Özbekiston Respublikasi Prezidenti MDH sammitida iştirok etdi
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 8 oktyabr kuni Mustaqil Davlatlar Hamdöstligi Davlat rahbarlari kengaşining navbatdagi majlisida iştirok etdi.
Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin raisligida ötgan sammitda Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev, Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukaşenko, Qozoğiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirğiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov va Armaniston Boş vaziri Nikol Paşinyan, şuningdek, MDH boş kotibi Sergey Lebedev qatnaşdi.
Kun tartibiga muvofiq, köp qirrali munosabatlarning holati va rivojlaniş istiqbollari yuzasidan fikr almaşildi, MDH doirasidagi amaliy hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Davlatimiz rahbari öz nutqida Rossiyaning Hamdöstlikda raisligi davrida köp tomonlama hamkorlik barça yönalişlarda rivojlanganini yuqori baholadi.

MDH mamlakatlarining xavfsizligi va barqaror rivojlanişini ta’minlaş bilan boğliq vaziyatga alohida e’tibor qaratildi.
MDH mamlakatlari maxsus xizmatlari va vakolatli idoralarining tizimli hamkorligini yölga qöyiş, bugungi tahdidlarga qarşi kuraşiş usullarini takomillaştiriş, kiberxavfsizlikni ta’minlaş sohasida kelişilgan çoralar hamda dasturiy hujjatlarni qabul qiliş muhimligi ta’kidlandi.
Hamkorlikning iqtisodiy yönalişida birgalikdagi faoliyatni kuçaytiriş ustuvor vazifa ekani qayd etildi.
Özbekistonning MDH mamlakatlari bilan tovar ayirboşlaş hajmi yil boşidan buyon 16 foizga oşgan. Muvaffaqiyatli sanoat kooperatsiyasiga köplab misollar mavjud.
MDH tarmoq kengaşlari va qömitalari faoliyatini faollaştiriş zarurligi körsatib ötildi.
Kelgusi yil bahorida Toşkent şahrida "Innoprom" xalqaro sanoat körgazmasi doirasida MDH Iqtisodiy kengaşi yiğilişi va Innovatsion rivojlaniş forumini ötkaziş taklif etildi.
Yaqinda bölib ötgan MDH mamlakatlari yetakçi tahliliy markazlarining Toşkent konferensiyasi natijalarini hisobga olgan holda, uzoq muddatli şeriklikning yangi ustuvor yönalişlarini qöllab-quvvatlaş muhimligi ta’kidlandi.
Xususan, internet texnologiyalari va "katta ma’lumotlar" industriyasini rivojlantiriş, raqamli yeçimlarni jadal joriy etiş, kreativ iqtisodiyot, yaşil energetika va yadro texnologiyalari, iqlim muammolari va boşqalar şular jumlasidan.
Şu munosabat bilan MDH mamlakatlari ekspertlari va tahlilçilarining uçraşuvlarini muntazam ötkaziş hamda navbatdagi konferensiyani Samarqand şahrida sun’iy intellektni rivojlantiriş masalalariga bağişlab ötkaziş taklif etildi.
Gumanitar almaşinuvlarni kengaytiriş maqsadida Hamdöstlik davlatlari madaniyati kunlarini ötkaziş taklif qilindi. Şu bilan birga, soğliqni saqlaş, ta’lim, san’at, kino, turizm va sport sohalarida qöşma tadbirlar dasturini har yili tayyorlaş zarurligi ta’kidlandi.
Samarqand va Toşkentni tegişliça Hamdöstlikning madaniy poytaxti va yoşlar poytaxti deb e’lon qilinişi doirasidagi loyihalar amalga oşirilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Bundan taşqari, Özbekistonda şaxmat va futbol böyiça yoşlar jamoalari örtasida MDH oçiq kubogi musobaqalari ötkaziladi.
Yakunda Özbekiston Prezidenti Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmonni 2025 yilda taşkilotga raislikni qabul qilgani bilan tabrikladi.
Sammit yakunida MDH doirasidagi hamkorlikning ustuvor yönalişlari böyiça bir qator bitim va qarorlar qabul qilindi.

