Özbekiston Prezidenti va Saudiya Arabistoni Valiahdi köp qirrali hamkorlikni yanada rivojlantiriş masalalarini muhokama qildilar
Navbatdan taşqari arab-islom sammiti doirasida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podşohligi Valiahdi, Boş vaziri Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan uçraşuv ötkazdi.
Özbekiston-Saudiya köp qirrali munosabatlarini yanada kengaytirişning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Suhbat avvalida davlatimiz rahbari Ar-Riyoddagi favqulodda sammit öz vaqtida taşkil etilgani va dolzarb ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.
Turli darajalardagi faol muloqot va almaşinuvlar davom etayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi. Özaro savdo va investitsiyalar hajmi, qöşma korxonalar soni oşib bormoqda.
"Yaşil" energetika, transport infratuzilmasini modernizatsiya qiliş, kommunikatsiyalar sohasida, qişloq xöjaligi, sanoatda yangi qöşma loyihalarni ilgari suriş masalalari körib çiqildi.
Bölajak oliy darajadagi tadbirlarga, şu jumladan 2025-yilda Samarqand şahrida bölib ötadigan "Markaziy Osiyo - Körfaz arab davlatlari hamkorlik kengaşi" muloqotining ikkinçi sammitiga tayyorgarlik körişga alohida e’tibor qaratildi.
Uçraşuv davomida Özbekiston yetakçisi fuqarolarimiz Haj va Umra ziyoratlarini ado etişlariga yaratilgan şaroitlar uçun Saudiya Arabistoni rahbariyatiga minnatdorlik bildirdi.
Mintaqaviy masalalar, jumladan, Yaqin Şarqdagi vaziyatni tinç yöl bilan hal etiş yuzasidan ham fikr almaşildi.
Şu bilan Ar-Riyodga amaliy taşrif doirasidagi tadbirlar yakunlandi, davlatimiz rahbari Bokuga jönab ketdi.

