Özbek tili bayrami keng nişonlanmoqda

Özbek tili bayrami keng nişonlanmoqda

21.10.2024 12:10107

 

Özbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 35 yilligi va 21 oktyabr – Özbek tili bayrami kuniga bağişlab Jizzax şahridagi Hamid Olimjon va Zulfiyaxonim xiyobonida “Özbek tili – xalqimizni birlaştirgan kuçdir” şiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bölib ötdi.
Bayram tadbirida  viloyat, şahar hokimliklari, Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi viloyat bölimi, mutasaddi taşkilotlar rahbar va mas’ullari, umumta’lim, örta maxsus va oliy ta’lim muassasalari öquvçi va talaba-yoşlari, harbiylar hamda keng jamoatçilik va ommaviy axborot vositalarining vakillari iştirok etdi.


Davlatimiz rahbarining  2019 yil 21 oktyabrdagi  “Özbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmoni ijrosi doirasida Jizzax viloyatida bir qator xayrli işlar amalga oşirilmoqda.  


Yurtboşimizning bevosita taşabbusi bilan millat barhayotligining, davlat suverenitetining garovi bölgan özbek tilini rivojlantiriş, uning imkoniyatlari va jozibadorligini xalqaro miqyosda ham tarğib etişga qaratilgan keng kölamli çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda.


Jizzax şahridagi Özbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 35 yilligi tantanalari özbek şe’riyatida muhim örin tutgan şoirlar Hamid Olimjon hamda Zulfiyaxonim haykali poyiga gulçambarlar qöyiş bilan boşlandi.  

Tadbirda sözga çiqqanlar davlat tiliga e’tibor körsatişda Prezidentimiz alohida örnak körsatganligini aytib, jumladan, u kişi  2020 yil BMT Boş Assambleyasining onlayn tarzda ötkazilgan 75-sessiyasida va 2023 yil bölib ötgan 78-sessiyasida hamda qator xalqaro darajadagi uçraşuvlarda özbek tilida nutq sözlagani ona tilimizning xalqaro maydondagi nufuzini yanada oşirişga xizmat qilganligini, turkiy (bugungi özbek) til asosçisi bölgan uluğ mutafakkir bobokalonimiz  Alişer Navoiy hazratlarining “Tilga e’tibor – elga e’tibor”, degan dono ögitlariga amal qilingan holda yurtimizda til masalasida olib borilayotgan davlat siyosati haqida atrofliça töxtalib ötdi.


– 1989 yilning 21 oktyabr kuni, sobiq ittifoq özining sönggi yillarini yaşayotgan davrdayoq, özbek tiliga davlat tili maqomi berilgani  Özbekiston mustaqillik sari ilk va eng muhim qadamni taşlaganini bildiradi, – deydi Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi Jizzax viloyati bölimi rahbari Mehribon Abdurahmonova. – Öz milliy tilida gapira olmaydigan, yoza olmaydigan millatni, davlatni mustaqil deb ataşlik bu maddohlikdan boşqa narsa emas, deb öylayman. Xudoga şukr, bugun erkimiz öz qölimizda, öz ona tilimiz davlat tili va davlatimiz yetakçisi ham eng oliy minbarlarda turib butun jahonga ona tilimizda nutq irod etayapti.  


Özbek tiliga davlat maqomi berilgan kunga bugun 35 yil töldi. Bu butun millatning, şu Vatanda yaşayotgan barça xalqlarning ham bayramidir. Özbekistonimizda yaşayotgan, özbek tilida sözlaşayotgan, sözlaşa oladigan özbekman, özbekistonlikman deya faxr bilan yaşayotgan har bir şaxs, har bir millat özbek tilini qadrlamoği, hurmat qilmoği va bu kunni uluğ bayram sifatida nişonlamoği lozimdir.  


Tadbirning rasmiy qismi yakuniga yetgaç, Hamid Olimjon va Zulfiyaxonim ijod maktabi öquvçilari hamda jizzaxlik ijroçi yoşlar tomonidan ijro etilgan özbek şe’riyati ustunlari  –Alişer Navoiy, Hamid Olimjon, Zulfiya, Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, Muhammad Yusuf va boşqa yetuk şoirlarimiz qalamiga mansub Özbekiston, özbek tili, ona Vatan, özbek şa’ni va qadri haqidagi şe’r va qöşiqlar iştirokçilarga bayramona kayfiyat bağişladi.


Harbiylarning körgazmali çiqişlari, özbek adabiyoti durdonalaridan taşkil topgan kitoblar körgazmasi tadbir iştirokçilari tomonidan katta qiziqiş bilan tomoşa qilindi.  

A.Qayumov, J.Yorbekov (surat),
ÖzA muxbirlari
 

Ulaşiş: