Özbekiston xalqiga bayram tabrigi

Özbekiston xalqiga bayram tabrigi

09.12.2024 07:12162

Qadrli vatandoşlar!

 

Avvalo, uşbu qutluğ ayyomda siz, azizlarni, köpmillatli butun xalqimizni 8 dekabr – Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bilan çin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

Heç şubhasiz, bu yilgi Konstitutsiya bayramining alohida ruhi va şukuhi borligini bugun barçamiz çuqur his etib, anglab turibmiz. Bu, birinçi navbatda, mazkur ayyomning siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy hayotimizda katta özgarişlar amalga oşirilayotgan tarixiy bir şaroitda ötayotgani bilan boğliq, desak, töğri böladi. 

Ayniqsa, şu yil 27 oktyabrda Oliy Majlis va mahalliy kengaşlarga oçiqlik va raqobat ruhida ötgan saylovlar yangilangan Asosiy qonunimizni hayotga tatbiq etiş yölida ğoyat muhim qadam bölganini yana bir bor ta’kidlaş lozim.
Mehnatkaş, olijanob va bağrikeng xalqimizning Yangi Özbekistonni barpo etiş yölidagi xohiş-irodasi, birligi va hamjihatligi, siyosiy madaniyati yaqqol namoyon bölgan uşbu saylovlar natijalariga köra, yurtimizda konstitutsiyaviy huquq va vakolatlari kuçaygan, mas’uliyati bir neça karra ortgan yangi vakillik tizimi şakllangani albatta barçamizni mamnun etadi.

Yana bir muhim jihati – hokimlar bir paytning özida mahalliy kengaşlarga ham rahbarlik qilib kelgan amaliyotdan uşbu organlarga ilk bor deputatlar orasidan saylangan kengaş raisi boşçilik qiladigan yangi tizimga ötilmoqda. 
Bundan taşqari, hokimlarning 30 dan ziyod vakolatlari mahalliy kengaşlarga ötkazilgani ijtimoiy hayotimizda demokratiya, xalqparvarlik tamoyillari tobora keng örin olayotganidan dalolat beradi. 

Biz “Xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbaidir” degan konstitutsiyaviy prinsipga amal qilgan holda, parlament va mahalliy kengaşlar vakolatlarini kengaytiriş, ularning faolligini yanada oşiriş, samarali faoliyat körsatişlari uçun zarur şaroitlarni yaratiş, bir söz bilan aytganda, ularni çinakam xalq ovoziga aylantirişga qaratilgan islohotlarimizni qat’iy davom ettiramiz. 

 

Hurmatli döstlar!

 

Inson qadrini uluğlaş, uning huquq va manfaatlarini ta’minlaş böyiça Asosiy qonunimizda muhrlab qöyilgan ustuvor tamoyillarni hayotimizga izçil tatbiq etiş borasida yurtimizda keng kölamli çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda.
Xalqimizning fidokorona mehnati bilan sönggi yillarda iqtisodiyotimiz 2 karra ösgani, aholi jon boşiga töğri keladigan daromad 3 ming dollarga yetgani, kambağallik darajasi 23 foizdan 11 foizga tuşgani, maktabgaça ta’limda qamrov 74 foizdan, oliy ta’limda esa 39 foizdan oşgani, heç şubhasiz, tarixiy natijadir.

Islohotlarni jadal davom ettirib, yangilangan Konstitutsiyamiz normalarini hayotga tatbiq etiş maqsadida tadbirkorlikni rivojlantiriş, şu asosda aholi daromadlarini oşiriş, oila va mahallalarda özaro hurmat va ahillik muhitini mustahkamlaş, keksa avlod vakillari, xotin-qizlar va yoşlarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş vazifasi bundan buyon ham e’tiborimiz markazida böladi. 

Şuningdek, Asosiy qonunimizda Özbekiston ijtimoiy davlat sifatida belgilanganidan kelib çiqib, şahar va qişloqlarimizni obod qiliş, yangi uy-joylar, tibbiyot, ta’lim, madaniyat, san’at va sport maskanlarini barpo etiş, yöl va kommunikatsiya tarmoqlarini modernizatsiya qiliş, manzilli ijtimoiy himoyani kuçaytiriş birinçi darajali ahamiyat kasb etadi. Jumladan, soğliqni saqlaş sohasiga ajratilayotgan mablağlar hajmi 2 barobar köpaytirilib, tibbiy suğurta tizimiga ötiş va aholini kafolatlangan tibbiy xizmatlar bilan töliq ta’minlaş ustuvor vazifamiz bölib qoladi. 

Ta’lim sohasidagi dasturlarimiz doirasida yaqin yillarda oliygohlarda qamrov 50 foizga yetkaziladi. Birgina 2025 yilda boğça va maktablarni ta’mirlaş va yangilarini quriş uçun davlat byudjetidan 4 trillion söm mablağ ajratiladi.

Yana bir muhim yönaliş – aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qöllab-quvvatlaş uçun jami 46,5 trillion söm mablağ sarflanib, 1 million fuqaroni kambağallikdan çiqariş rejalaştirilmoqda.

Nogironligi bölgan şaxslar uçun yanada qulay şaroitlar yaratiş, ularning ijtimoiylaşuvini oşiriş va umuman jamiyatimizda inklyuzivlikni ta’minlaş böyiça işlar ham yangi bosqiçga kötariladi. Pensiya tizimini isloh etiş böyiça ham zarur çoralar köriladi. 

Ma’lumki, yangilangan Boş qomusimizda fuqarolarning ekologiya sohasidagi huquqlari konstitutsiyaviy darajada belgilanib, davlatning atrof-muhitni muhofaza qiliş, ekologik muvozanatni saqlaşga qaratilgan majburiyatlari alohida mustahkamlab qöyildi. 

Kirib kelayotgan 2025 yilni mamlakatimizda “Atrof-muhitni asraş va “yaşil iqtisodiyot” yili” deb e’lon qilganimiz va bu borada katta vazifalarni aniq belgilab olganimiz ana şu konstitutsiyaviy qoida va prinsiplarni amalga oşiriş uçun muhim asos böladi, deb işonaman. 

Fursatdan foydalanib, siz, aziz yurtdoşlarimni, butun xalqimizni uşbu yil böyiça Davlat dasturini işlab çiqiş va uni amalga oşirişda faol iştirok etişga çaqiraman. 

Heç qaçon unutmaylik: tabiatni asraş – bu insonni, kelajakni asraş demakdir. Bebaho boyligimiz bölgan serhosil dalalarimiz, zilol buloqlarimiz, daryo va köllarimiz, toğ va adirlarimizni asrab, boğu roğlar, yaşil maskanlarni köpaytirsak, Özbekistonimiz yanada gözal diyorga aylanadi, avlodlarga bizdan ozod va obod Vatan qoladi. 

 

Aziz va muhtaram yurtdoşlar!

 

Konstitutsiyamiz mamlakatimizda milliy mustaqilligimizni mustahkamlaş, tinçlik va barqarorlik, millatlararo döstlik va hamjihatlikni saqlaş, islohotlarimizning ortga qaytmas tus olişini ta’minlaşda doimo işonçli kafolat bölib kelgan va bundan buyon ham şunday bölib qoladi. 

Şu ma’noda, xalqimizning huquqiy tafakkuri, xohiş-irodasining yorqin timsoli va amaliy ifodasi bölgan Asosiy Qonunimiz bilan har qança faxrlansak arziydi. 

Bu noyob qomusning har bir moddasi va qoidasini örganiş, ularga hurmat, mehr va e’tibor bilan munosabatda bölib, tölaqonli ijro etiş barçamiz uçun muqaddas burç va mezonga aylanişini istardim. 

Aminmanki, ana şunday yuksak mas’uliyat bilan astoydil mehnat qilib, islohotlarimiz samarasini yanada oşiramiz va oldimizga qöygan uluğvor maqsadlarga albatta yetamiz.

Siz, aziz yurtdoşlarimni Konstitutsiya kuni bilan yana bir bor çin dildan qutlab, barçangizga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga tinçlik-xotirjamlik, fayzu baraka tilayman.

Vatanimizning obrö-e’tibori, şonu şuhrati ziyoda bölsin!

Barça yutuq va ğalabalarimizning ijodkori bölgan xalqimiz omon bölsin!

 

Şavkat Mirziyoyev,

Özbekiston Respublikasi Prezidenti

 

UzA

Ulaşiş: