Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengaşi majlisidagi nutqi

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengaşi majlisidagi nutqi

27.12.2024 14:18130

Hurmatli hamkasblar!

Hurmatli yiğiliş iştirokçilari!

Global va mintaqaviy tahdidlar, iqtisodiyotdagi beqarorlik va jahon bozorlaridagi özgaruvçanlikning kuçayişi mamlakatlarimiz örtasidagi şeriklikni kengaytirişning yangi yöllarini yanada faol izlaşni taqozo etmoqda.

Ta’kidlaş joizki, sönggi bir neça yil içida Özbekiston kuzatuvçi davlat sifatida YOII bilan 22 yönalişda samarali hamkorlikni yölga qöydi. Joriy yilda Ittifoq mamlakatlari bilan tovar ayirboşlaşimiz 11 foiz ösdi.

Oktyabr oyida Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi bilan yangi uç yillik rejani qabul qildik, unga savdo, sanoat, moliya sektori, agromajmua, transport va boşqa sohalarda qirqtaga yaqin aniq çora-tadbirlar kiritildi.

Şuningdek, biz savdo va yuk taşişni raqamlaştiriş, elektron tijoratni joriy etiş, iqlim özgarişiga qarşi kuraşiş sohasidagi tarmoq dasturlarida faol iştirok etiş niyatidamiz.

Bundan taşqari, Özbekiston Hukumati qöşma Işçi guruhining navbatdagi, törtinçi yiğilişiga puxta tayyorgarlik körmoqda. Uşbu uçraşuvni kelgusi yil mart oyida Özbekistonda ötkazişni taklif etamiz.

Hurmatli hamkasblar!

Özbekiston bilan Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi örtasidagi hamkorlikni kengaytirişning ustuvor yönalişlari böyiça qaraşlarimizni qisqaça bayon etmoqçiman.

Birinçi. Bu savdo tösiqlarini bosqiçma-bosqiç bartaraf etiş böyiça muvofiqlaştirilgan çora-tadbirlarni amalga oşirişdir.

Özbekiston va YOII örtasida savdoda tarif va notarif çeklovlarni özaro qöllamaslik töğrisidagi bitimni imzolaş masalasini ekspertlar darajasida işlab çiqişni taklif etamiz.

Yaqin vaqt içida amaliy harakatlar rejasini qabul qilgan holda texnik jihatdan tartibga soliş tizimlarini yaqinlaştiriş böyiça maslahatlaşuvlar ötkazişga tayyormiz.

Ikkinçi. Özbekistonning imzolanayotgan Yagona bojxona tranziti tizimi töğrisidagi bitimda iştirok etişi ham savdo amaliyotlarini kengaytirişga xizmat qiladi, deb hisoblayman.

Mamlakatlarimizning bojxona çegaralari orqali olib ötilayotgan tovarlar va transport vositalari töğrisidagi ma’lumotlarni elektron almaşiş böyiça bitimlarni kelişişni jadallaştiriş muhim ahamiyatga ega.

Uçinçi. Birlaşma doirasida boşlangan sanoat kooperatsiyasi va işlab çiqarişni mahalliylaştiriş dasturlarini qöllab-quvvatlaş mexanizmlari va vositalariga qöşilişdan manfaatdormiz.

Bundan taşqari, qöşma loyihalarni ilgari suriş uçun işonçli moliyaviy manbalarni şakllantiriş maqsadida kelgusi yil boşida tartib-taomillarni yakunlab, Yevroosiyo taraqqiyot bankiga a’zo bölişni rejalaştirmoqdamiz.

Törtinçi. Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt sohasida tizimli hamkorlikni kuçaytiriş niyatidamiz.

Özbekistonni YOIIning integratsiyalaşgan axborot tizimiga va "Raqamli ittifoq" loyihasiga ulaş masalalarini birgalikda işlab çiqişga tayyormiz.

Beşinçi. Agrar sohada kooperatsiya dasturini tayyorlaş tarafdorimiz. Gap qişloq xöjaligi mahsulotlarining bozorlarimizga özaro kirib borişini yengillaştiriş, innovatsion agrosanoat loyihalarini amalga oşiriş, ilğor ilmiy işlanmalarni joriy etiş çora-tadbirlari haqida bormoqda.

Oltinçi. Sayyohlik almaşinuvlarini rağbatlantiriş maqsadida Birlaşma davlatlari fuqarolariga mamlakatimizga içki hujjatlar bilan kiriş imkonini beruvçi tartibni joriy etiş niyatidamiz.

Hurmatli hamkasblar!

Özbekiston mavjud salohiyatdan samarali foydalaniş maqsadida YOII böyiça şeriklar bilan yaqin va samarali hamkorlikni rivojlantiriş tarafdori.

Fursatdan foydalanib, hurmatli Aleksandr Grigoreviç Lukaşenkoni taşkilotga raislik Belarusga ötişi munosabati bilan tabriklayman va unga muvaffaqiyatlar tilayman.

Barçangizni, qardoş xalqlarimizni kirib kelayotgan Yangi yil bilan yana bir bor samimiy tabriklab, farovonlik va ravnaq tilayman.

E’tiboringiz uçun taşakkur.

 

president.uz

Ulaşiş: