Özbekiston Prezidenti YOII sammitida iştirok etdi

Özbekiston Prezidenti YOII sammitida iştirok etdi

06.01.2025 10:39208

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 26-dekabr kuni Sankt-Peterburg şahrida Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengaşining navbatdagi yiğilişida kuzatuvçi maqomida iştirok etdi.

Armaniston Respublikasi Boş vaziri Nikol Paşinyan raisligida (onlayn formatda) ötgan bu galgi uçraşuvda Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukaşenko, Qozoğiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirğiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin, şuningdek, YOII huzuridagi kuzatuvçi mamlakat – Eron Islom Respublikasi sanoat, konlar va savdo vaziri Said Muhammad Otabak ham qatnaşdi. Kuba Respublikasi Prezidenti Migel Dias-Kanel  iştirokçilarga videomurojaat yölladi.

Kun tartibidan köp tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytiriş, sanoat kooperatsiyasi loyihalarini qöllab-quvvatlaş, hamkorlikning ustuvor yönalişlarida qöşma dasturlarni amalga oşiriş masalalari örin oldi.

Özbekiston Prezidenti sözining avvalida sönggi yillarda mamlakatimiz kuzatuvçi sifatida Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan 22 ta yönalişda samarali hamkorlikni yölga qöyganini ta’kidladi.

2024-yilda Özbekistonning ittifoq mamlakatlari bilan tovar ayirboşlaş hajmi 11 foizga oşdi. Oktyabr oyida Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi bilan savdo, sanoat, moliya, qişloq xöjaligi, transport va boşqa sohalarda 40 ga yaqin çora-tadbirlarni öz içiga olgan yangi uç yillik hamkorlik rejasi qabul qilindi.

Özbekiston, şuningdek, YOIIning savdo va yuk taşişni raqamlaştiriş, elektron tijoratni joriy etiş, iqlim özgarişiga qarşi kuraşiş sohasidagi qator tarmoq dasturlarida faol iştirok etmoqda.

Kelgusi yil mart oyida qöşma Işçi guruhining törtinçi yiğilişiga tayyorgarlik körilmoqda.

Davlatimiz rahbari Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan özaro manfaatli hamkorlikning ustuvor yönalişlariga alohida töxtaldi.

Xususan, Prezidentimiz özaro savdodagi savdo tösiqlarini bosqiçma-bosqiç bartaraf etişga çaqirdi. Şu nuqtayi nazardan, Özbekiston va YOII davlatlari örtasidagi savdoda tarif va notarif çeklovlarni qöllamaslik masalasini ekspertlar darajasida işlab çiqiş taklif etildi.

Amaliy harakatlar rejasini qabul qilgan holda, yaqin kelajakda texnik jihatdan tartibga soliş tizimlarini yaqinlaştiriş böyiça maslahatlaşuvlar ötkazişga tayyorlik bildirildi.

Özbekiston yetakçisi tadbir yakunida imzolanayotgan Yagona bojxona tranziti tizimi töğrisidagi bitimda mamlakatimizning iştirok etişi, şuningdek, bojxona çegaralari orqali olib ötilayotgan tovarlar va transport vositalari töğrisida elektron ma’lumotlar almaşinuvini tez fursatda joriy etiş tarafdori ekanini ta’kidladi.

Sanoat kooperatsiyasi va mahalliylaştiriş dasturlarini qöllab-quvvatlaş mexanizmlari va vositalariga qöşilişdan manfaatdorlik bildirildi.

- Qöşma loyihalarni ilgari suriş uçun işonçli moliyaviy manbalarni şakllantiriş maqsadida kelgusi yil boşida tartib-taomillarni yakunlab, Yevroosiyo taraqqiyot bankiga a’zo bölişni rejalaştirmoqdamiz, - dedi Prezidentimiz.

Biznesni yanada faol jalb qiliş va işbilarmonlik aloqalarini mustahkamlaş uçun qulay şart-şaroitlar yaratiş maqsadida YOII Işbilarmonlar kengaşining yiğilişini 2025-yil aprel oyida Toşkent şahrida ötkaziş taklif etildi.

Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt sohasida tizimli hamkorlik qiliş muhimligi qayd etildi. Mamlakatimizni YOIIning integratsiyalaşgan axborot tizimiga va "Raqamli ittifoq" loyihasiga ulaş taşabbusi ilgari surildi.

Agrar sohada qişloq xöjaligi mahsulotlarini özaro yetkazib berişni yengillaştiriş, innovatsion agrosanoat loyihalarini amalga oşiriş va ilmiy işlanmalarni joriy etişga qaratilgan kooperatsiya dasturini tayyorlaş taklif etildi.

Sayyohlik almaşinuvlarini rağbatlantiriş maqsadida davlatimiz rahbari YOII davlatlari fuqarolariga Özbekistonga içki hujjatlar bilan kiriş imkonini beruvçi tartibni joriy etişga tayyorligini bildirdi.

 

president.uz

Ulaşiş: