsiya qiliş, sanoat va xizmat körsatiş korxonalarini xususiylaştiriş dasturida iştirok etiş, şuningdek, mamlakatimizda soğliqni saqlaş, ta’lim va ekologiya sohalarida ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni amalga oşiriş ham hamkorlikning asosiy yönalişlariga kiradi.

Uçraşuvda Prezidentimiz Germaniya biznesining Özbekistondagi yirik kompaniyalar bilan yaqin hamkorligini yölga qöyiş muhimligiga alohida e’tibor qaratdi.

Şu ma’noda, quriliş materiallari işlab çiqariş, metallurgiya, energetika, kimyo, transport infratuzilmasi, qişloq xöjaligi va maşinasozlik, tibbiyot va boşqa sohalarda yangi taşabbuslarni işlab çiqiş va qöşma loyihalarni amalga oşirişni davom ettiriş kerakligi ta’kidlandi.

– Uçraşuvimizni yangi formatda taşkil etdik. Özbekiston tomonidan, asosan, sönggi yillarda mustahkam oyoqqa turib olgan va Germaniya biznesining munosib hamkori bölgan xususiy sektor vakillari iştirok etmoqda, – dedi Şavkat Mirziyoyev.

Sözining yakunida Özbekiston Prezidenti barça iştirokçilarga belgilangan rejalarni amalga oşirişda katta muvaffaqiyatlar tiladi.

Öz navbatida, Germaniya Federal Kansleri Olaf Şols mamlakatimiz bilan köp qirrali munosabatlar izçil rivojlanayotganini yuqori baholab, mavjud şeriklik aloqalarini mustahkamlaş muhimligini ta’kidladi hamda Germaniya işbilarmon doiralari vakillarini qöşma loyihalar va taşabbuslarni amalga oşirişda dadil iştirok etişga çaqirdi.

Şundan söng Özbekiston Respublikasi Prezidenti va Germaniya Federativ Respublikasi Kansleri qöşma Boşqaruv kadrlarini tayyorlaş maktabining oçilişiga bağişlangan marosimda iştirok etdilar.

Loyiha Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boşqaruvi akademiyasi va Davlat xizmatini rivojlantiriş agentligi tomonidan Xanns Zaydel jamğarmasi hamda Bavariya davlat boşqaruvi maktabi bilan hamkorlikda amalga oşirildi.

Mutasaddilar videoaloqa orqali yetakçilarga loyiha haqida batafsil ma’lumot berdilar. Uning asosiy maqsad va vazifalari mamlakatimiz hududlarida boşqaruv kadrlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlaniş, xorijiy investitsiyalarni jalb etiş va ilğor texnologiyalarni özlaştiriş borasidagi salohiyatini oşirişdan iborat.

Özbekiston – Germaniya sammiti yakunida daraxt ekiş marosimi bölib ötdi.

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Germaniya Federal Kansleri Olaf Şols Kongress markazidagi xiyobonda birgalikda daraxt ekdilar.

Bu Özbekiston – Germaniya köp qirrali munosabatlarida yangi bosqiç boşlangani, xalqlarimiz örtasidagi döstlik va hamkorlik riştalari mustahkamlanib borayotganining ramzi böldi.

Germaniya Federal Kansleri Olaf Şols Samarqanddagi Xalqaro turizm akademiyasiga taşrif buyurdi.

2023 yilda Samarqand şahrida BMT Jahon sayyohlik taşkiloti Boş Assambleyasining 25-sessiyasi doirasida oçilgan akademiya turizm sohasini rivojlantiriş böyiça yuqori malakali va talab yuqori bölgan mutaxassislarni tayyorlaş markazi sifatida faoliyat körsatmoqda. 

Akademiyada yaqinda birinçi akademik yil boşlandi va bitta dastur – mehmondöstlik menejmenti böyiça 20 nafar tinglovçi saboq olmoqda. 2025 yil yanvardan esa yana 200 nafar mutaxassis tayyorlanadi. Ikkinçi akademik yildan boşlab mavjud uç yönalişda 60 nafar trener va 1200 nafar mutaxassis öqitiladi.

Öquv muassasasi bitiruvçilariga BMT Turizm taşkilotiga a’zo davlatlar tomonidan e’tirof etiladigan diplomlar beriladi. 

Oliy martabali mehmon akademiyada yaratilgan şaroitlar hamda Özbekistonda zamonaviy sayyohlik infratuzilmasini barpo etiş böyiça amalga oşirilayotgan keng kölamli işlar bilan tanişdi.

Şu bilan Germaniya Federativ Respublikasi Federal Kansleri Olaf Şolsning mamlakatimizga rasmiy taşrifi yakunlandi.

Aytiş mumkinki, mazkur taşrif özaro işonç va hurmatga asoslangan, qoğozdan amaliy jarayonlarga ötgan Özbekiston – Germaniya munosabatlarining yangi davrida navbatdagi muhim qadam böldi.

Ziyodulla JONIBEKOV,

Ğolib HASANOV,

ÖzA maxsus muxbirlari

Ulaşiş: