Toşkent viloyatidagi katta imkoniyatlar investitsiya va iş örinlariga zamin

Toşkent viloyatidagi katta imkoniyatlar investitsiya va iş örinlariga zamin

11.12.2024 14:04272

Prezident Şavkat Mirziyoyev 10-dekabr kuni Toşkent viloyatida qöşimça imkoniyatlarni işga soliş, iş örni va investitsiyani köpaytiriş masalalari böyiça yiğiliş ötkazdi.

Toşkent viloyatida sanoat, qişloq xöjaligi, xizmatlar, turizm, umuman, barça sohalarda juda katta imkoniyatlar bor. Sönggi yetti yilda hudud iqtisodiyoti 1,5 barobar ösgan. Sanoat korxonalari 2 barobar köpayib, 12 mingtaga yetgan.

Lekin imkoniyatlar bundan ança köp, ular töla işga solinmayapti. Masalan, viloyatdagi jami yerlarning bor-yöği 25 foizidan qişloq xöjaligida foydalaniladi. Har gektarga töğri keladigan daromad ham boşqa joylarga nisbatan kam. Bekobod va Ohangaron şaharlari, Oqqörğon, Çinoz, Piskent tumanlarida qayta işlaş darajasi juda past. Oziq-ovqat xavfsizligi, meva-sabzavotlar eksporti ham imkoniyatga yaraşa emas.

Tanqidiy ruhda ötgan yiğilişda yerdan foydalaniş samaradorligini oşiriş çoralari belgilandi. Unga köra, har bir klaster, fermer va dehqon xöjaligi maydonidagi ekinlar, mahsulot hajmi, işçilari soni, soliq tuşumi kabi maʼlumotlar “Agroplatforma” axborot tizimiga kiritiladi. Kelgusi yilda meva-sabzavotçilikka ixtisoslaşgan 7 ta tumanda 52 ming gektarda 3-marta hosil oliş yölga qöyiladi. 5 ming gektarda sanoatlaşgan boğ va tokzorlar taşkil qilinadi.

Umuman, 22 ta tuman-şahardagi yerlar qayta işlovçi va eksportçi korxonaga boğlanadi. Bu orqali kelasi yil 3,5 million tonna meva-sabzavot yetiştirib, 500 million dollar eksport qiliş mumkinligi aytildi.

Toşkent viloyatining infratuzilmasi, logistikasi tadbirkorlik uçun juda qulay. Lekin işlab çiqariş, savdo va xizmatlar umumiy maydoni uç yilda bor-yöği 1,6 million kvadrat metrga oşgan, bu poytaxtdan 3,5 barobar kam. Investitsiyaviy loyihalar uçun toifasi özgartirilgan 9 ming gektar yerning 2 ming gektaridan foydalanilmayapti. Böş turgan davlat inşootlari ham bor.

Holbuki, investorlar bu hududda “aqlli şahar”, tibbiyot klasteri, yaşil energetika stansiyasi quriş taşabbusini bildirgan. Vodiylik va poytaxtlik minglab tadbirkorlar ham biznesini kengaytiriş, yangi korxona, mehmonxona, savdo va turizm majmualari quriş uçun joy izlab yuribdi.

Davlat aktivlarini boşqariş agentligi va viloyat mutasaddilariga bu boradagi sustkaşliklar körsatib ötildi. Bino va yerlarni tadbirkorlarga qulay şartda auksionga çiqariş, ularning negizida investitsiya, iş örni va eksportni köpaytiriş böyiça topşiriqlar berildi.

Toşkent viloyati hokimi kelgusi yil 5 milliard dollar investitsiya jalb etiş hamda eksportni 2 milliard dollarga yetkaziş böyiça rejalarini taqdimot qildi. Davlatimiz rahbari uning tarkibiga eʼtibor qaratib, kutilayotgan investitsiyaning yarmi şundoğam rivojlangan Olmaliq, Angren, Çirçiq şaharlari, Ohangaron, Zangiota va Qibray tumanlariga töğri kelişini qayd etdi. Şu bois sanoat va xizmatlar nisbatan orqada bölgan Oqqörğon, Bekobod, Böka, Parkent, Piskent, Quyi Çirçiq va Çinozda qöşimça loyihalar qilib, iş örinlari oçiş zarurligi taʼkidlandi.

Toşkent viloyatidagi imkoniyatlar hisobiga barça aholini daromadli qiliş mumkinligi aytildi. Kelgusi yilda viloyatda 700 ming odamning bandligini taʼminlab, işsizlikni tabiiy darajasigaça tuşiriş, 22 ming oilani daromadli qilib, kambağallikni hozirgi 7,2 foizdan 4 foizga kamaytiriş, mehnat migrantlarini yurtimizga qaytarib, işga joylaştiriş vazifa qilib olindi.

Prezidentimiz yiğilişda qatnaşgan viloyat tadbirkorlari bilan ham muloqot qildi. Ularning taklif va taşabbuslariga alohida eʼtibor qaratib, bu borada mutasaddilarga tegişli körsatmalar berdi.

 

https://president.uz/uz/lists/view/7756

Ulaşiş: