Özbekiston va Rossiya yetakçilari ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qildilar

Özbekiston va Rossiya yetakçilari ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qildilar

12.12.2024 14:34222

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin 11-dekabr kuni bölib ötgan telefon orqali muloqotda Özbekiston-Rossiya keng qamrovli strategik şeriklik va ittifoqçilik munosabatlarini yanada rivojlantiriş va mustahkamlaşning dolzarb masalalarini muhokama qildilar.

Rossiya Prezidentining joriy yil may oyida Özbekistonga davlat taşrifi davomida erişilgan kelişuvlarni yetakçilar tomonidan tasdiqlangan "yöl xaritasi" asosida amalga oşiriş masalalari atrofliça körib çiqildi.

Kuni keça Moskva şahrida ötgan Iqtisodiy hamkorlik böyiça hukumatlararo qöşma komissiyaning navbatdagi yiğilişi va ikki tomonlama muzokaralarning natijalari yuqori baholandi.

Özaro tovar ayirboşlaş körsatkiçlari ösişini ta’minlaş, sanoat, energetika, transport, qişloq xöjaligi va boşqa tarmoqlarda kooperatsiya loyihalarini jadallaştiriş, Özbekiston va Rossiya hududlari hamda işbilarmon taşkilotlari darajasida faol muloqotlarni davom ettirişga qaratilgan özaro muvofiqlaştirilgan çoralar köriş muhimligi ta’kidlandi.

Innovatsiyalar, sun’iy intellekt, ta’lim va tibbiyot sohalarida hamkorlik kengayib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Noyabr oyida Rossiyada Özbekiston madaniyati kunlari doirasidagi tadbirlar muvaffaqiyatli ötkazildi.

Xalqaro kun tartibidagi masalalar hamda joriy yil dekabr oyi oxirida bölib ötadigan oliy darajadagi uçraşuvlarga tayyorgarlik köriş nuqtayi nazaridan mintaqaviy taşkilotlardagi köp tomonlama hamkorlik yuzasidan ham fikr almaşildi.

 

https://president.uz/oz/lists/view/7758

Ulaşiş: