Özbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi

Özbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi

02.01.2025 10:07125

Muhtaram vatandoşlar!

Siz, azizlarni, köpmillatli Özbekiston xalqini yangi – 2025-yil bilan çin qalbimdan muborakbod etaman.

Jahondagi murakkab vaziyatga qaramasdan, ötayotgan yil mamlakatimiz uçun qutli va barakali böldi. Buning uçun har qança şukrona aytsak, arziydi.

Mehnatkaş xalqimizning fidokorona mehnati, siyosiy-ijtimoiy faolligi bilan Yangi Özbekiston ğoyasi real voqelikka aylanmoqda.

Oliy Majlis va mahalliy kengaşlarga bölib ötgan saylovlar demokratik islohotlarning yangi davriga qadam qöyganimizni yana bir marta tasdiqladi.

Yurtimizda yuqori texnologiyali yangi sanoat majmualari, infratuzilma va logistika tarmoqlari, avtomobil va temir yöllar barpo etildi. Biznes, IT va turizm sohalari izçil rivojlanmoqda. Aholi daromadlari va turmuş sifati oşmoqda.

Mirişkor dehqon va fermerlarimiz, klasterlarimiz işçi-xizmatçilari mardona mehnat qilib, möl hosil yetiştirdilar.

Yangi uy-joylar, boğça va maktablar, oliygohlar, madaniyat va sport maskanlari qad kötarmoqda. Yurtimiz tobora obod qiyofa kasb etmoqda. Minglab yurtdoşlarimiz Yangi yilni yangi uylarda kutib olmoqda.

Bilimli va şijoatli, navqiron yoşlarimiz ulkan yutuqlarni qölga kiritmoqda. Ayniqsa, Olimpiya va Paralimpiya öyinlarida erişilgan rekord natijalar milliy sportimiz tarixida yangi sahifa oçdi.

Fuqarolik jamiyati institutlari, xususan, mahallaning roli va ta’siri kuçaymoqda. Ma’naviy yuksaliş jarayonlari hayotimizda yangi kuç, yangi harakatga aylanmoqda.

Global ahamiyatga ega taşabbuslarimiz jahon hamjamiyati tomonidan qöllab-quvvatlanmoqda. Xalqaro maydonda Özbekistonning raqobatbardoş mamlakat, işonçli hamkor sifatidagi obrö-e’tibori yuksalib bormoqda.

Heç şubhasiz, bularning barçasi diyorimizdagi barqarorlik, döstlik va hamjihatlik natijasidir.

Bugungi şukuhli oqşomda siz, azizlarga, olijanob va bunyodkor xalqimizga halol mehnatingiz, ona yurtga sadoqatingiz uçun samimiy minnatdorçilik izhor etaman.

Qadrli döstlar!

Biz 2025-yilga mamlakatimizda Atrof-muhitni asraş va “yaşil iqtisodiyot” yili deb nom berdik. Asosiy maqsadimiz – inson va tabiat muvozanatiga asoslangan tizim yaratişdir.

Yangi yilda biznes uçun yanada keng imkoniyatlar yaratiladi. Xususiy mulk daxlsizligini ta’minlaş, xorijiy investitsiyalarni faol jalb etiş işlarini qat’iy davom ettiramiz.

Ijtimoiy sohalar, iş haqi, pensiya va stipendiyalar, nafaqalar miqdorini oşiriş e’tiborimiz markazida böladi.

Farzandlarimizning zamonaviy bilim va kasb-hunar egalari, barkamol bölib tarbiya topişlari uçun bor kuç va imkoniyatlarimizni safarbar etamiz.

Ilm-fan, ta’lim, soğliqni saqlaş, madaniyat va san’at, sport sohalariga e’tibor yanada kuçaytiriladi.

Muhtaram faxriylarimiz, xotin-qizlar va yoşlarga ğamxörlik qiliş, ijtimoiy himoya samarasini oşiriş ustuvor vazifamiz bölib qoladi.

Qurolli Kuçlarimiz salohiyatini mustahkamlaş, harbiy xizmatçilar va ularning oila a’zolarini qöllab-quvvatlaş işlarini yangi bosqiçga kötaramiz.

Muxtasar aytganda, “Inson qadri uçun, inson baxti uçun!” degan olijanob maqsadni barçamiz birgalikda amalga oşiramiz.

Aziz va muhtaram yurtdoşlar!

Barçangizni, çet ellardagi vatandoşlarimiz, xorijiy hamkor va döstlarimizni bugungi qutluğ bayram bilan yana bir bor çin dildan tabriklayman.

Yangi yil har bir inson, har bir oilaga, jonajon yurtimizga katta-katta yutuq va omadlar olib kelsin!

Hamma ezgu niyatlarimiz röyobga çiqsin!

Yangi yil barçamizga muborak bölsin!


Şavkat Mirziyoyev,

Özbekiston Respublikasi Prezidenti

 

president.uz

Ulaşiş: