Farmatsevtika klasterida logistika markazi oçildi

Farmatsevtika klasterida logistika markazi oçildi

19.12.2024 15:41278

Prezident Şavkat Mirziyoyev Toşkent viloyati Zangiota tumanidagi “Grand Pharm Logistics Hub” faoliyati bilan tanişdi.

Uşbu logistika markazi “Tashkent Pharma Park” innovatsion klasteri hududida ön gektar maydonda joylaşgan. Loyihaning umumiy qiymati 40 million dollar bölib, uç qavatli ma’muriy bino, omborlar, mehmonxona, oşxona va yotoqxona qurilgan. 300 dan ortiq iş örni yaratilgan.

Mahsulotlarni saqlaş joyi 50 ming kvadrat metr. Bu yerda katta hajmdagi farmatsevtika mahsulotlarini xalqaro standartlar asosida qabul qiliş, saqlaş va tarqatiş imkoniyati mavjud. Bu bosqiçlar töliq raqamlaştirilgan.

Davlatimiz rahbari uşbu jarayonlarni közdan keçirdi.

Logistika markazi “Tashkent Pharma Park” farmatsevtika klasteridagi boşqa işlab çiqaruvçilarga ham qöl keladi. Mahsulotlarni saqlaş va eksport qilişlarida xalqaro “SAP” tizimi orqali amaliy yordam beriladi. Buning uçun dori vositalari sifatini ta’minlaş böyiça “GDP” va “GSP” sertifikatlari hamda bojxona ombori, xalqaro yuklarni taşiş uçun litsenziyalar mavjud.

Bu boradagi talablarni ta’minlaş uçun xalqaro standartlarga muvofiq havoni sovutiş tizimlari örnatilgan. Yuklarni ortiş paytida ham harorat mötadilligi ta’minlanadi. Yigirmadan ortiq yuk maşinalarida taşiş xizmatlari ham körsatiladi. Majmuada bunday transportlar uçun turargoh va texnik xizmat ham taşkil etilgan.

Bugungi kunda Rossiya, Qozoğiston, Turkmaniston, Qirğiziston, Germaniya, Polşa, Fransiya, Vengriya, Ruminiya va Turkiya kabi davlatlar bilan logistik aloqalar örnatilgan. Bu geografiya yildan yilga kengayib bormoqda.

Mutasaddilarga mahsulotlarni saqlaş va rasmiylaştirişda qulayliklarni oşiriş, tannarxni kamaytirib, dorilarni arzonlaştiriş böyiça körsatmalar berildi.

Kompaniya farmatsevtika bozorini muntazam örganib, tibbiyot sohasidagi ehtiyojlarni ham tahlil qilib boradi. Natijada yetkazib beriş yönalişi kölami kengayib bormoqda. Uşbu korxona mamlakatimiz hududi böylab 7 ming 500 dan ortiq dorixonaga tovarlar yetkazib beradi. Şuningdek, onlayn dorixona xizmati yölga qöyilgan bölib, bu boradagi hamkorlar soni ham ortmoqda.

Bu yerda “GPH Academy” loyihasi yölga qöyilgan bölib, qator oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qilinmoqda. Uçta ta’lim dargohida amaliy maşğulot xonalari taşkil etildi. Uç ming nafar farmatsevt malaka oşiriş kurslaridan ötdi. Öttiz nafarga yaqin talaba uşbu loyihaning stipendiya va grantlariga ega böldi.

 

president.uz

Ulaşiş: