Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Turkiy davlatlar taşkiloti Davlat rahbarlari kengaşi majlisidagi nutqi

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Turkiy davlatlar taşkiloti Davlat rahbarlari kengaşi majlisidagi nutqi

06.11.2024 17:54258

Hurmatli delegatsiyalar rahbarlari!

Avvalambor, gözal Bişkek şahrida sammitimiz yuksak darajada taşkil etilgani va körsatilayotgan an’anaviy mehmondöstlik uçun Qirğiz Respublikasi Prezidenti hurmatli Sadir Nurğojoyeviç Japarovga samimiy minnatdorlik izhor etaman.

Sönggi yillarda Qirğizistonda barça sohalarda olib borilayotgan jadal islohotlar va tub özgarişlarga hammamiz guvoh bölib turibmiz. Bugun tadbirimiz ötayotgan uşbu muhtaşam majmua ham bu sözlarimizning yaqqol dalilidir.

Mamlakatda siyosiy-ijtimoiy barqarorlik ta’minlanayotgani, zamonaviy sanoat va infratuzilma ob’ektlari barpo etilayotgani, davlatning xalqaro obrösi va nufuzi oşayotgani yaqin qardoş sifatida bizni çeksiz quvontiradi.

Qirğiz tomonining Taşkilotimizda iqtisodiy integratsiya, umumiy taraqqiyot, raqamli kelajak va xavfsizlik yönalişlarida şeriklikni asosiy maqsad etib belgilagan raisligi davri muvaffaqiyatli ötişiga tilakdoşman.

Fursatdan foydalanib, Qozoğiston Respublikasi Prezidenti hurmatli Qosim-Jomart Kemeleviç Toqayevni ham tuzilmamizda “Turkiy davr!” şiori ostida ötgan samarali raisligi bilan çin dildan tabriklayman.

Hurmatli hamkasblar!

Ming afsuski, Ostona va Şuşa şaharlaridagi uçraşuvlarimizdan keyingi vaqt mobaynida global geosiyosiy jarayonlar tobora murakkab tus oldi. Yetakçi davlatlar örtasidagi raqobat va işonçsizlik muhiti keskin kuçaymoqda, ziddiyat va uruş öçoqlari köpayib, turli xavf-xatarlar yanada ortmoqda.

Albatta, bularning salbiy ta’siri va oqibatlarini davlatlarimiz har tomonlama sezib turibdi. Bu muammolar savdo, investitsiya, transport, energetika, qişloq xöjaligi va boşqa sohalardagi qöşma reja va katta loyihalarimizga jiddiy tösiq bölmoqda, desam, bu – ayni haqiqatdir.

Taşkilotimiz doirasida siyosiy va xavfsizlik masalalarida muloqotlarni tizimli davom ettiriş, umumiy manfaatlarimizdan kelib çiqib, xalqaro muammolar böyiça yakdil va aniq pozitsiyamizni faol ilgari suriş maqsadga muvofiqdir.

Bu örinda gap, eng avvalo, Yaqin Şarqda davom etayotgan adolatsiz uruş va kuzatilayotgan ikki yoqlama standartlar haqida bormoqda. Ğazo sektori va Livandagi misli körilmagan gumanitar fojiani, tinç aholiga qarşi vayronkor hujumlarni, ayniqsa, begunoh bolalar, keksalar va ayollar qurbon bölayotganini heç narsa bilan oqlab bölmaydi. Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Falastin qoçoqlariga yordam beriş böyiça maxsus agentligi faoliyatini çeklaşga qaratilgan harakatlarni ham keskin qoralaymiz.

Mazkur köp yillik nizoning yagona yeçimi – xalqaro me’yoriy hujjatlar va rezolyutsiyalarga muvofiq, 1967 yildagi çegaralar asosida, poytaxti Şarqiy Quddus bölgan mustaqil Falastin davlatini tuzişdir.

Keyingi hafta Ar-Riyod şahrida ötadigan arab-musulmon davlatlari sammitida bu muammoga aniq siyosiy yeçim topilişiga umid qilamiz.

Xavfsizlik haqida töxtalganda, Afğoniston masalasi Taşkilotimiz doirasida doimo diqqatimiz markazida bölişi lozim. Bu borada vazirlar va ekspertlar darajasidagi muntazam muloqot mexanizmini yölga qöyiş muhimdir.

Afğonistondagi ötkir muammolarni hal etişda amaldagi hukumatga yordam körsatiş, bu davlatni mintaqaviy iqtisodiy jarayonlarga keng jalb etiş, ijtimoiy va infratuzilma loyihalarini röyobga çiqariş masalalari albatta körib çiqilişi lozim, deb hisoblaymiz.

Hurmatli davlat va hukumat rahbarlari!

Bugun Taşkilotimizning tarixiy hujjati – Turkiy dunyo xartiyasining qabul qilinişi qardoş davlatlar va xalqlarimiz örtasida kuçayib borayotgan köpqirrali hamkorlikning yorqin ifodasidir. Aminmanki, biz şu asosda Turkiy dunyoni yanada jipslaştiriş, uning mavqeini oşiriş, özaro manfaatli va döstona aloqalarimizni çuqurlaştiriş, hamkorligimizni yangi bosqiçga kötarişga erişamiz.

Sammitimiz kun tartibidan kelib çiqib, bir qator ustuvor yönalişlarga e’tiboringizni qaratmoqçiman.

Birinçidan, davlatlarimiz örtasidagi ikki va köp tomonlama hamkorlikning bugungi yuqori darajasidan kelib çiqib, Taşkilotimizning asosiy şartnomaviy-huquqiy bazasini kengaytiriş va mustahakamlaş tarafdorimiz.

Biz Turkiy davlatlarning strategik şeriklik, abadiy döstlik va qardoşligi töğrisidagi şartnomani qabul qilişni taklif etamiz. Öylaymanki, uşbu keng qamrovli xujjatning işlab çiqilişi tuzilmamiz faoliyatini yanada yuksak siyosiy poğonaga kötaradi.

Ikkinçidan, Taşkilotimiz doirasida yangi iqtisodiy imkoniyatlar makonini yaratiş böyiça niyatimiz qat’iydir.

Tahlillar şuni körsatmoqdaki, bugungi kunda davlatlarimizning taşqi tovar aylanmasida özaro savdomiz uluşi ança past darajada qolmoqda. Importimizning salmoqli qismi uçinçi davlatlar hissasiga töğri kelmoqda. Bu borada vaziyatni keskin özgartiriş vaqti keldi.

Eng avvalo, tarif va notarif tösiqlarni bartaraf etiş, savdo-bojxona tartib-qoidalarini yengillaştiriş, elektron tijorat platformalarini rivojlantiriş böyiça aniq bitim va kelişuvlar işlab çiqiş lozim.

Savdo sohasidagi salohiyatimizni kengaytirişga qaratilgan çuqur tadqiqotlar olib boriş uçun yaqin istiqbolda Toşkentda yetakçi milliy tahlil markazlarimizning anjumanini ötkaziş ayni muddao bölar edi.

Kelgusi yil uçun iqtisodiy forum, savdo va sanoat körgazmalari, mintaqa va viloyatlarimizning özaro taşrif rejalarini, davlat xaridlarida iştirok etiş, kooperatsiya va lokalizatsiya qöşma dasturini qabul qilişimiz kerak. Bu ustuvor vazifalarni mamlakatlarimizning Boş vazir örinbosarlari zimmasiga yuklasak, albatta natijasi tezda körinadi.

Uçinçidan, bugungi oğir global iqtisodiy şaroitda eng dolzarb muammo – bu investitsiya jarayonlarining uzluksizligini ta’minlaşdir.

Jahon moliya bozorida kapitalga bölgan talab va uning narxi tobora oşib bormoqda. Rivojlanayotgan davlatlar uçun uzoq muddatli va “yaşil” kreditlar ajratiş şartlari qiyinlaşmoqda.

Biz Taşkilotimiz doirasida moliyaviy instrumentlarni joriy etişga jiddiy e’tibor qaratişimiz kerak. Turkiy investitsiya jamğarmasi işini faollaştiriş, bizning taşabbusimiz bölgan Turkiy rivojlaniş bankini taşkil etiş masalalarini körib çiqişimiz zarur, deb hisoblaymiz.

Mintaqaviy ahamiyatga ega loyihalarga xalqaro moliya institutlari va çet el investitsiya kompaniyalarini keng jalb etiş ham dolzarb vazifadir. Bu borada Turkiy investitsiya forumini taşkil etişni taklif qilamiz va uning ilk tadbirini Özbekistonda ötkazişga tayyormiz.

Törtinçidan, yana bir ustuvor masala – bu transport koridorlaridan samarali foydalanişdir.

Örta koridor böylab tranzit tariflarini maqbullaştiriş, çegaralardan ötiş jarayonlarini soddalaştiriş, zamonaviy logistika tizimlari va qöşma operatorlarni yaratiş umumiy manfaatlarimizga töla javob beradi.

Taşkilotimiz doirasidagi taşuvlarda elektron hujjatlar aylanmasiga ötiş va ularni özaro tan oliş böyiça köp tomonlama bitimni imzolaşga çaqiramiz.

Bunday dolzarb masalalarni biznes vakillari iştirokida atrofliça muhokama qiliş maqsadida Turkiy davlatlar logistika markazlari va yuk taşuvçilari alyansi bilan hamkorlikda Xalqaro logistika konferensiyasini ötkazişni taklif etamiz.

Beşinçidan, kelajak iqtisodiyotini keng joriy etişga qaratilgan Raqamli turkiy dunyo konsepsiyasini işlab çiqiş taşabbusini ilgari suramiz.

Mazkur konsepsiya mamlakatlarimizda töplangan ilğor tajriba va IT sohasidagi yutuqlarni özaro almaşiş, innovatsiya, infratuzilma va ilm-fan böyiça raqamli tizimlarni, yirik data-markazlarini yaratişga xizmat qiladi.

Oltinçidan, kelgusi hafta Bokuda COP-29 global sammiti öz işini boşlaşi bilan Ozarbayjon Prezidenti, hurmatli Ilhom Haydaroviç Aliyevni yana bir bor samimiy tabriklab, katta omadlar tilayman.

Iqlim özgarişi bilan boğliq ötkir ekologik muammolarga yeçimlar topiş maqsadida vazirlar darajasidagi Turkiy ekologik kengaşni tezroq tuziş zarurligini ta’kidlab, uning birinçi uçraşuvini kelgusi yili Özbekistonda ötkazişga tayyorligimizni bildiramiz.

Hurmatli delegatsiyalar rahbarlari!

Qardoş xalqlarimizni bir-biriga yanada yaqinlaştiriş, yoşlarimizni ajdodlarimizga munosib ruhda tarbiyalaş maqsadida turkiy ellar folklorining köp jildli majmuasini a’zo mamlakatlar tillarida naşr etsak, manzur iş bölar edi.

Bu borada “Turkiy mamlakatlar tarixi” kabi fundamental tadqiqotlarni birgalikda yaratiş dolzarb vazifamizdir. Şu bilan birga, turkiy tillardan bevosita tarjima qilişni rağbatlantiriş, maktablarimizda turkiy xalqlar va ularning tarixi, etnografiyasi, madaniyati va san’ati haqida fakultativ darslarni yölga qöyiş lozim, deb öylayman.

Şu örinda Özbekistonning Turkiy madaniyat va meros jamğarmasiga tölaqonli a’zo bölişga tayyorligini bildiraman.

Qadrli döstlar!

Bugun “Turkiy dunyo Oliy ordeni” bilan mukofotlanayotgan Vengriya Boş vaziri hurmatli Viktor Orban janoblarini qizğin tabriklayman.

Sözimning yakunida bir fikrni alohida ta’kidlamoqçiman.

Taşkilotimiz doirasidagi amaliy hamkorligimiz şiddat bilan özgarayotgan dunyoda öz pozitsiyalarimizni mustahkamlaş, turli tahdid va yangi xavf-xatarlarning oldini oliş, aloqalarimizni yanada çuqurlaştiriş uçun keng imkoniyatlar yaratmoqda.

Aminmanki, bugungi sammitimiz natijalari Turkiy sivilizatsiyani yuksaltiriş borasidagi ulkan rejalarimizga munosib hissa qöşadi.

 

UzA

Ulaşiş: