Özbekiston Prezidenti MAGATE bilan köp qirrali hamkorlikni kengaytiriş muhimligini ta’kidladi

Özbekiston Prezidenti MAGATE bilan köp qirrali hamkorlikni kengaytiriş muhimligini ta’kidladi

05.12.2024 11:11225

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Xalqaro atom energiyasi agentligi (XAEA) boş direktori Rafael Grossi örtasida 4 dekabr kuni bölib ötgan uçraşuvda ikki tomonlama hamkorlikni tubdan kengaytiriş va amaliy şeriklikning yangi yönalişlarini ilgari suriş istiqbollari atrofliça körib çiqildi.

Özbekiston 1994 yildan buyon XAEA a’zosidir. Bu davr mobaynida uşbu nufuzli taşkilotning texnik kömagini jalb etgan holda 40 dan ortiq qöşma loyiha amalga oşirildi. Hozirda milliy tuzilmalarning huquqiy bazasi va salohiyatini takomillaştiriş, yadro fani, tibbiyotini rivojlantiriş böyiça va boşqa yönalişlarda 5 ta loyiha amalga oşirilmoqda.

Davlatimiz rahbari XAEA delegatsiyasi bugun Özbekiston vazirliklari, idoralari va ilmiy muassasalarida ötkazgan uçraşuv va tadbirlarning natijalarini yuqori baholadi. 5 dekabr kuni Samarqand şahrida sohadagi yetakçi xorijiy ekspertlar iştirokida bölib ötadigan Atom energiyasidan foydalaniş masalalari böyiça xalqaro konferensiya birgalikda taşkil etilgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Milliy agentliklarning kompetensiyalari va salohiyatini oşiriş, XAEA dasturlari doirasida yuqori malakali kadrlar tayyorlaş, yadro energetikasi, qişloq xöjaligi, suvdan foydalaniş, soğliqni saqlaş, ekologiya sohalarida istiqbolli loyihalarni amalga oşiriş hamkorlikning ustuvor yönalişlari sifatida qayd etildi.

Uçraşuv yakunida tinç atom sohasini rivojlantiriş böyiça köp qirrali hamkorlikni kengaytiriş yuzasidan qöşma "yöl xaritasi"ni qabul qiliş yuzasidan kelişuvga erişildi.

https://uza.uz/posts/663957

Ulaşiş: