Özbekiston Respublikasi Prezidenti amaliy taşrif bilan Rossiya Federatsiyasida böladi
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 25-26-dekabr kunlari bölib ötadigan MDH va YEOII sammitlarida iştirok etiş uçun amaliy taşrif bilan Sankt-Peterburg şahrida böladi.
Mamlakatimiz yetakçisi Mustaqil Davlatlar Hamdöstligi davlat rahbarlarining norasmiy uçraşuvi va Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengaşining navbatdagi yiğilişida kuzatuvçi maqomida iştirok etadi.
Sammitlar kun tartibidan mazkur köp tomonlama birlaşmalar doirasidagi özaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirişning dolzarb masalalari örin olgan. Birgalikda qilingan işlarning asosiy yakunlari sarhisob qilinadi va kelgusi yilgi amaliy hamkorlikning ustuvor yönalişlari yuzasidan fikr almaşiladi.

