Farğona viloyatini rivojlantiriş imkoniyatlari tahlil qilindi

Farğona viloyatini rivojlantiriş imkoniyatlari tahlil qilindi

04.12.2024 11:59224

Prezident Şavkat Mirziyoyev 3 dekabr kuni Farğona viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş, investitsiya va tadbirkorlik muhitini yanada yaxşilaş çora-tadbirlari yuzasidan yiğiliş ötkazdi.

Hududlar iqtisodiyotiga e’tibor natijasida Farğonada ham imkoniyatlar yuzaga çiqmoqda. Sönggi 7 yilda sanoat korxonalari qariyb 3 barobar köpayib, 13 mingtaga yetgan. Investitsiya loyihalari natijasida 116 mingta iş örni yaratilgan.

Davlatimiz rahbarining şu yil iyul oyidagi taşrifi iqtisodiyot rivojiga yangi sur’at bağişladi. Bu yil 10 oyda xorijiy investitsiyalar hajmi 1,5 milliard dollarni, eksport körsatkiçi 910 million dollarni taşkil qildi.

Endi buni kelgusi yilda ham davom ettirib, investitsiya, iş örni va eksportni köpaytiriş zarur. Yiğilişda Prezident bu boradagi imkoniyatlardan ayrimlarini körsatib ötdi.

Yaqinda “Qöqon” erkin iqtisodiy zonasi Quvasoy şahri hisobidan 210 gektarga kengaytirildi. Bu hududda umumiy qiymati 1 milliard dollarlik 185 ta loyihani joylaştirib, qariyb 12 mingta iş örni yaratiş mumkin. Şuningdek, Qöqonda 71 gektarda texnopark taşkil etilişi birinçi bosqiçda 900 million dollarlik, 5 ming işçilik korxonalarga yöl oçadi.

Xitoylik işbilarmonlar bilan 1 milliard dollarlik, Janubiy Koreya bilan 240 million dollarlik investitsiyaviy kelişuvlarga erişilgan. Ularni amalga oşiriş uçun viloyat tuman va şaharlarida 1 ming 210 gektarda sanoat zonalari taşkil qilişga zarurat bor. Bölajak korxonalarda 30 ming kişi, jumladan, kambağal oila vakillari iş bilan ta’minlanadi.

Beşariq tumanida savdo-logistika markazi qurilişi boşlangan. U, xuddi Termizdagidek, erkin savdo zonasiga aylantirilib, dökonlar tadbirkorlarga ijaraga beriladi. Buning samarasida viloyat eksporti qöşimça 50 million dollarga, iş örinlari esa 2 mingga köpayadi. Şunday majmuani Quvasoy şahrida ham barpo etiş mumkin.

Qişloq xöjaligida ham katta imkoniyatlar bor. Farğonada aholi ixtiyorida, yöl va dala çetlarida, suv va örmon fondida jami 91 ming gektar yer mavjud. Ulardan unumli foydalanib, mahsulotlarni hamda qayta işlaşni köpaytiriş zarur.

Masalan, Farğona tumanidagi 15 ta mahallada yiliga 6 ming tonna malina yetiştiriladi. Ularga yaqin hududdan yer berilsa, tadbirkor malinani saqlaş, qayta işlaş va qadoqlaşni yölga qöyib, qöşilgan qiymatni 2,5 karra oşiriş taklifini bildirgan. Boşqa bir taşabbuskor Söxdagi örmon yerini ijaraga olib, 800 gektarda kavrak, 50 gektarda za’faron yetiştirmoqçi.

Oltiariqdagi ikkita nasos stansiyasiga 9 kilometr quvur tortib, quvvatini oşiriş orqali 1 ming 400 gektarda intensiv boğ qilsa böladi. Unda qöşimça 55 ming tonna eksportbop meva yetiştiriladi.

Yiğilişda Farğona viloyati hokimi şu kabi imkoniyatlarni işga soliş böyiça rejalarini taqdimot qildi. Xususan, kelgusi yilda 3,7 milliard dollar investitsiya olib keliş, eksportni 1,5 milliard dollarga yetkaziş möljallangan. 500 ming fuqaroning bandligini ta’minlaş, 22 ming oilani kambağallikdan çiqariş vazifa qilib olingan.

Davlatimiz rahbari bu takliflarni takomillaştirib, viloyat iqtisodiyotini rivojlantiriş böyiça qaror tayyorlaşga körsatma berdi. Eksportçilarga barça qulayliklarni yaratiş, bandlikka kömaklaşib, işsizlikni kamaytiriş zarurligi ta’kidlandi. Hokimlar va boşqa mutasaddilarning bu boradagi mas’uliyatini oşiriş şartligi belgilandi.

Ulaşiş: