XVIII xalqaro mini-futbol turniri
Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligi huzuridagi Diplomatik korpusga xizmat körsatiş byurosi Özbekiston futbol assotsiatsiyasi kömagida 2024-yil 21-sentabrda Olmazor tumanidagi Respublika oliy sport mahorat maktabining “Çiğatoy” stadionida XVIII xalqaro mini-futbol turnirini ötkazmoqda.
Turnirni ötkazişdan asosiy maqsad Özbekiston Respublikasida akredatsiyadan ötgan diplomatik vakolatxonalar va ularga tenglaştirilgan taşkilotlar örtasida döstona munosabatlarni hamda sport diplomatiyasini rivojlantiriş diplomatik vakolatxonalar va ularga tenglaştirilgan taşkilotlar xodimlarining böş vaqtlarini mazmunli va maroqli ötişini ta’minlaş, ularning norasmiy, döstona muloqot qilişlari uçun şaroit yaratiş.
Uşbu tadbir diplomatik vakolatxonalarning sportga bölgan qiziqişlarini yanada oşirib, mamlakatlar örtasida ahil munosabatlarni mustahkamlaşga xizmat qiladi.
Mini-futbol turnirida elçilar, diplomatlar, elçixonalar va xalqaro taşkilotlar, kompaniyalar, şuningdek Öz.Resp. TIV xodimlaridan iborat 24 ta jamoalar iştirok etadilar.
Şuningdek, diplomatik vakolatxonalar xodimlari oila a’zolari uçun alohida badminton, arqon tortiş va estafeta kabi musobaqalar ötkaziladi.
Xalqaro turnir iştirokçilari röyxati:
1. Belarus Respublikasi
2. Vengriya
3. Gruziya
4. Germaniya Federativ Respublikasi
5. Xitoy Xalq Respublikasi
6. Eron Islom Respublikasi
7. Birlaşgan Arab Amirliklari
8. Ummon Sultonligi
9. Hindiston Respublikasi
10. Qirğiziston Respublikasi
11. Qozoğiston Respublikasi
12. Malayziya
13. Saudiya Arabistoni
14. Tojikiston Respublikasi
15. Rossiya Federatsiyasi
16. Ruminiya
17. Turkiya Respublikasi
18. Yaponiya
19. Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Özbekistondagi vakolatxonasi
20. Yevropa Tiklaniş va Taraqqiyot bankining Özbekistondagi vakolatxonasi
21. Yevropada xafvsizlik va hamkorlik taşkilotining Özbekistondagi Koordinatori
22. Lukoyl
23. Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligi
24. Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligi huzuridagi Diplomatik korpusga xizmat körsatiş byurosi

