Özbekiston Prezidenti MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uçraşuvida iştirok etdi
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 25-dekabr kuni Sankt-Peterburg şahrida MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uçraşuvida iştirok etdi.
Tadbirda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin, Belarus Prezidenti Aleksandr Lukaşenko, Qozoğiston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirğiziston Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon va Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov ham qatnaşdi.
Uçraşuvda 2024-yildagi birgalikdagi işlarning asosiy yakunlari sarhisob qilindi va köp tomonlama hamkorlikning kelgusi yilga möljallangan ustuvor vazifalari körib çiqildi.
Mintaqa içida savdo va kooperatsiyani, eng avvalo, özaro savdodagi tösiqlarni yanada bartaraf etiş orqali kengaytiriş böyiça qöşma çora-tadbirlarni işlab çiqiş muhimligi qayd etildi.
Köp qirrali şeriklikni yangi yönalişlarda rivojlantiriş istiqbollari yuzasidan fikr almaşildi. Muhandislik maktablarini taşkil etiş, internet texnologiyalari, katta ma’lumotlar industriyasi, kreativ iqtisodiyot, "yaşil" energetika va tinç atom sohasini rivojlantiriş, raqamli yeçimlarni joriy etiş şular jumlasidan.
Mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik hamda umumiy tahdid va xatarlarga qarşi kuraşda MDH doirasidagi amaliy hamkorlikni kengaytiriş borasidagi dolzarb masalalar ham muhokama qilindi.

