Xalqaro hamkorlardan Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar
Kirib kelgan yangi - 2025-yil munosabati bilan Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlatlar, parlamentlar va hukumatlar, nufuzli xalqaro va mintaqaviy taşkilotlar, global moliyaviy institutlar rahbarlari, taniqli siyosatçilar, jamoat va din arboblaridan samimiy tabrik va tilaklar kelmoqda.
Xalqaro hamkorlar öz qutlovlarida mamlakatimiz yetakçisi rahbarligida Yangi Özbekistonda siyosiy yangilanişlar va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar dasturi muvaffaqiyatli amalga oşirilayotgani, davlatning jahon miqyosidagi nufuzi va mavqeini mustahkamlaşga xizmat qiladigan faol, konstruktiv va pragmatik taşqi siyosat olib borilayotganini qayd etmoqda.
Xorijiy yetakçilar Özbekiston Prezidenti va köp millatli xalqiga tinçlik-osoyiştalik, baxt-saodat, farovonlik, katta muvaffaqiyatlar va ravnaq tilaklarini izhor etmoqda.
Jumladan, quyidagilar öz tabriklarini yöllagan:
Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin;
Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin;
Qozoğiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev;
Qirğiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov;
Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon;
Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov;
Turkman xalqining milliy yetakçisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov;
Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev;
Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukaşenko;
Armaniston Respublikasi Boş vaziri Nikol Paşinyan;
Qozoğiston Respublikasining birinçi Prezidenti Nursulton Nazarboyev;
Yaponiya Boş vaziri Sigeru Isiba;
Buyuk Britaniya va Şimoliy Irlandiya Birlaşgan Qirolligi Boş vaziri Kir Starmer;
Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi;
Eron Islom Respublikasi Prezidenti Mas’ud Pezeşkiyon;
Jazoyir Xalq Demokratik Respublikasi Prezidenti Abdulmajid Tebbun;
Iordaniya Hoşimiylar Podşohligi Podşohi Abdulla II;
Falastin Davlati Prezidenti Mahmud Abbos;
Latviya Respublikasi Prezidenti Edgars Rinkeviçs;
YUNESKO boş direktori Odri Azule;
XAEA boş direktori Rafael Grossi;
Şanxay hamkorlik taşkiloti boş kotibi Çjan Min;
Mustaqil Davlatlar Hamdöstligi boş kotibi Sergey Lebedev;
Turkiy davlatlar taşkiloti boş kotibi Kubaniçbek Omuraliyev;
Iqtisodiy hamkorlik taşkiloti boş kotibi Asad Xon;
Jahon banki prezidenti Ajay Banga;
Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki prezidenti Szin Litsyun;
Qişloq xöjaligini rivojlantiriş xalqaro fondi prezidenti Alvaro Lario.
Qutlovlar kelişda davom etmoqda.

