Qoraqalpoğistonda qişloq xöjaligi, sanoat va turizmni rivojlantiriş böyiça loyiha ofisi taşkil etiladi

Qoraqalpoğistonda qişloq xöjaligi, sanoat va turizmni rivojlantiriş böyiça loyiha ofisi taşkil etiladi

24.12.2024 14:53219

Prezident Şavkat Mirziyoyev 23 dekabr kuni Qoraqalpoğiston Respublikasida qöşimça imkoniyatlarni işga soliş, investitsiyani köpaytiriş va aholi bandligini oşiriş böyiça 2025 yildagi ustuvor vazifalar yuzasidan yiğiliş ötkazdi.

Bu yil Qoraqalpoğiston uçun barakali keldi, deyiş mumkin. Yangi sanoat korxonalari, turizm maskanlari, energetika quvvatlari, IT-park işga tuşirildi. Qoraqalpoğistonni Xorazm bilan boğlaydigan 423 metrli yangi avtomobil va temir yöl köprigi oçildi. Bu orqali yuk va yölovçi taşiş masofasi 180 kilometrga qisqardi.

323 million dollar hisobiga yangitdan qurilgan “Qönğirot-Beynov” avtomobil yölining 240 kilometr qismi foydalanişga topşirildi. Şuning özi tranzit va boşqa xizmatlar hajmi yiliga 200 million dollarga oşişiga zamin yaratadi. Yaqinda 196 kilometrli “Miskin – Nukus” temir yölini elektrlaştiriş işlari ham boşlanadi.

Hududda sanoat, tadbirkorlik va infratuzilma sohalarida 50 dan ortiq imtiyoz va yengilliklar berilgan. Xususan, investitsiya loyihalari uçun töğridan-töğri yer ajratiş huquqi faqat Qoraqalpoğistonda joriy qilingan.

Özbekiston Prezidentining tadbirkorlar bilan oçiq muloqoti bu yil Nukusda ötkazilib, hududning salohiyati körsatib berildi. Çet ellik investor va mutaxassislar ham u yerda daromad topiş uçun katta imkoniyatlar paydo bölganini aytayapti.

Masalan, mavjud iqtisodiy salohiyat kompleks tahlil qilinib, qişloq xöjaligi, turizm va xizmatlar sohasida 2,5 milliard dollarlik imkoniyatlar aniqlangan.

Hozir 87 ming gektar paxtadan örtaça 28 sentner hosil olinayapti, 10 ta tumanda rentabellik past. Ekspertlar bunday kam hosilli paxta maydonlarini qisqartirib, örniga çorva ozuqasi va kunjut ekişni tavsiya qilmoqda. Ozuqabop ekinlar hisobiga 6,5 trillion sömlik göşt va sut yetiştiriş, kunjutdan eksportni 500 million dollarga köpaytiriş mumkinligi hisob-kitob qilingan. Bu orqali ança suv ham iqtisod böladi.

Şuningdek, Möynoqning özida kamida 1 milliard dollarlik turizm loyihalari uçun salohiyat bor. Yaxlit majmualarni işga tuşirib, 1 million sayyohga xizmat körsatiş va 5 ming aholini daromadli qiliş mumkin.

Etno va ekoturizm böyiça ham imkoniyatlar töla işga solinmay turibdi. Savitskiy muzeyi, “Çilpiq” yodgorligi, Ayoz qal’a, Tuproq qal’a kabi 200 dan ziyod diqqatga sazovor joylar, 10 dan ortiq xalq öyinlari bor. Bu ham 3 million turistni jalb etib, bir neça kun aylantiriş uçun dastur.

Şunday imkoniyatlari bölgan respublikaning mutasaddilari, tuman hokimlari vazifasiga şaxsiy mas’uliyatini oşirişi zarurligi körsatib ötildi. Tadbirkorlarga hudud salohiyatini körsatib, loyiha taklif qiliş, biznesga kömakçi böliş kerak. Ana şunda, yangi-yangi iş örinlari, qöşilgan qiymat va eksport böladi, odamlarning daromadi köpayadi.

Yiğilişda Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi Raisi şu kabi imkoniyatlarni işga soliş, investitsiya va iş örinlarini köpaytiriş böyiça rejalarini taqdimot qildi.

Davlatimiz rahbari ularning tarkibiga e’tibor qaratdi. Xususan, kelasi yil uçun reja qilingan 3,1 milliard dollar investitsiyaning bor-yöği 500 million dollari hududiy loyihalarga töğri keladi.

Şu bois tumanlardagi hamma imkoniyatlarni safarbar qilib, bu nisbatni köpaytiriş kerakligi ta’kidlandi. Buning uçun qöşimça 1 milliard dollarlik hududiy loyihalar şakllantirilib, 120 ta korxona işga tuşiriladi. Eksport miqdori 500 million dollarga yetkaziladi.

85 ta yirik korxona töliq quvvatga olib çiqiladi. Şuningdek, yangi korxonalar, savdo va servis maydonlari taşkil etilib, 150 ming odamning bandligi ta’minlanadi. Natijada işsizlik darajasi 5,4 foizga tuşadi. 20 ming ehtiyojmand oilaga daromad manbai yaratilib, kambağallikni 7,6 foizga kamaytiriş çoralari köriladi.

Hozirgi kunda Qoraqalpoğistonda 1 gigavattli şamol elektr stansiyasi qurilayapti. Jami 9,3 gigavattli şunday stansiyalar quriş böyiça loyihalar boşlanayapti. Bu – yiliga 33 milliard kilovatt soat elektr energiyasi, degani. Tabiiy gaz böyiça ham qulaylik köp.

Şuning uçun metallurgiya, kimyo, quriliş materiallari kabi tarmoqlardagi köp energiya talab qiladigan yirik loyihalarni Qoraqalpoğistonda joylaştiriş zarurligi körsatib ötildi.

Qişloq xöjaligida ham samaradorlikni oşiriş zarur. Suğoriladigan yerlarda jami 3 ming gektar sanoatlaşgan boğ va tokzor barpo qilinadi. 31 ming gektarda kunjut, 22 ming gektarda moş ekib, eksportga yönaltiriladi. 30 ming gektarda qizilmiya ekiş böyiça uç yillik dastur işlab çiqiladi.

Bular Qoraqalpoğistondagi imkoniyatlarning ayrimlari, xolos. Ularni samarali işga soliş hududning jadal taraqqiyotini ta’minlaydi.

Şu bois Qoraqalpoğistonda 3 ta asosiy yönalişni –  qişloq xöjaligi, sanoat va turizmni rivojlantiriş böyiça loyiha ofisi taşkil etiladi. Mazkur tuzilma har bir tumanning ösiş nuqtalarini tahlil qilib, qanday ekinlarni yetiştiriş, yerdan daromadni köpaytirişga yordam beradi. Xomaşyo va qişloq xöjaligi mahsulotlarini qayta işlaş böyiça loyihalar tayyorlab, hokimlarga yetkazadi. Yangi turizm yönalişlarini oçiş va ularga infratuzilma olib boriş böyiça takliflar işlab çiqadi.

Mutasaddilarga investitsiya loyihalarining borişi, bandlik va eksport rejalari ta’minlanişini alohida nazorat qiliş böyiça körsatmalar berildi. Nufuzli xorijiy ekspertlarni jalb qilib, har bir tumanni rivojlantiriş strategiyasini işlab çiqiş topşirildi.

 

uza.uz

Ulaşiş: