Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Iqlim özgarişi böyiça konferensiyasi (COP 29)dagi nutqi

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Iqlim özgarişi böyiça konferensiyasi (COP 29)dagi nutqi

12.11.2024 18:12229

 

Hurmatli delegatsiyalar rahbarlari!

Avvalambor, Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev Janobi Oliylarini bugungi tarixiy Konferensiyani gözal Bok-u şahrida yuksak darajada taşkil etgani bilan samimiy tabriklayman.

Biz Ozarbayjonning zamonaviy iqlim tahdidlariga qarşi kuraşiş yölida xalqaro hamkorlikni kengaytiriş böyiça faol sa’y-harakatlarini töliq qöllab-quvvatlaymiz.

Hurmatli sammit iştirokçilari!

Iqlim özgarişlari bugungi kunda asosiy global tahdidga aylanib bormoqda, geosiyosiy ziddiyatlar kuçayişiga bevosita ta’sir körsatmoqda. Ayniqsa, kambağallikka qarşi kuraş, oziq- ovqat va energetika xavfsizligi, suv va resurslardan foydalaniş muammolarini kuçaytirmoqda.

Bularning asoratlarini Markaziy Osiyoda ötkir his qilmoqdamiz. Iqlim muammolari aholimizning turmuş sifatini oşiriş va milliy taraqqiyot strategiyalarini röyobga çiqarişda yangi tösiqqa aylanmoqda.

Parij bitimi doirasidagi boş maqsadimiz – mintaqada havo haroratining jadal ösişiga yöl qöymaslik va joriy yuz yillikda 1,5-2 gradus atrofida saqlab qolişdir.

Bu borada biz Özbekistonda uglerod neytralligiga erişiş böyiça keng miqyosdagi islohotlarni qat’iy olib borayapmiz. 2030-yilgaça havoga isciqxona gazlari çiqarilişini 35 foizga kamaytirişni reja qilganmiz. Bu majburiyatni 2050-yilga qadar yanada kengaytirişga tayyormiz.

“Yaşil” energetika uluşini 40 foizgaça oşiramiz. Elektromobil va “yaşil” vodorod klasterlari, quyoş va şamol generatsiya xablarini yaratayapmiz. “Yaşil makon” dasturimiz doirasida kökalamzor hududlarni keskin köpaytiryapmiz.

Qöşni mamlakatlar bilan Mintaqaviy iqlim strategiyasini hayotga tatbiq qilmoqdamiz. Şu kunlari Yevropaga “yaşil” energiya yetkaziş böyiça köp tomonlama bitimni imzolaymiz.

Hurmatli xonimlar va janoblar!

Özbekiston global iqlim özgarişlari oqibatlarini birgalikda bartaraf etişda özining amaliy hissasini kengaytiriş niyatida.

Birinçidan, rivojlanayotgan mamlakatlarga iqlim xatarlarini aniqlaş uçun yetakçi davlatlar va xalqaro institutlarning texnik kömagini kengaytiriş dolzarbdir.

Bu borada Iqlim tufayli yöqotiş va zararlarni baholaş böyiça xalqaro markaz ta’sis etişni taklif qilamiz.

Ikkinçidan, transçegaraviy suv resurslari ifloslanişining oldini oliş va barqaror bioxilma-xilligini saqlaşda yagona yondaşuvlar zarur.

Mintaqamiz misolida aytib ötmoqçimanki, bir avlod köz öngida Orol dengizining butunlay yöqolişi sayyoramiz miqyosidagi fojiaga aylandi. Şu örinda biz Birlaşgan Millatlar Taşkiloti şafeligida Daryo ekotizimlarining butunligi va ekologik xavfsizligini ta’minlaş böyiça majburiyatlar töğrisidagi deklaratsiyani işlab çiqiş tarafdorimiz.

Uçinçidan, köp tomonlama yetakçi tuzilmalar iştirokida ösimliklarning iqlim özgarişlariga çidamliligini oşiriş uçun Genetik resurslarning mintaqaviy bankini işga tuşirişni reja qilganmiz.

Dengizga çiqiş imkoni bölmagan davlatlar uçun yurtimizda Birlaşgan Millatlar Taşkilotining innovatsion agrosanoat xabini yaratiş taşabbusini ilgari suramiz.

Törtinçidan, iqlim özgarişlaridan zarar körayotgan megapolis va şaharlarning barqaror rivojlanişi böyiça ilğor bilim va amaliyotlar transferi uçun Jahon iqlim poytaxtlari alyansini taşkil etişni va uning birinçi forumini Toşkentda ötkazişni taklif qilamiz.

Beşinçidan, kelgusi yili 15-may – Xalqaro iqlim kunida Orolböyi mintaqasida ötkaziladigan Raqamli “yaşil” taşabbuslar global yoşlar festivalida davlatlaringiz vakillarini kutib qolamiz.

Hurmatli sammit iştirokçilari!

Özbekiston umumiy farovonlik va “yaşil” taraqqiyot yölida oçiq muloqot va şeriklikka doim tayyor ekanini yana bir bor ta’kidlayman.

 

president.uz

Ulaşiş: