Özbekistonning Kiprdagi birinçi elçisi tayinlandi
23.12.2024 10:25251
Mamlakatimizning Yevropa qit’asining orol-davlati – Kiprdagi birinçi elçisi etib tayinlangan Abat Fayzullayev Prezident Nikos Xristodulidisga işonç yorliğini topşirdi.
Tantanali marosimda Kipr yetakçisi yangi elçilarni samimiy qutlab, ularga mas’uliyatli vazifalarini bajarişda muvaffaqiyat tiladi. Özbekiston bilan munosabatlar istiqboliga ham töxtaldi.
– Özbekiston bilan ikki tomonlama, şuningdek Yevropa Ittifoqi doirasidagi hamkorlikni rivojlantirişga alohida e’tibor qaratamiz, – dedi Prezident.
Eslatib ötamiz, Kipr bilan diplomatik munosabat 1997 yil 30 mayda örnatilgan.

