Özbekiston Prezidenti Sankt-Peterburgga keldi
25.12.2024 17:55206
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev amaliy taşrif bilan Rossiya Federatsiyasiga keldi.
"Pulkovo" xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Sankt-Peterburg gubernatori Aleksandr Beglov va boşqa rasmiy şaxslar kutib oldi.
Söng davlatimiz rahbari gubernator hamrohligida Isaakiy maydonida piyoda sayr qildi.
Taşrif doirasida Özbekiston yetakçisi 25-26-dekabr kunlari Sankt-Peterburg şahrida MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uçraşuvi hamda Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengaşining navbatdagi yiğilişida kuzatuvçi maqomida iştirok etadi.

