“Mahalla loyihasi” dasturiga 1 milliard dollar yönaltirildi

“Mahalla loyihasi” dasturiga 1 milliard dollar yönaltirildi

04.01.2025 10:56284

Prezident Şavkat Mirziyoyevga banklar iştirokida mahallalarda aholi bandligini ta’minlaş va daromadli qiliş çora-tadbirlari böyiça axborot berildi.

Bu haqda ötgan yil 16-dekabr kuni bölib ötgan videoselektor yiğilişida topşiriq berilgan edi. Şundan kelib çiqib, 2025-yilda jami 5 million 200 ming nafar, jumladan, banklar tomonidan 3 milliondan ziyod aholini band qiliş rejalaştirildi.

Şu maqsadda 208 ta tuman va şaharlar hokimlari hamda banklar rahbarlari tomonidan aholi bandligini ta’minlaş va daromadini oşiriş böyiça hamkorlik şartnomalari imzolandi, bunda tomonlarning aniq huquq va majburiyatlari körsatib ötildi.

Har bir mahalla böyiça maqsadli körsatkiçlar belgilandi. Aholi bandligini ta’minlaşga qaratilgan “mahalla loyihasi” dasturi doirasida ajratiladigan 1 milliard dollar kredit resurslari banklar va hududlar kesimida taqsimlandi. Loyiha işlab çiqiş, kredit ajratiş, aholi bandligini ta’minlaş böyiça tuman banki rahbariga oyma-oy samaradorlik körsatkiçi qöyildi.

Endi Markaziy bank raisi va uning örinbosarlari hududlarga çiqib, joylardagi bank filiallarining mahallalardagi işini yangiça yondaşuv asosida taşkil qiladi. 2025-yil 1-fevralga qadar tuman banklari filiallarida mahallabay işlaş bölimlari taşkil etilib, ularga “mahalla bankirlari” tayinlanadi. Şuningdek, har bir mahallada ular bilan birga işlaydigan “yordamçi-agentlar” tanlab olinadi.

Hududiy banklar hamda tuman hokimlari aholini tayyor biznes loyihalari bilan taniştirib boradi, ularni amalga oşiriş könikmalari örgatiladi.

“online-mahalla.uz”, “bank-kredit.uz” va “soliq.uz” axborot tizimlari integratsiya qilinib, mas’ullarga yuklatilgan vazifalar ijrosi kunlik tahlil qilib boriladi. Faoliyati qoniqarsiz bölgan rahbarlarga çora köriladi.

2025-yil bandlikni ta’minlaş va kambağallikni kamaytirişda hal qiluvçi yil bölişi, buning uçun mahalliy hokimliklar va iqtisodiy-moliyaviy tuzilmalarning muvofiqlaşgan işini faollaştiriş zarurligi ta’kidlandi.

 

president.uz

Ulaşiş: